Mavzu: Ijodkor mahorati va nutq qisqaligi


Download 30 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi30 Kb.
#1270773
Bog'liq
44-mavzu


Mavzu: Ijodkor mahorati va nutq qisqaligi.

Nutq madaniyatining yana bir mezoni ixchamlik va qisqalikdir. CHunki sodda va qisqa nutq tinglovchini zeriktirmaydi. Aytilayotgan voqea hodisalar aniq, to‘g‘ri , mantiqiy, sof va ravon bayon etilishiham zarur. Katta mazmunni qisqa jumlaga jo etish ham so‘zlovchidan ulkan mahorat talab qiladi. Mashhur so‘z zargarlari darajasiga erishgan shoiru adiblar shunday mahorat sohiblari bo‘lganlar.


Fikrimizning isboti uchun quyidagi parchaga e’tibor bering:
“Kecha oydin, qabriston tip-tinch, uzoqlardan qur’on tovushi eshitiladi. Ikki tup chinor butoqlarida qo‘nib o‘tirgan uch-to‘rtta boyqushlar qabr yoniga tizlangan Otabek va yuqori, quyi do‘mbaygan qabrlar bu tilovatga somi’ kabi edilar. Qur’on oyatlari qabriyaton ichida og‘ir ohangda oqar edi. Qabr yoniga tiz cho‘kkan yigitning ko‘z yoshlari qur’on oyatlariga qo‘shilib oqar edi. Biron soatdan keyin tilovat tindi. Otabek holsizlanib, oyoq uzra turdi va orqaga yarim yalang‘och ko‘lagani ko‘rib, bir necha qadam qabr tomonga tislandi... Ko‘laga yalingansimon unga yaqin yurib keldi...

    • Kim bu?

    • Men Kumush...

Otabek tovush egasini tanidi. Bu majnuna Zaynab edi.

    • Ket mundan!

    • Men Kumush, - dedi Zaynab, ammo ketmay iloji qolmadi. Zeroki, dunyodagi eng yaqin kishisi unga “ket” amrini bergan edi. Zaynab orqasiga qaray-qaray Otabekdan uzoqlashdi”.

Keltirilgan parchada yozuvchi Otabek va Zaynabning fojeasi qabrda yotgan Kumushning fojeasidan kam emasligini so‘z bilan ta’riflab o‘tirmaydi, quruq bayonga berilmaydi. Qur’on oyatlariga qo‘shilib oqayotgan ko‘z yoshlari Otabekning musibati naqadar og‘ir ekanini ko‘rsatib turadi. Otabegini qabr yonidan qidirib topgan majnuna Zaynab inson qiyofasidan chiqib ketgan u “ko‘laga”. Otabekni sevib Kumushdan-da sevimli bo‘lishni istab shu kuyga tushgan. Lekin, shu holatida ham Otabekka faqat Kumush kerakligini fahmlaydi. Kumush bo‘lgisi keladi. “Men Kumush” deyishi bilan Zaynabning ayanchli qismati butun murakkabligicha ko‘z oldimizga keladi. YUqoridagi muxtasar parchada yozuvchi roman qahramonlarining musibatlarini tasvirlaydi, kitobxon qalbini larzaga soladi.
Xalq maqollari, hikmatli so‘zlar, matallar qo‘shiqlar ixchamlikning namunasi hisoblanadi. Lekin, ushbu muxtasar satrlar zamirida olam-olam mazmun jo etilgan.
Demak, nutqdagi qisqalik va ixchamlik so‘zlovchining lisoniy bilimi, so‘zni o‘rinli tanlay olishi, gaplarini muxtasar tuza bilish mahoratiga bog‘liqdir.
Download 30 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling