Mavzu: Ibn al-Asirning “Al komil fit-tarix” asari tarixiy manba sifatida Reja


Ibn al-Asir hayoti va ilmiy merosi


Download 25.6 Kb.
bet2/3
Sana02.05.2023
Hajmi25.6 Kb.
#1421211
1   2   3
Bog'liq
IELTS AL KOMIL

2. Ibn al-Asir hayoti va ilmiy merosi.

Abu-l- Hasan Ali ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Abdu-l-Karim ibn Abdu-l-Vohid ash-Shayboniy, bizga Izzadiddin Ibn al-Asir al-Jazari nomi bilan mashhur bo’lgan(1160-1234-yillar) Mosul shahridan Tigr daryosining yuqori oqimi bo’ylab uch kunlik yo’lda joylashgan Jazirat ibn Umar shahrchasida tug’ilib o’sgan. Shu yerdan uning nisbasi Jazari kelib chiqqan. Ibn Xallikon uning tug’ilgan sanasini aniq aytadi 555-yil jumodul avvalning 4-kuni/ 13-may 1160-yil.


Uning otasi Abu-l-Karim Muhammad ibn Muhammad ibn Abdu-l-Karim ibn Abdu-l-Vohid ash-Shayboniy Mosuldagi Zangidiylar hukumatining yuqori martabali amaldori bo’lib rais ad-devon mansabi va Mosul vazirining Jazirat Ibn Umardagi noyibi bo’lgan. Davlat ishlaridan tashqari u savdo-sotiq bilan ham shug’ullangan va unga Jazirat Ibn Umarning chekkasidagi yerlar shuningdek, Mosuldan janubda joylashgan Kasr Xarb qishlog’idagi yerlar tegishli bo’lgan. Uning uch farzandi bo’lgan va uchala farzand ham islom olamida yetuk olim bo’lib yetishgan, xususan diniy ilmlar, tarix va falsafa sohlarida. Izzadiddin Ibn al-Asir ulardan biri edi. Uning katta akasi Abu-s-Sa’adat al-Muborak ibn Muhammad al-Jazari, Majididdin nomi bilan mashhur bo’lib(1149-1210) tafsir ilmi, fiqh, hadisshunoslik va arab tili grammatikasi bo’yicha mashhur olim bo’lgan. Uning kichik akasi Abu-l- Fath Nasrulloh ibn Muhammad al-Jazari, Ziyouddin nomi bilan mashhur bo’lib(1163-1239) mashhur filolog va adabiyotshunos, Iyerusalim shahrini saibchilardan ozod qilgan Damashq hokimi Ali ibn Nosir al-Afdol saroyida vazir bo’lib ishlagan.
Bolalik yillarida Ibn al-Asir oilasi bilan qishloqdan Mosulga ko’chib o’tishadi va u yerda dastlabki ta’limni oladi va hadis ilmini Mosulning xatibi Abu-l-Fadl Abdulloh ibn Ahmad at-Tusiydan o’rganadi. Ibn al-Asirning o’z asarida yozishidan ma’lumki 1175-76-yilda ya’ni 16 yoshida u to’liq Quyosh tutilishiga guvoh bo’ladi shundan bir yil o’qib esa siam egizak qo’zichoqlarni ko’radi va shundan so’ng esa fan bilan jiddiy shug’ullanadi va matematika ilmini o’rganishni boshlaydi. 1179-80-yillarda u hadis ilmini o’rganadi va Mosulda bir qator meteorologik kuzatishlarni olib boradi. 1180-81-yillarda u Makkaga haj safarini uyushtiradi va qaytishda Bag’dodda hadislarni o’rganadi.
U bir necha bor yo’l-yo’lakay yoki Mosul hokimining elchisi sifatida Bag’dodga tashrif buyuradi. Bu yerda u fiqh ilmini Abu-l-Qosim Ya’ishi ibn Sodiqiy, Abu Ahmad Abdulvahhob ibn Ali as-So’fiy va boshqalardan o’rganadi. Suriyada esa mashhur shayx Zayn al-Usmon ma’ruzalarini tinglaydi. O’z ilmini oshirish maqsadida Ibn al-Asir Iroq, Suriya , Falastin va Xijozning ko’plab shaharlariga sayohat qiladi. 1185-86-yillarda Salohiddin o’zining Mosul shahriga ikkinchi hujumini uyushtirganda u shaharda bo’lgan. 1188-89-yilda ya’ni 28 yoshida Salohiddin boshchiligida Suriya va Iyerusalimdagi salibchilarga qarshi kurash olib brogan. 1193-94-yilda u Damashq sharida edi.
Keyin esa u Mosul shahriga qaytadi va umrining katta qismini shu yerda o’tkazadi. Umrini ilmga bag’ishlab, hadis ilmini o’rgatadi, adabiyotni o’qiydi va ilmiy asarlar yozadi. Uning uyi Mosul shahri va mehmonlari olimlari va adabiyotchilari yig’iladigan uchrashuv joyi bo’ldi. Ibn al-Asir mosulning otabeklari Zangidiy hukmdorlarining ishonchli va yaqin kishisi bo’lgan va bir qancha vaqt ularning saroyida vazir lavozimida ishlagan. Mosul otabeklari unga muhim siyosiy masalarni yechishni ishonib topshirib Bag’dodga yuqori martabali davlat amaldorlari huzuriga bir necha bor yuborganlar.
Umrining oxirida 1228-1231-yillarda Ibn al-Asir Suriyaga jo’nab ketadi, bir necha yil uni qattiq hurmat qilgan va unga katta ehtiromlar ko’rsatgan shahar hokimi Shihobiddin To’g’rul al-Xodim Otabek Malik at-Tavashining hurmatli mehmoni bo’lib Halab shahrida isteqomat qilgan. Bu yerda u bilan boshq abir arab tarixchisi va biografi Ibn Xallikon ko’rishadi(1282-83), o’sha paytda u 18yoshda edi. Keyinchalik u Ibn al-Asir haqida juda yaxshi ta’riflarni beradi, uning tarix va diniy ilmlarda mukammalligini aytib o’tadi. 1229-yilda Ibn al-Asir Damashq shahriga ketadi, u yerda bir yil atrofida yashaydi, keying yil 1230-yilda esa yana Halabga qaytadi, keyin Mosul shahriga jo’naydi. Halabga qaytganida yana bir mashhur arab tarixchi va filologi Yoqut Hamaviy bilan uchrashadi, u bir yordam berishini, uning o’limidan so’ng kutubxonasi va qo’lyozmalarini Bag’dodga olib borishini iltimos qiladi. Ibn al-Asir rozi bo’ladi lekin, u vadasini bajara olmay tez orada 630-yil shabon oyining 25-sanasida/6-iyun 1234-yil 27 yoshida vafot etadi.
Ibn al-Asir hadis va arablarning shajaralarini yetuk bilimdoni bo’lgan lekin, unga katta shuhratni tarixiy asarlari keltirdi, ularning eng mashhuri “al-Komil fit-tarix” asari hisoblanadi. Ushbu asardan tashqari yana tarixga oid “Tarix atabika al-Musul” (Mosul otabeklari tarixi) yoki “Tarix ad-davlat al-atabikiyya” (Otabeklar davlati tarixi) asari bizga bir necha nusxada yetib kelgan va Misrda chop etilgan. Ushbu asar qisqacha otabeklarni tarixini bayoni ya’ni, Mosulning Zangidiy hukmdorlari, ular bilan muallif zamondosh va yaqinlaridan bo’lgan. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, asar birinchi shaxs tomonidan yozilgan muallif ma’lumotlarni o’z otasidan olgan hamda asosan o’zi guvoh bo’lgan voqealarni bayon qilgan. Balkim, bu asar otabeklarni talabi bilan yozilgandir, chunki, 1210-1218-yillar davomida bu asarni yozish uchun u boshqa asari “al-Komil fit-tarix”ni 8 yilga to’htatib turgan.
Abu-l-Hasan Ali ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Abdu-l-Karim ibn Abdu-l- Vohid ash-Shayboni, bizga Izzadiddin Ibn al-Asir al-Jazari nomi bilan tanish bo’lib uning “Al-komil fit-tarix” asari islom davlatlarining mo’g’ullar bosqini davrigacha va mo’g’ullar bosqini davri tarixiga oid muhim manbalardan biri sanaladi.
Bizgacha bu arab tilida umumiy tarix bo’yicha yozilgan ko’p tomlik kitobning bir qancha qo’lyozma nusxalari yetib kelgan, uning alohida tomlari dunyoning ko’plab qo’lyozma fondlarida saqlanadi. Bizgacha yetib kelgan qo’lyozmalar asosida tuzilgan asarning to’liq tanqidiy matni, 14 ta tomda 1851-1876-yillarda yevropalik oloim S. Tornberg tomonidan nashr qilingan. Shuningdek, asarning bir nechta arabcha nusxasi ham mavjud, ularning so’nggisi 1987-yilda Bayrutda chop etilgan. Eski o’zbek tilidagi to’liq tarjimasi ham mavjud, ushbu tarjima Xiva xoni Muhammad RahimxonII buyrug’i bilan bir guruh tarjimonlar Ibn al-Asirning 12 tomlik Misr qo’lyozmasi asosida 1901-1907-yillarda tarjima qilingan. Ushbu tarjimaning asl nusxasi va bir nechta ko’chirmasi hozirda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo’lyozma fondida saqlanadi.
Ibn al-Asirning asari uni alohida qismlarini tarjima qilgan va o’rgangan ko’plab tadqiqotchilar-sharqshunoslarda ancha avvaldan katta qiziqish tug’dirgan. XIX asr oxiri XX asr boshlaridayoq Rossiyada Ibn al-Asir asarining alohida qismlari nashr qilingan, shuningdek, mo’gullar bosqini davriga tegishli qismlari V.G. Tizengauzen tarjimasida. Aljirlik olim E. Fagnan esa Ibn al-Asirning Mag’rib va Ispaniya davlatlari tarixiga oid qismlarini ilmiy- sharhlar asosida fransuz tiliga tarjima qilgan. 1904-yilda esa daniyalik olim I. Oystrap Ibn al-Asir asarining mo’g’ullargacha va mo’g’ul davriga oid qismlarini tadqiq qilgan. 1904-05-yillarda esa turk olimi Sharafiddin Ibn al-Asir oilasi va uning ilmiy merosi haqida tadqiqotlarini nashr qildi. Ibn al-Asirning asari va at-Tabariyning asarlari orasidagi aloqalar va farqlar haqidagi savollarni nemis olimi K. Brokkelman tomonidan o’rganilgan.
1939-yilda rossiyalik olim I.N. Lemanov va S. Volin tomonidan Ibn al-Asir asarining turkmanlar va Turkmaniston tarixiga oid ma’lumotlarni ajratib olib rus tiliga tarjima qilishdi. 1940-yilda esa P. Juze asrning Ozarbayjon tarixiga oid parchalarni rus tilida nashr qildi. 1873-yilda esa K.B. Starkova asarning qirg’izlar va Qizrg’iziston tarixiga tegishli parchalarini rus tiliga tarjima qildi. Ibn al-Asir tarixiy asarining manbalari haqidagi savollar borasida O.B. Frolova tomonidann tadqiq qilindi. 1982-yilda esa ingliz olimi D. S. Richards tomonidan Ibn al-Asir asarining so’nggi qismlari metodologiyasi va manbalrini tadqiq qildi. 1986-yilda A. Yuldashev tomonidan Tojikistondagi Xo’jand tarixiga oid ma’lumotlarni ajratilgan parchalri rus tiliga tarjima qilindi. 1988-yilda B. Vahabov tomonidan Ibn al-Asir asarining Abu Muslim boshqaruvi davriga oid parchalarini rus tilida nashr qildirdi. Yaqinda esa Ibn al-Asir asarining o’zbekcha nusxasidan O’rta Osiyo turklarining etnik tarixiga oid parchalari nashr qilindi.
Shunday qilib, ushbu Ibn al-Asirning tarixiy asari uni tarjima qilgan va alohida hududlar yoki alohida bir davrga oid qismlarini o’rganagan ko’plab tadqiqotchilar e’tiborini o’ziga jalb qilgan Har bir tadqiqiotchi u yoki bu savol masalasida uni qiziqtirgan asarning ma’lum qismlarigagina murojaat qilgan. Bundan tashqari ushbu tarjimalar va tadqiqotlar sochilgan holda, turli nashriyotlarda, turli davr va turli tillarda nashr qilingan. Shu bilan birga nashr qilingan tarjimalarda Ibn al-Asir asari matni ma’nosini buzuvchi ko’plab noaniqliklar va xatoliklarga yo’l qo’yilgan. Shuning uchun Ibn al-Asir asarini umumiy tarzda tadqiq qilish va undagi Sharq xalqlari xususan O’rta Osiyo xalqlari tarixiga oid qismlarini kompleks tadqiqot qilish muhim. Ushbu tadqiqotlarni P.G. Bulgakov va keyinchalik uning ishini Sh.S. Kamoliddin tomonidan yakuniga yetkazilgan.

Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, Ibn al-Asirning qalamiga shuningdek, tugallanmagan “Tarix al-Musul” (Mosul tarixi) asarini ham mansubdir. Lekin, bizga ma’lum Xoji Xalifaning bibliografik asari “Kashf az-zunun”da XVII asrgacha yozilgan “Mosul tarix”lari ichida ushbu asar uchramaydi.


Ibn al-Asirning qakamiga shuningdek, “al-Lubab fi taxzib al-ansab” (Nisbalarni tozalash va to’grilash) asari ham mansub bo’lib, ushbu asar marvlik tarixchi va biograf Abu Sa’d al-Karim ibn Muhammad as-Sam’anining(1113-1162) “Kitab al-ansab”(Nisbalar kitobi) biografik lug’atining qisqartirilgan shaklidir. Ibn al-Asir ushbu asarni 8 tomdan 3 tomgacha qisqartirib, undagi xatolarni tahrirlab va to’g’rilab, unga biroz qo’shimchalar kiritadi. Ibn al-Asir asarini 615-yil jumodul avvalda/ iyul-avgust 1218-yilda yakunlaydi. Ibn Xallikan ushbu Ibn al-Asirning qisqartmasi o’z davrida ancha mashhur bo’lgani va odamlarni qo’lida ko’plab nusxalarini borligini, 8 tomlik as-Sam’anining asarini esa ancha kamyob bo’lgani va faqat bir marta Halabda ko’rganini yozadi.
Ibn al-Asirning ushbu asari bu holati keyinchalik yana qisqartirilishga uchraydi. Ya’ni, mashhur arab tarixchisi va filologi Jaloliddin(1505-yilda vafot etgan) as-Suyuti uni 1 tom holigacha qisqartirib “Lubb al-lubab”(Tozalnganni o’zagi(yuragi). Ibn al-Asirning qisqartmasi va uning as-Suyuti tomonidan qisqartirilgan shakli ham bizgacha bir necha nusxada yetib kelgan Leyden kutubxonasida saqlanadi.
Ibn al-Asir shuningdek biografik “Usd al-gaba fi ma’rifat as-sixaba” yana bu nom bilan “Usd as-sixaba” yoki “Axbar as-sixaba”. Bu 6 yirik tomdan iborat asar bizga bir qancha nusxada yetib kelgan va 1970-yilda Misrda chop etilgan.
Ibnal-Asirning ushbu biografik asari Muhammad s.a.v. izdoshlari ya’ni sahobalari biografiyalari yig’indisi hisoblanadi. Bu asarda Ibn al-Asir barcha ma’lum bo’lgan sahobalar to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ib ularni bir tizimga solidi, ularning biografiyalarini alifbo tarzida joylashtiradi. Bundan tashqari u o’zidan oldingi mualliflar xatoliklariga tuzatishlar kiritadi va yangi ma’lumotlar bilan to’ldiradi. Shunday qilib, uning asaridagi sahobalar biografiyalarining umumiy soni 7554 taga yetadi. Keyingi asrlar davomida Ibn al-asirning asari bir necha bor qisqartiriladi.
Ibn al-Asir yana shuningdek “al-Jami’ al-kabir”(Katta to’plam) uslubiyatga oid(ilm al bayan) va ritorikaga oid (ilm al-balag’a), hamda “Tuxfat al-aja’ib uv turfat al-g’ara’ib” asarlarini ham yozgan. Bu ikkala asar ham bizgacha yetib kelgan ularning birinchisi chop etilgan.
3. “Al komil fit-tarix” asarining yozilishi va tarixiy manba sifatidagi o’rni.
Eng katta mashhurlikni Ibn al-Asirga uning yirik tarixiy asari “al-Komil fit-tarix”(Mukammal tarix) keltirdi. Muallifning o’zi guvohlik berishicha asarning katta qismini o’z qishlog’i, Kasr Xarbda katta kutubxonaga ega bo’lgan qishlog’ida yozgan. Ibn al-Asir asrini 1198-99-yildan boshlab yoza boshlagan va u dastlab “Al-Muqraqsa fit-tarix” deb atalganligi haqida fikr mavjud.
Sakkiz jildlik Ibn al-Asirning asari umumiy tarixiy yilnoma janriga oid bo’lib solnoma tizimida yozilgan. Asar Arab xalifaligi va islom davlatlari tarixini “dunyoni yaratilishidan” boshlab to 1230-31-yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi va musulmon solnoma tarixchiligining yuksak namunasi hisoblanadi. Agar mashhur geograf Yoqut Hamaviyning “Mudjam al-buldan” asari “uning davrida(XIII) ma’lum bo’lgan barcha geografik adabiyotlarni yig’indisi ” hisoblansa, uning zamondoshi Ibn al-Asirning “al-Komil fit-tarix” asarini esa “uning davrida ma’lum bo’lgan barcha tarixiy adabiyotlarning yig’indisi” deb aytish mumkin. Ibn Xallikan uning asarini ma’lum bo’lgan barcha asarlarning ichida musulmon dunyosi tarixiga oid yozilgan eng yaxshilaridan biri deb aytib o’tadi.
V.V. Bartold Ibn al-Asir asarining ustunliklariga baho berib shuni ta’kidlab o’tadiki, u o’z ishini vijdonan va u davr uchun kam uchraydigan tanqidiy qarashlar bilan o’z ishi uchun har joydan ulkan material to’playdi. U ikki manbadan qaysi birini tanlashda ikkilanib qolsa u ikkala asarni ham keltirib o’tgan. Ibn al-Asir siyosiy jarayonlar tarixini bayon etish bilan chegaralanib qolmasdan, shuningdek, Sharq xalqalari madaniy tarixi haqida ham ma’lumotlar keltiradi. Bundan tashqari u turli davrlarda mavjud bo’lgan yetakchi bo’lgan g’oyalar va harakatlar haqida, tarixiy shaxslar va adabiyotchilarning asl xarakterini ochib berish uchun yetarlicha manzarani beradi.
Ibn al-Asirning asari ko’plab tarixiy yozma yodgorliklarga asoslangan va uning davrida ma’lum bo’lgan barcha arab-musulmon manbalarining kompilyatsiyasidir. Misol uchun, islomgacha va islomning dastlabki uch asrini yeti jildda yoritadi, bu davr uchun esa Ibn al-Asir kompilyativ asar bo’lgan Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabarining xijratdan avvalgi 302-yilgacha tarix bayon etilgan“Tarix ar-rusul va-l-muluk”(Payg’ambarlar va shohlar tarixi) asaridan foydalanadi. Ibn al-Asir asari va at-Tabarining o’rtasidagi aloqalar to’g’risidagi savolga nemis olimi K. Brokkelmanning tadqiqotlari bag’ishlangan bo’lib, u shunday xulosaga keladiki, Ibn al-Asirning asari xuddi at-Tabariyning asari kabi dastlabki manba sifatida yuksak o’rnini saqlaydi, hattoki islomning dastlabki asrlari uchun ham.
Abu Ja’far at-Tabari o’z asarida barcha arab-musulmon mualliflari asarlari majmuasini berishni maqsad qilgan edi, ammo uning asari katta qismida faqatgina takrorlashdan iborat bo’lib tanqid umuman uchramaydi. Ibn al-Asirga keladigan bo’lsak , u at-Tabari asarini ancha qisqartirdi, isnodlarni ya’ni voqeani hikoya qiluvchialr zanjiribi olib tashlab ko’plab bizga yetib kelmagan manbalardagi ma’lumotlar bilan to’ldiradi. Bir qator at-Tabari asarining manbalari Ibn al-Asirning qo’lida mavjud bo’lgan va at-Tabariy keltirmagan ma’lumotlarni beradi, bu o’z navbatida uning at-Tabari asarining to’liq redaksiyasini to’plaganini izohlaydi. Masalan, biz faqatgina Ibn al-Asirninig asarida arablar va xitoyliklarni 751-52-yillardagi to’liq ma’lumotni uchratamiz. Bu jang O’rta Osiyoning g’arbiy qismi taqdirini hal qilgan. Boshqa manbalar bular qatorida at-Tabarining asari ham bu jang haqida umuman ma’lumot keltirmaydi. Shu bilan birga Ibn al-Asirda keltirilgan ushbu voqea Xitoy manbasi “Tanshu”(Tan sulolasi tarixi)da o’z tasdig’ini topadi. Ibn al-Asir yana at-Tabari asrini Misr, Shimoliy Afrika va Ispaniya tarixi bilan bog’liq voqealar bilan boyitadi.
Ibn al-Asir qayta-qayta murojaat qilgan tarixiy asarlari qatoriga mashhur bag’dodlik tarixchi Ahmad ibn Yaxyo ibn Jobir al-Balazurining “Ansab al-ashraf” asarini kiritishimiz mumkin. Bu asar bizgacha yetib kelgan va 1959-yilda MIsrda chop etilgan.
Xuroson va Movarounnahr VII asr ikkinchi yarmidan X asr o’rtalarigacha bo’lgan tarixini yoritishda foydalangan Ibn al-Asirning asosiy manbasi bu bizgacha yetib kelmagan O’rta osiyolik tarixchi Abu-l-Husayn Ali ibn Ahmad as-Sallamiyning “Tarix fi axbar vulat Xurasan” (Xuroson hukmdorlari tarixi) asaridir. Abu-l-Husayn Ali ibn Ahmad as-Sallamiy mashhur somoniylar noibi bo’lgan Abu Bakr Chag’oniyning va uning o’gli Abu Alining yaqinlaridan bo’lgan va asarini Abu Alining vafotiga qadar ya’ni 955-yilda yakunlaydi. Ibn al-Asirdan tashqar as-Sallamining asarini yana Abu Sa’id Gardiziy, Abu Nasr Ali ibn Hibat Allah(Ibn Maqula), Avfi, Ibn Xallikan va Abu XafsUmar ibn Muhammad an-Nasafiy foydalangan.
Ibn al-Asir hadis va arablarning shajaralarini yetuk bilimdoni bo’lgan lekin, unga katta shuhratni tarixiy asarlari keltirdi, ularning eng mashhuri “al-Komil fit-tarix” asari hisoblanadi. Ushbu asardan tashqari yana tarixga oid “Tarix atabika al-Musul” (Mosul otabeklari tarixi) yoki “Tarix ad-davlat al-atabikiyya” (Otabeklar davlati tarixi) asari bizga bir necha nusxada yetib kelgan va Misrda chop etilgan. Ushbu asar qisqacha otabeklarni tarixini bayoni ya’ni, Mosulning Zangidiy hukmdorlari, ular bilan muallif zamondosh va yaqinlaridan bo’lgan. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, asar birinchi shaxs tomonidan yozilgan muallif ma’lumotlarni o’z otasidan olgan hamda asosan o’zi guvoh bo’lgan voqealarni bayon qilgan. Balkim, bu asar otabeklarni talabi bilan yozilgandir, chunki, 1210-1218-yillar davomida bu asarni yozish uchun u boshqa asari “al-Komil fit-tarix”ni 8 yilga to’htatib turgan.
Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, Ibn al-Asirning qalamiga shuningdek, tugallanmagan “Tarix al-Musul” (Mosul tarixi) asarini ham mansubdir. Lekin, bizga ma’lum Xoji Xalifaning bibliografik asari “Kashf az-zunun”da XVII asrgacha yozilgan “Mosul tarix”lari ichida ushbu asar uchramaydi.
Ibn al-Asirning qakamiga shuningdek, “al-Lubab fi taxzib al-ansab” (Nisbalarni tozalash va to’grilash) asari ham mansub bo’lib, ushbu asar marvlik tarixchi va biograf Abu Sa’d al-Karim ibn Muhammad as-Sam’anining(1113-1162) “Kitab al-ansab”(Nisbalar kitobi) biografik lug’atining qisqartirilgan shaklidir. Ibn al-Asir ushbu asarni 8 tomdan 3 tomgacha qisqartirib, undagi xatolarni tahrirlab va to’g’rilab, unga biroz qo’shimchalar kiritadi. Ibn al-Asir asarini 615-yil jumodul avvalda/ iyul-avgust 1218-yilda yakunlaydi. Ibn Xallikan ushbu Ibn al-Asirning qisqartmasi o’z davrida ancha mashhur bo’lgani va odamlarni qo’lida ko’plab nusxalarini borligini, 8 tomlik as-Sam’anining asarini esa ancha kamyob bo’lgani va faqat bir marta Halabda ko’rganini yozadi.
Ibn al-Asirning ushbu asari bu holati keyinchalik yana qisqartirilishga uchraydi. Ya’ni, mashhur arab tarixchisi va filologi Jaloliddin(1505-yilda vafot etgan) as-Suyuti uni 1 tom holigacha qisqartirib “Lubb al-lubab”(Tozalnganni o’zagi(yuragi). Ibn al-Asirning qisqartmasi va uning as-Suyuti tomonidan qisqartirilgan shakli ham bizgacha bir necha nusxada yetib kelgan Leyden kutubxonasida saqlanadi.
Ibn al-Asir shuningdek biografik “Usd al-gaba fi ma’rifat as-sixaba” yana bu nom bilan “Usd as-sixaba” yoki “Axbar as-sixaba”. Bu 6 yirik tomdan iborat asar bizga bir qancha nusxada yetib kelgan va 1970-yilda Misrda chop etilgan.
Ibnal-Asirning ushbu biografik asari Muhammad s.a.v. izdoshlari ya’ni sahobalari biografiyalari yig’indisi hisoblanadi. Bu asarda Ibn al-Asir barcha ma’lum bo’lgan sahobalar to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ib ularni bir tizimga solidi, ularning biografiyalarini alifbo tarzida joylashtiradi. Bundan tashqari u o’zidan oldingi mualliflar xatoliklariga tuzatishlar kiritadi va yangi ma’lumotlar bilan to’ldiradi. Shunday qilib, uning asaridagi sahobalar biografiyalarining umumiy soni 7554 taga yetadi. Keyingi asrlar davomida Ibn al-asirning asari bir necha bor qisqartiriladi.
Ibn al-Asir yana shuningdek “al-Jami’ al-kabir”(Katta to’plam) uslubiyatga oid(ilm al bayan) va ritorikaga oid (ilm al-balag’a), hamda “Tuxfat al-aja’ib uv turfat al-g’ara’ib” asarlarini ham yozgan. Bu ikkala asar ham bizgacha yetib kelgan ularning birinchisi chop etilgan.
Safforiylar tarixini yoritish uchun as-Sallamining asaridan tashqari, Ibn al-Asir bizgacha yetib kelmagan Abu Abdulloh Muhammad ibn al-Azhar al-Azhabiyning asaridan foydalanadi. Ushbu asardan shuningdek, Ibn Xallikan ham foydalangan. Qolgan Ibn al-Asirning foydalangan manbalari ularga ishora yo’qligi uchun bizga mavhumligicha qolmoqda.
Ibn al-Asirning asaridagi X asrdan boshlab to asar yakunigacha bo’lgan davr 1230-31-yillarning tarixini o’rganish juda muhim hisoblanadi. Bu qismda u tomonidan at-Tabariy asarining davomi hisoblangan ko’pla asarlardan shuningdek, bir qancha hududiy yilnomalardan foydalangan.
Mo’g’ullar davri tarixi uchun esa Ibn al-Asirniing asari dastlabki manba hisoblanadi, chunki muallif bu voqealarga zamondosh bo’lib o’sha davrda ro’y bergan voqealarga bevosita o’zi guvoh bo’lgan. Ibn al-Asirdan tashqari bu davr tarixiga oid boqealarni bayon qiluvchi yana ikki uning zamondoshi bo’lgan arab tilli mualliflar- “Jaloliddin Manguberdining hayoti” asarini yozgan Shihabiddin Muhammad ibn Ahmad an-Nasaviy va “Nosir turkumlari” asari muallifi Abu Umar Usmon ibn Muhammad al-Juzjoniylar bayon etgan. Ushbu faktning o’ziyoq Ibn al-Asirning asari mo’g’ullarning islom mamlakatlari shu jumladan O’rta Osiyoni bosib olishi tarixini yoritish uchun muhim manba hisobalanadi.
Ibn al-Asir o’z asarida og’zaki ma’lumotlarni olgan manbalarning ba’zilarini aytib o’tadi. Shunday ma’lumot olganalridan biri bu qonunshunos bo’lib, u mo’g’ullar bosqini davrida Buxoroda bo’lgan. Bosqinchilar uni asir olib Samarqandga olib ketishgan u yerdan qochib qolib Bag’dodga kelgan. Ibn al-Asirning bu voqealarning axborotchilaridan yana xorazmlik savdogarlar bo’lgan. Boshqa axborotchisi Daquqda iste’qomat qiluvchi shaxs bo’lib mo’gullardan qochgan xorazmlik asakarlar hujumiga uchragan. Yana bir axborot beruvchilaridan bu Alouddin Takashning amirlaridan bo’lgan Abu Bakr Tojiddinning qo’shinida xizmat qiluvchi musulmon askari bo’lgan.
Ibn al-Asir voqealarning bayonidagi turli versiyalardan foydalanishda at-Tabariydan farqli ravishda tanqidiy yondashadi va mashhur “lekin, Alloh yaxshiroq bilguvchi” iborasidan qochadi, va u yoki bu versiyani asoslab berishga harakat qiladi. Masalan, Ibn al-Asir mo’gullarning Buxoroni egallashini bayonida ikki versiyani keltiradi, lekin shu bilan birga u ikkinchi versiyani tanlashini aytib, uni ishonchliroq hisoblaydi.
Shunday qilib, Ibn al-Asirning asari o’zining kompliyativ xususiyatiga qaramasdan, X asr o’rtalarigacha bo’lgan voqealarni bayonida o’zining mustaqil ahamiyatini saqlab qoladi. Asarning ikkinchi qismida, X asrning ikkinchi yarmidan XII asr o’rtalarigacha bo’lgan davri uchun Ibn al-Asirning asari dastlabki manba hisoblanadi va keltiriladian ma’lumotlar original xususiyatga ega.
Shu bilan birga, aytib o’tish kerakki, Ibn al-Asir o’z asarida alohida xato va noaniqliklardan qo’chib qola olmagan. Masalan, u jizya (jon solig’i) va xiroj(yer solig’i) farqlamaydi va ikkalasini ham bir ma’noda qo’llaydi.



Download 25.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling