Mavzu: Idrok xususiyatlari va turlari
Idrokning sifatini belgilovchi subyektiv yoki psixik shart lar
Download 64.96 Kb.
|
7-Mavzu idrok
- Bu sahifa navigatsiya:
- Idrokning konstantligi
- Idrok turlariga quyidagilar kiradi: Fazoni idrok qilish
- Vaqtni idrok etish
- Harakatni idrok qilish
- Gallyutsinatsiy
Idrokning sifatini belgilovchi subyektiv yoki psixik shart lar
Mavjud tasavvurlar, tajriba va bilimlar, tafakkurning taraqqiyot darajasi, diqqatning faolligi, kishining hislari, qiziqish-havaslari va manfaatlaridandir. Idrokning predmetliligi deganda uning aniq bir predmetga qaratilishini tushunamiz. Idrokning yaxlitligi deganda narsa va hodisalarni yaxlitligicha ongimizda aks ettirishni tushunamiz. Idrok sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi narsalarning ayrim hususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farqli ularoq,narsalarning yahlit obrazidir. Idrokning konstantligi ham uning muxim hususiyatlaridan biridir. Konstantlik tufayli biz atrofimizdagi narsalarning shakli, katta kichikligi, rangi va shu kabilarni nisbatan o`zgarmas tarzda idrok qilamiz Masalan, teatrda o’tirgan odamlarning yuzlariga uzokdan qarasak, ular bizga o`zgarmas, haqiqiy odamlardek ko`rinadi, aslida ko’z to’r pardasiga uzoqdagi narsalarning aksi kichik bo`lib tushadi. Yoki yuqori etajdan turib pastga qarasak odamlar, mashinalar juda kichik bo`lib ko’rinadi, lekin biz ularni o’z holicha idrok qilamiz. Yuqorida bayon qilinganlardan ma’lumki,odamning tajribasi,bilimi,xayol va tafakkurining faoliyati,hissiyot va diqqati,umuman odam psixikasining hamma mazmuni idrokda namoyon bo`ladi. Bu psixik hayotning idrokda aks etuvchi va idrokka ta’sir ko`rsatuvchi mazmuni appersepsiya deb ataladi. Ayni bir narsa yoki hodisani ayrim kishilarning idrok etishida ko`rinadigan ba’zi xususiyatlar appersepsiya bilan belgilangan bo`ladi. Bu xususiyatlar odamning tajribasi va bilimlariga bog`liq xususiyatlardir. Kishilar ayni bir narsa yoki hodisani yoshlari, ma’lumoti, turmush tajribasi, kasbi,temperament,xarakter, qobiliyat va qiziqishlarida ko`rinadigan shaxsiy xususiyatlariga qarab har xil idrok etadilar. Idrok turlariga quyidagilar kiradi: Fazoni idrok qilish to`g`risida gapirar ekanmiz, biz narsalarning fazodagi shakllarini, katta-kichikligini va fazodagi o`zaro munosabatlarini tushunamiz. Ma’lumki, fazodagi shakllarga qarab uch burchakli, to` rt burchakli, kub, silindir kabilarga ajratiladi.Narsalar katta - kichikliga qarab katta, kichik, o`rtacha deyiladi. Fazodagi munosabatlariga qarab bizga nisbatan yaqin yoki uzok, bizdan o`ng tomonda yoki chap tomonda, yuqorida yoki pastda deyiladi. Vaqtni idrok etish- biz idrok qilib turgan narsa va hodisalar ma’lum bir vaqt (zamon) davomida paydo bo`ladi, taraqqiy qiladi va o`zgarib boradi. Vaqtni idrok qilishni vaqt «bo`laklarini» soat va xronometrik asboblar yordamida o`lchash deb tushunish yaramaydi. Kishi xuddi bir xilda bo`lgan vaqt bo`lagi «minut, soat yoki kun» ning ob’ektiv davomini hamisha bir xilda sezavermas ekan. Ba’zan bir soat bir daqiqaday tez o`tib ketadi yoki bir kun bir yildek tuyuladi. Biz vaqtni «uning tuxtovsiz borishi,cho`zilishi va davomini» idrok qiladigan maxsus bir organga ega emasmiz. O`tayotgan vaqt avvalo atrofimizdagi narsa va hodisalarning o`zgarib va almashinib turishidan bilinadi. Shu sababli vaqtni idrok qilish hamma sezgi a’zolarimiz faoliyati bilan bog`langan deb aytish mumkin. Harakatni idrok qilish deb narsalarning fazoda o`rin almanishini idrok qilishga aytiladi. Harakatni idrok kqilish xayotiy muxim ahamiyatga egadir. Harakatni idrok qilishga imkon beradigan usullardan ikkinchisi ob’yektning harakatiga ko’z bilan qarab turishdir. Bunda harakat qilayotgan ob’yektning tasviri ko’z tur pardasiga nisbatan bir oz harakatsiz bo`lib qoladi. Biroq biz, shunday bo`lsa ham, ob’ektning harakatini ko`ramiz. Ko’z gavharining, umuman, ko’zning ravshan ko`rish uchun uyg`unlashuvini akkomadatsiya deb ataymiz. Konvergatsiya ma’lum bir narsaga qaraganda ikkala ko’z soqqasining qanshar tomon barobar burilishidir. Idrok qilinayotgan narsa qanchalik yaqin tursa, ko’z soqqalari bir-biriga, ya’ni qanshar tomonga shunchalik yaqin buriladi, ko`rish o`qlari ham bir-birini shunchalik yaqin kesib o`tadi. Ko’z konvergensiyasi ayniqsa masofani,yiroqni,chuqurlikni, eng aniq, raso idrok qilishga imkon beradi. Illyuziya deb atrofdagi narsa va hodisalarni noto`g`ri idrok qilishga aytiladi. Buni geometrik illyuziyalar deb nom olgan illyuziyalarda yaqqol ko`rish mumkin. Masalan, uzunligi barovar bo`lgan ikki chiziqning boshiga ikki xil strelkalar chizilsa, strelkasi tashqariga qaragan chiziq unisiga nisbatan uzun bo`lib ko`rinadi. Gallyutsinatsiya tashqi olamda yo`q narsalarni idrok qilishdir. Yo`q narsalarning ko`zga ko`rinishi, yo`q ovozning eshitilishi, yo` hidning dimoqqa urilishi gallyutsinatsiyadir. Download 64.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling