Mavzu: hukumat tomonidan bolalar sportini rivojlantirishga qaratilgan g'amqorliklar reja


Download 53.5 Kb.
bet5/6
Sana10.11.2023
Hajmi53.5 Kb.
#1762626
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
HUKUMAT TOMONIDAN BOLALAR SPORTINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN G\'AMQORLIKLAR

Yettinchidan, farzandlarimizni sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazishda jismoniy tarbiya va sport bilan bir qatorda san’at tarbiyasi, musiqiy tarbiya ham beqiyos ahamiyatga egadir. Chunki jismoniy tarbiya va sport odamning irodasini tarbiyalab, sog‘lig‘ini mustahkamlashga hissa qo‘shsa, musiqa san’ati uning ruhiga oziq beradi, qalbini, eng nozik tuyg‘ularini kamolga yetkazadi.
Musiqa eshitadigan, musiqa bilan shug‘ullanadigan odam yomonlikdan albatta uzoq bo‘ladi. Shuning uchun ham biz bolalar sporti obyektlarini qurish bilan birga, bolalar musiqa va san’at maktablarini barpo etish masalasiga ham ustuvor vazifa sifatida alohida ahamiyat qaratib kelmoqdamiz.
Bu boradagi ishlarimizning dastlabki natijalarini mamlakatimizning qishloq tumanlari misolida tahlil qiladigan bo‘lsak, e’tiborga molik katta ishlarni amalga oshirganimiz ayon bo‘ladi, dedi Islom Karimov.
Bugungi kunda yurtimizdagi 157 qishloq tumanida 191 bolalar musiqa va san’at maktablari barpo etildi.Ba’zi hududlarda, misol uchun, Andijon viloyatining 14 tumanida 20 ta, Samarqand viloyatining 14 tumanida 19 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasining 14 tumanida 16 ta, Farg‘ona viloyatining 15 tumanida 16 ta musiqa va san’at maktablari qurilib, zamonaviy musiqa asboblari, yuksak malakali pedagoglar bilan ta’minlangani, boshqa viloyatlarimizda ham shunday ishlar olib borilayotgani har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga loyiqdir.
Mutlaqo yangicha asosda bunyod etilgan aynan ana shunday ta’lim-tarbiya, sport va madaniyat maskanlarida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, mustaqil fikrlaydigan, O‘zbekistonning buyuk kelajagini o‘z kuch-quvvati, o‘z aql-zakovati bilan quradigan yosh avlodimiz kamol topayotgani barchamizni cheksiz quvontiradi.
Ana shunday yoshlarga ega bo‘lgan, o‘z oldiga yuksak va ulug‘ maqsadlar qo‘yib yashayotgan xalqni o‘z yo‘lidan aslo to‘xtatib bo‘lmaydi, u o‘z maqsad-muddaolariga albatta erishadidedi Prezidentimiz.
Majlisda mamlakatimizda 2016-yilga Sog‘lom ona va bola yili deb nom berilgani xalqimiz tomonidan to‘la qo‘llab-quvvatlanayotgani bu qaror el-yurtimizning ayni ko‘nglidagi muddao bo‘lganidan dalolat berishi ta’kidlab o‘tildi.
Shu ma’noda, joriy yil o‘zining maqsad va vazifalari bilan Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatida yangi bir bosqich bo‘lishi muqarrar, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Sport mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalashning eng muhim va kuchli omili bo‘lib kelmoqda va kelgusida ham shunday bo‘lib qolishi shubhasiz. Chunki, 
Download 53.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling