Oqsillar almashinuvi. Organizmda oqsillar yangi hujayralar va to'qimalar hosil bo'lishida plastik material sifatida ishtirok etadi. Bir kunda organizmda o'rta hisobda 100- 120 g oqsil kirib turishi kerak. Organizmga oqsillar ovqat mahsulotlari (go'sht, tuxum, sut. mosh, loviya kabilar) orqali tushadi. Ovqat tarkibidagi oqsillar murakkab oqsillar bo'lib, ular ovqat hazm qilish kanalida aminokislotalarga parchalanadi va qonga so'riladi, aminokislotalar qon bilan hujayra va to'qimalarga borib hujayralarda ulardan odam organizmiga xos oqsil sintezlanadi. Keraksiz ortiqcha oqsil, aminokislotalar parchalanib teri va siydik orqali organizmdan tashqari chiqarilib yuboriladi. 1 g oqsil parchalanganda 4.1 kkal energiya ajralibchiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |