Mavzu: Hujayraning irsiy axborotlarni amalga oshirilishi


Genetik kod va uning xossalari


Download 89.77 Kb.
bet11/11
Sana02.06.2024
Hajmi89.77 Kb.
#1837805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Genetik axborotning ko chirilish turlari

Genetik kod va uning xossalari. tRNK ning adaptorlik vazifasini tadqiq etish natijasida bu yuksak darajadagi mexanizmning poydevori boTgan genetik(biologik) kod, ya'ni aminokislota, oqsil kodi tushunchasi va uning ishlash usuli haqida samarali, yangi bir soha dunyoga keldi. Genetik kod deganda kodonlarning ma'lum bir aminokislotaga mos kelishi tushuniladi. Genetik kod 64 ta nukleotid yordamida yozilgan matnni 20 ta aminokislota yordamida yozilgan
Genetik kod quyidagi xossalarga ega:
1. Tripletlik - har bir aminokislotaga uchta nukleotid mos keladi. 43= 64 ta kodon mavjud boTib, ulardan 61 tasi ma'noli va 3 tasi ma'nosiz (terminatsiyalovchi) kodonlardir.2. Ortiqchaligi - aminokislotalar bir nechta kodonga ega. Ma'lum boTishicha 20 ta aminokislotadan 18 tasi bittadan ortiq (2,3,4 va 6) kodonga mos kelar ekan. Bu holat kodni ayniganligi deb belgilanadi. U axborotni togri o'qishga xalal bermaydi, balki replikatsiya yoki transkriptsiya jarayonida paydo boTishi mumkin boTgan xatolardan holi boTishga yordam beradi. 64 ta tripletdan uchtasi UAA, UAG, UGA aminokislotalarni kodlamaydi va polipeptid zanjir sintezi tugaganidan xabar beadi, ular terminatsiya (tugash) signalini beradilar.

oqsil matniga tarjima qiluvchi o'ziga xos lugatdir. Oqsilda uchraydigan boshqa aminokislotalar 20 ta aminokislotadan birini o'zgarishidan hosil boTadi.




Agar aminokislotani bir nechta kodon kodlasa, aksari bu kodonlar uchinchi harf, ya'ni З'-oxiridagi nukleotid boyicha farq qiladi. Masalan, alaninni GSU, GSS, GSA va GSG kodonlari kodlaydi; korinib turibdiki, ularning hammasida birinchi turgan ikki harf bir xil, farq faqat uchinchi nukleotiddadir. Demak, har bir kodonning spetsifikligi asosan birinchi tartibda keladigan ikki harf bilan belgilanadi, З'-oxiridagi nukleotidning spetsifikligi nisbiydir.

  1. Qoplanmaganligi - genetik matnning har bir tripleti bir-biridan mustaqil ravishda joylashgan bo'ladi. Keyingi vaqtdagi maTumotlarga asosan ba'zi hollarda kodlar bir-birini qoplagan boTishi ham mumkin ekan.

  2. O'ziga xosligi - har bir aminokislotaga faqat ma'lum bir kodonlar mos keladi va bu kodonlar boshqa aminokislotalar uchun foydalanilmaydi.

  3. Kolienarligi - mRNK dagi kodonlar qatorining ketma-ketligini oqsildagi aminokislotalarga mos kelishi.

Universalligi - genetik kodning yuqorida sanab o'tilgan xossalari hamrna tirik organizmlar uchun xos. Hamrna organizmlarda - eukariotlarda, prokariotlarda va viruslarda ham barcha kodonlar uchun bir xil belgilardan foydalaniladi. Binobarin, genetik kod dunyoda paydo bo'lganidan beri o'zgarmay hukmronlik qilmoqda. Ammo keyingi yillarda bu dogmaga bir oz o'zgartirish kiritishga to'g'ri keldi. Mitoxondriyalarning genetik sistemasi ma'lum biologik kodga to'la mos kelmaydi. Uning DNK si (15669 nukleotid) ning ayrim genlari nukleotid tartibini polipeptidlarning aminokislota tartibi bilan solishtirilganda koddan chetlashishlar mavjud ekanligi aniqlandi
Download 89.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling