Mavzu: Hujjat turlarida qoliplashgan,turg’unlashgan birliklarning


Download 10.52 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi10.52 Kb.
#1504902
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Hujjat turlarida qoliplashgan,turg’unlashgan birliklarnin-fayllar.org

Hujjatlarni tayyorlash umumiy qoidalariga ko‘ra ularning zaruriy qismlari (rekvizitlari) quyidagicha: 1.O‘zbekiston respublikasining gerbi. 2.Tashkilot yoki korxonaning ramziy belgisi (emblemasi). 3.Mukofot tasviri. 4.Vazirlik yoki yuqori idoraning nomi. 5.Muassasa, tashkilot yoki korxonaning nomi. 6.Tarkibiy tarmoqning nomi. 7.Aloqa muassasasining shartli raqami (indeksi),tashkilot yoki korxona manzili, telefon raqami,faks raqami, bankdagi hisob-kitob raqami. 8.Matn sarlavhasi. 9.Sana. 10.Shartli raqam. 11.Keladigan hujjatlarning sanasi va shartli raqamiga havola. 12.Tuzilgan yoki nashr qilingan joyi. 14.Hujjatni oluvchi(adresant). 15.Tasdiqlash ustxati. 16.Munosabat belgisi (rezalyusiya). 17.Hujjat turining nomi. 18.Nazorat haqida qayd. 19.Matn. 20.Ilova mavjudligi haqidagi qayd. 21.Imzo. 22.Kelishuv ustxati. 23.Rozilik belgisi (viza). 24.Muhr. 25.Nusxaning tasdiqlanishi haqidagi qayd. 26.Ijrochining familiyasi va telefon raqami. 27.Hujjatning bajarilganligi va uni hujjatlar yig‘majildiga yo‘naltirilganligi haqidagi qayd. 28.Axborot mashinaga ko‘chirilganligi haqidagi qayd. 29.Hujjat kelib tushganligi haqida qayd. Shulardan o‘ntachasi nisbatan ko‘p qo‘llaniladi, shuning uchun asosiy zaruriy qismlar deb ham yuritiladi. Hujjatmuallifi hujjat turining nomi, sarlavha, hujjatni oluvchi (adresat), kelishuv va rozilik belgilari, matn, tasdiqlash, imzo, muhr, ilova mavjudligi haqidagi qayd.

Hujjat ustida ishlash tartiboti


Ishdan maqsad: Hujjat ustida ishlash tartiboti to‘g‘risida tushuncha berish, xodimlarning faoliyatiga doir hujjatlar haqidagi bilimlarini shakllantirish nazarda tutiladi.
Masalaning qo‘yilishi: Hujjat ustida ishlash tartiboti, ya’ni hujjatlarni ro‘yxatga olish, ularning ijrosini nazorat qilish va tizimlashtirish holatlarini amaliy jihatdan misollar orqali o‘zlashtirish.
Xodimlar faoliyatiga doir hujjatlar. O‘zR Mehnat kodeksiga binoan, mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir. Ish beruvchi korxona besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehnat daftarchasini tutishi shart, o‘rindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno. Ish beruvchi mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o‘tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yozishi shart. Xodimning iltimosiga ko‘ra, mehnat daftarchasiga o‘rindoshlik asosida ishlagan va vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilgan davrlar haqidagi yozuvlar kiritiladi.

Download 10.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling