Moddiy boyliklar va hisoblangan moliyaviy majburiyatlar haqiqiy holati hisobotgi ma’lumotlar inventarizatsiya yozuvi yoki inventarizatsiya dalolatnomalariga ikki nusxadan kam bo‘lmagan miqdorda rasmiylashtiriladi. Inventarizatsiya komissiya a’zolari inventarizatsiya ob’ektlari oxirgi qoldiqlarini to‘liq va aniq aks ettirishlari, inventarizatsiya ma’lumotlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirishlari lozim. Korxonada inventarizatsiya etilayotgan mulklar haqiqiy qoldig‘i o‘lchash, tortish, sanash orqali aniqlanadi. SHuning uchun ham korxona rahbari inventarizatsiya belgilangan muddatda boshlanishini va oqilona tashkil etilishini ta’minlash shart-sharoitlarini yaratmog‘i zarur. Bunday shart-sharoitlarga bilan yordamchi ish kuchlari bilan, xo‘jalik, tortish asboblari, va ular texnik sozligini ta’minlashlari misol bo‘ladi. Korxona tovarlar va boshqa moddiy zahiralari inventarizatsiya qilinayotganda, ular mol etkazib beruvchilar o‘rovlarida saqlanayotgan bo‘lsa, tanlov usulida tekshirish ishlari olib borilishi mumkin. Tanlov usulida boyliklarni ba’zi birlarigina o‘lchanishi, sanalishi mumkin, agar hisobdagilardan farqlar aniqlansa, moddiy boylikning hammasi inventarizatsiyadan o‘tkazishi shart bo‘ladi. Ko‘p miqdorda tortiladigan tovarlar inventarizatsiyasi olib borilayotganda, inventarizatsiya komissiya a’zolaridan biri moddiy javobgar shaxs bilan tortish qaydnomalariga ma’lumotlarini aks ettirib boradi. Kun oxiri yoki o‘lchash oxiriga borganda ushbu qaydnomalar ma’lumotlari umumlashtirilib, jami ko‘rsatkichlar inventarizatsiya ro‘yxatida aks ettiriladi. Korxona tovarlar va boshqa moddiy zahiralari inventarizatsiya qilinayotganda, ular mol etkazib beruvchilar o‘rovlarida saqlanayotgan bo‘lsa, tanlov usulida tekshirish ishlari olib borilishi mumkin. Tanlov usulida boyliklarni ba’zi birlarigina o‘lchanishi, sanalishi mumkin, agar hisobdagilardan farqlar aniqlansa, moddiy boylikning hammasi inventarizatsiyadan o‘tkazishi shart bo‘ladi. Ko‘p miqdorda tortiladigan tovarlar inventarizatsiyasi olib borilayotganda, inventarizatsiya komissiya a’zolaridan biri moddiy javobgar shaxs bilan tortish qaydnomalariga ma’lumotlarini aks ettirib boradi. Kun oxiri yoki o‘lchash oxiriga borganda ushbu qaydnomalar ma’lumotlari umumlashtirilib, jami ko‘rsatkichlar inventarizatsiya ro‘yxatida aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |