Mavzu: hujjatlar bilan ichlash


HUJJATLARNI NUSXALASH VOSITALARI


Download 247.5 Kb.
bet9/11
Sana11.02.2023
Hajmi247.5 Kb.
#1190308
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 HUJJATLAR BILAN ISHLASH

HUJJATLARNI NUSXALASH VOSITALARI
Xujjatlarni nusxalash vositalari turli-tumandir, ular nusxa olinayotgan xujjatlarni tashuvchilar (oddiy noshaffof kog’oz, kalka, shaffof plyonka) va xujjatlarni ko’chiriladigan tashuvchilar turi bo’yicha farklanadi.
Turli xil nusxa oluvchi texnika vositalari uchun xar xil qog’oz turlari ishlatiladi:
— yorug’lik nuri ta’sirida qorayuvchi fotoqog’oz;
— diazoqog’oz, yorug’likni sezuvchi kogoz (bu kogoz kuchli yorug’lik ta’sirida kelgusida kayta bo’yoqlar hosil kilish qobiliyatini yo’kotadi);
— termoqog’oz, issiqlik nurlari ta’sirida korayadi;
— oddiy kog’oz;
— elektrofotokalka yoki plyonka, ularga elektr uchkunli razryadlar mikroskopik teshiklarni perforirlayli.
Ishlatilayotgan kog’ozlar turiga karab nusxa ko’chirish jarayonlari 5 guruxga bo’linadi:
— fotografik nusxa ko’chirish ( fotografiya );
— diazografik nusxa ko’chirish ( diazografiya );
— termografik nusxa ko’chirish ( termografiya );
— elektrografik nusxa ko’chirish ( elektrografiya );
— elektr uchkunli nusxa ko’chirish ( elektronografiya ).
Elektrografik nusxa ko’chirish (kserografiya)
Elektrografik nusxa ko’chirish ( elektrofotografik, kserografik) xozirgi vaqtda keng tarkalgandir. Jahon nusxa ko’chirish mashinalarining 70 % dan ortig’ini elektrografik nusxa ko’chirish apparatlari (EGNKA) tashkil etadi, ular bilan jahonda ko’chirilayotgan nusxalarning 50% dan ko’prog’i tayyorlanmokda, EGNKA ni ko’pincha kserokslar deb atashadi, bu nom ushbu turdagi nusxa ko’chirishning asoschisi Angliyaning Rank Xerox firmasiga xurmat tarikasida berilgan.
Elektrografik nusxa ko’chirishning asosiy afzalliklari:
— yukori tezkorlik, samaradorlik va nusxa ko’chirishning yuqori sifati;
— nusxa ko’chirishda xujjat xajmini o’zgartirish va taxrirlash imkoniyati borligi;
— varaqli va risolali xujjatlardan nusxa olish imkoniyati borligi;
— turli xil ingichka chizikli, yarim rangli, bir va ko’p rangli xujjatlardan nusxalar olish imkoni borligi;
— nusxalarni oddiy qog’oz, kalka, plastik plyonka, alyuminiy folgaga va boshkalarga olish;
— apparatlar va ish materiallarining nisbatan arzonligi va xizmat ko’rsatishning engilligi.
Elektrografik nusxa ko’chirish kuyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi:
— svetoekspoziсiya: xujjat oldindan fotoyarimo’tkazgichli qoplama bilan zaryadlangan baraban yoki plastina sirtiga proekсiyalanadi, bu jarayonda yarim o’tkazgichli qoplama xujjatning yoritilgan uchastkalaridan zaryadlarning oqib
tushishidan uning ko’rinmas elsktrostatik tasviri shakllanti
riladi;
— tasvirning tushishi: bo’yaydigan kukun (toner) zaryadlangan uchastkalarga yopishib qolishi oqibatila ko’rinmas elektrostatik tasvir ko’rinadigan tasvirga aylanadi;
— bosish: bo’yaydigan kukunni barabandan yoki plastinadan qog’ozga yoki boshka asosga ko’chirish bilan amalga oshadi;
— qotirish: bo’yaydigan kukun aсeton bug’larida nusxaga qotiriladi.
Rossiyada ishlab chikarilgan EGNKA namunalari ERA, REM, EFKA, ER. CHet elning eng yaxshi namunalari: Xergox 5380, Xerox 5520, Ricon FT-4220, Mita DC 1755, konica-112, Sharp SF-7800, Sanon NP-6020 va boshkalar.
Rossiyada ishlab chikzrilgan EGNKA nusxa ko’chirish sifati bo’yicha chet elnikidan pastdir. Ular uchun asosan nusxadagi matnni tushunish muhim bo’lsa, chet elniki uchun: nusxalar asl nusxadan yaxshi, rasmlar chiroyli, yaxshi qog’oz ishlatganda ranglar yorqin chikadi.
EGNKA ni tanlash asosan nusxa ko’chirilishi rejalashtirilayotgan hujjatlarning turiga va shakliga hamda nusxalar soniga bog’liqdir:
— a g a r nusxalar soni N oyiga 1000 donadan kam bo’lsa , eng oddiy kichik apparatlarni harid kilish mumkin (Xerox 5220, Sanon FC-2, Ricon LR-1, Sharp Z-30 va boshqalar); bu turdagi EGNKA larda yorug’lik sezuvchi baraban va toner kartridj tipidagi bitta blokda joylashadi, ularga toner 3—9 marta qo’yiladi va baraban resursi 8—10 ming nusxaga etadi;
— a g a r Nq1000—5000 bo’lsa, o’rtacha samaradorli EGNKAni tanlagan ma’quldir (Ricon M-50, Xerox 5316, Mita CE-50, Ronica 1112, Sharp Z-52 va boshqalar); bu guruhdagi EGNKA da, xajm o’zgartirgichlar bor, bir-biridan ajratilgan toner va baraban esa alohida almashtiriladi;
— a g a r N>5000 bo’lsa, yuqori kuvvatli EGNKA tanlanadi, (Xerox 5331, Konica 7728, Mita DC -1555, Toshiba 1210 va boshqalar). Ularda hajm o’zgartirgichlar, nusxa saralovchilar, hujjatlarni avtomatik almashtirish va boshka servis imkoniyatlari mavjud. Ko’pchilik EGNKA servis imkoniyatlari:
— ko’p rangli nusxa ko’chirish ham ko’p rangli (3-5 ta rang)b ham bir rangli nusxalarni olish imkonini beradi (Rank Xerox firmasining o’tkazgan tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, rangli hujjatlar ma’lumotni 80% ga, qabul qilish hissiyotini 78% ga oshiradi va uni tushunishni 40% ga yaxshilaydi); 
— ko’p rangli nusxa ko’chirish ham ko’p rangli (3—5ta rang), Ham bir rangli nusxaparni olish imkonini beradi (Kap1s Xegox firmasining o’tkazgan tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, rangli Hujjatlar sh’pumotni 80% ga, qabul qilish Hissiyotini 78% ga oshiradi va uni tushunishini 40% ga yaxshilaydi)* ;
Ba’zi bir chet el EGNKAlari tasnifi

Firma

EGNKA modeli

Samaradorligi

Hujjat shakli

Xajm o’zgartirish, % larda

Minutiga nusxa

Oyiga nusxa

Xerox

5220
5317
5380
FC-330

5
16
80
6

500
7000
80000
500

A7-A4 A6-AZ A6-AZ A7-A4

Yo’q
64-156
50-200
Yo’q

Sanon

NR1215
NR2120

15
21

4000
8000

A5-AZ A6-AZ

50-200
50-200

Ricon

M50
FT-3313

8
13

1000
4000

A7-A4 A6-AZ

Yo’q
61-141

— tahrirlash nusxa ko’chirish jarayonida nusxa mazmunini asl nusxaga nisbatan o’zgartirish imkonini beradi;
— ikki tomonlama nusxa ko’chirish hujjatning birdaniga ikkala tomonidan nusxa olish imkonini beradi;
— asl nusxa sifatsiz bo’lganda ham nusxa sifatini ta’minlovchi ekspoziсiyani avtomatik boshkarish;
— nusxalar sonini 1 dan 999 gacha dasturlash imkoniyati.
Toshiba 1210 EGNKA sxemasi 2-rasmda ko’rsatilgan. Ko’pchilik zamonaviy EGNKAlar yana quyidagilarga ega:
—nusxa ko’chirish jarayonini taxrirlash va boshkarishni sezilarli engillashtiradigan displeylar;
—hujjatni avtomatik uzatish;
—komplekt bo’yicha nusxalarni saralovchi qurilma.

Download 247.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling