Mavzu: Hujayraning irsiy axborotlarni amalga oshirilishi


Pre-rRNK ning protsessingi


Download 89.77 Kb.
bet5/11
Sana02.06.2024
Hajmi89.77 Kb.
#1837805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Genetik axborotning ko chirilish turlari

Pre-rRNK ning protsessingi. Pre-rRNK rRNK ning transkriptoni joylashgan yadrochada hosil boTadi. Protsessing natijasida pre-rRNKning yarmidan sal ko'prog'i qoladi. rRNK bir qism nukleotid asoslari metillanishi natijasida modifikatsiyaga uchraydi. Yetilgan rRNK sitoplazmadan kelgan ribosoma oqsillari bilan yadroda ribosomaning kichik va katta subbirliklarini hosil qiladi.
Pre-tRNK ning protsessingi. Pre-tRNK xromosoma DNK sining turli joylarida hosil boTadi va yetilgan tRNK ga nisbatan taxminan 40 tacha ko'p nukleotid tutadi. Protsessingda ribonukleazalar yordamida tRNK dan ortiqcha nukleotidlar olib tashlanadi so'ngra tRNK asoslarining metillanishi amalga oshadi. Metillanish tRNK ning nukleazalar ishtirokida parchalanishdan saqlaydi. Oxirgi yetilgan tRNK maxsus uchta nukleotid (aktseptor zona) - SSA bilan maxsus RNK- polimeraza ishtirokida birikadi.
Yetilgan RNK larning yadrodan sitoplazmaga o tishi Prokariotlardan farqli oTaroq eukariotlarda yadro membranasi mavjud boTib, oqsil sintezi boTadigan joy - sitoplazma qismlariga tayyor RNKlar yetkaziladi. Hamrna yetilgan RNK lar yadrodan sitoplazmaga oqsillar bilan kompleks holatida otkaziladi va bu oqsillar RNK ni zararlanishdan himoya qiladi hamda tashilib otishini amalga oshiradi. mRNK o'ziga xos "axborot tashuvchi" ma'nosini beradigan informofer oqsili bilan bogTanadi. Bu oqsil bilan birga RNK aminokislotalardan oqsil sintezlanadigan yoki translyatsiya boradigan sitoplazma ribosomalariga yetkazilib beriladi.
Nazorat savollari

  1. Genetik axborot qanday usullarda ко' chiriladi.

  2. Replikatsiyaning qanday turlari farq qilinadi?

  3. Replikatsiya qanday mexanizm bo'yicha amalga oshadi?

  4. Transkripton nima?

  5. Intron va ekzonlar nima?

  6. Transkriptsiya uchun qanday sharoitlar boTishi kerak?

  7. Transkriptsiyaning mexanizmi qanday?

  8. RNK ning posttranskriptsion o'zgarishlari.


Download 89.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling