Mavzu: Hujjat turlarida qoliplashgan,turg’unlashgan birliklarning


Download 10.52 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi10.52 Kb.
#1504902
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Hujjat turlarida qoliplashgan,turg’unlashgan birliklarnin-fayllar.org

Hududiy qonunchilik va ish yuritish munosabatlari doirasida qo‘llaniluvchi rasmiy – idoraviy uslub quyidagi turlarga bo‘linadi. Sof qonunchilikuslubi (qonun, farmon, fuqorolik va jinoiy aktlar, nizomlar uslubi); idoraviy-devonxona uslubi (buyruq, ariza, talabnoma, bildirgi, tavsifnoma, tarjimai hol, ishonchnoma, dalolatnoma); diplomatik uslub (nota, bayonotnoma, bitim, konvensiya va boshqalar).

Ma’muriy va huquqiy hujjatlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1.Namunali hujjatlar. Boshqaruvning muayyan bir xil vaziyatlari bilan bog‘liq, bir – biriga o‘xshash va ko‘p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladi. 2. Qolipli hujjatlar. Odatda oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi, bunday hujjatlarda ikki turli axborot aks etadi, ya’ni o‘zgaruvchan va o‘zgarmas axborot beriladi. 3. Xizmat hujjatlari - tayyorlanishiga ko‘ra muassasa yoki mansabdor shaxslarga tegishli bo‘lsa, shaxsiy hujjatlar - yakka shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi. 4. Tashkiliy hujjatlar. Mazmuni tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari boshqaruv jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi10. Bulardan tashqari, farmoyish hujjatlari (buyruq, ko‘rsatma, farmoyish), ma’lumot- axborot hujjatlari (dalolatnoma, ma’lumotnoma, ariza, tushuntirish xati, hisobot, ishonchnoma, tavsifnoma), xizmat yozishmalari kabi hujjatlar mavjud.

Fe’l shakllarining qo‘llanishida ham birmuncha o‘ziga xosliklar mavjud. Xususan, majhul nisbatdagi 3-shaxs buyruq-istak maylidagi yoki o‘tgan (yoki hozirgi-kelasi) zamondagi fe’l shakllarining qo‘llanish darajasi ancha yuqori: topshirilsin, tasdiqlansin, bajarilsin, bo‘shatilsin, tayinlansin; eshitildi, qaror qilindi, ko‘rib chiqildi, ko‘rsatib o‘tildi kabi. Hujjatlardagi gap qurilishi tasniflash, mayda qismlarga ajratishga, qayd etuvchi va qaror qiluvchi qisimlarning birligiga, umuman, sabab-oqibat va shart oqibat munosabatlarga asoslanadi. Shuning uchun ham hujjatlarda uzun jumlalar, murakkablashgan, uyushiq bo‘lakli gaplar ko‘p qo‘llanadi. Gap tartibi, so‘z tartibiga qat’iy rioya qilinadi, badiiy va boshqa asarlarda mumkin bo‘lgan g‘ayriodatiy so‘z tartibi (inversiya)ga yo‘l qo‘yilmaydi. Hujjatlarning mohiyati va maqsadiga muvofiq ravishda, ularda so‘roq va undov gaplar deyarli qo‘llanmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi. Zero, hujjatlarda tilning ikki vazifasi - xabar berish va buyurish vazifalari amalga oshadi. Masalan: ma’lumotnomada axborot ifodalanadi, buyruqda buyurish aks etadi, bayonnomada esa ham axborot (“ eshitildi...”), Ham buyurish (“qaror qilindi...”) O‘z ifodasini topadi. Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchini shaxs tilida yoziladi. Yakka rahbar nomidan yoziladigan farmoyish hujjatlar (buyruq, farmoyish, ko‘rsatma kabilar) birinchi shaxs tilida bo‘ladi. Shuningdek, ayrim shaxs tomonidan yozilgan hujjatlar (ariza, tushuntirish xati kabi) ham birinchi shaxs, birlik, sonda yoziladi. Boshqa hujjatlar esa yo birinchi shaxs ko‘plik sonda, yoki uchinchi shaxs birlik sonda tuziladi: “...Ga ruhsat berishingizni so‘raymiz”, “...Deb hisoblaymiz”, ma’muriyat talab qiladi”, oshqarma so‘raydi” Kabi.


Download 10.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling