Mavzu: Ijtimoiy iqtisodiy ehtiyojlar, ularning turlari va yuksalishi. Mundarija


Download 1.74 Mb.
bet3/6
Sana16.06.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1501017
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Alimov Shaxzod kurs ishi

2.2Iqtisodiy ehtiyojlar va ularning tarkibi.

Kishilik jamiyati insonlardan tarkib topgan. Inson esa barcha jonzodlarning eng oliysi. Uboshqa jonzodlardan o’zining aql idroki bilan ajralib turadi. U xayot kechirish uchun turliehtiyojlarini qondirishi shart, chunki busiz inson yashay olmaydi.Insonlarning yashashi,har tomonlama kamol topishi uchun zarur bo’lgan barcha ne’matlarularning hayotiy ehtiyojlarini tashkil etadi. Inson o’z extiyojlarini qondirish yo’lini qidiradi. Extiyojlarni qondirishi zarurligi, ya’ni yashash uchun kurash uni faollikka undaydi.Insonning ehtiyojlari xilma-xil. U yashar ekan, ovqat eydi, kiyim-kechak kiyadi, bilim oladi, boshkalar bidan muloqotda bo’ladi, do’stlashadi va hokazo. Ehtiyojlar turli shakl xususiyat, sifat, belgi, miqdor va boshqa jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi.


Har bir inson uchun o’zining qadr - qimmat o’lchovi mavjud Bir inson tomonidan qadrlangan,hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan narsa ikkinchi bir kishi uchun hech qanday ahamiyatga ega bo’lmasligi mumkin. Ahamiyatiga ko’ra ehtiyojlarni tartibga solish u yoqda tursin, hamma insonlar uchun eng zarur bo’lganlarini ham sanab o’tish qiyin. Har bir inson uning uchun qaysi extiyojlar eng zarurligini o’zi belgilaydi. XX asr ko’pincha «axborot asri» deb atalgan. XXI asrga kelib axborotning ahamiyati yanada ortdi. Axborotni biz turli-tuman manbalardan olamiz. Masalan: radio, televidenie, gazeta va jurnal, kitob, global kompyuter tarmog’i internet kabilardan olamiz.Shu bilan birga «an’anaviy» axborot manbalari mavjud va doimo saqlanib qoladi. Ular ota-ona, qarindosh-urug’, do’st-birodarlar, qo’ni-qo’shni, tanishlar, tasodifiy uchrashgan odamlar va hokazo. Biz har daqiqada yangi axborot olamiz. Bizni atrofimizni o’ragan olam tabiatni kuzatib yangi-yangi ma’lumotlar olamiz. Bizni organizmimiz axborot qabul qilishning doimiy manbai. Aynan axborot bizni barcha ehtiyojlarimizni shakllantiradi.
Bizni barcha odatlarimiz, his-tuyg’ularimiz, bilim va hayot tajribamiz, u yoki bu narsaga baho berishimiz, avvaldan o’ylagan yoki beixtiyor hohish-istaklarimiz - barcha-barchasining asosida his-tuyg’ularimiz, nerv tomirlarimiz orqali organizmimiz qabul qilgan axborot yotadi. Yangi axborot yangi ehtiyojlarni vujudga keltiradi, mavjudlarini tubdan o’zgartiradi. Axborot insonni beixtiyor harakatga solishi yoki natijasini ko’z o’ngiga keltirgan yoki aniq bilgan, tushungan holdagi hatti-harakatini boshqarishi mumkin. Fan-texnika taraqqiyoti, yangi-yangi ixtirolar tufayli yangi tovarlar ishlab chiqariladi, xizmatlar ko’rsatiladi. Ilgari bunday tovarlar bo’lmagani uchun ehtiyojlar ham bo’lmagan.
Masalan: kompyuter, qo’l telefon va boshqalar. Avvaldan mavjud bo’lgan, lekin u tovarlarni xususiyatlarini bilmagan odam bu xaqda yangi axborot olishi tufayli yangi ehtiyojlar vujudga keladi. Masalan: an’anaviy oziq-ovqat mahsulotlari
sabzavot, mevalardagi vitaminlar, turli moddalar yoki boshqa xususiyatlari to’g’risidagi yangi ma’lumotlar. Kishining hayotida yangi vaziyat, yangi muammolarni paydo bo’lishi natijasida ham yangi ehtiyojlar vujudga keladi. Masalan: oilada farzand tug’ilishi natijasida chaqalok uchun zarur buyumlarga, kasal bo’lganda doriga, kasbini o’zgartirganda ish qurollariga va boshqalar. Xullas inson butun hayoti davomida yangi-yangi axborot oladi, unga muvofiq ravishda ehtiyojlar vujudga keladi va doimo o’zgarib boradi. Shunday qilib har bir kishi avval axborotga ega bo’ladi so’ngra shu axborotga qarab u yoki bu qarorga keladi.
Ehtiyojlar nihoyatda turli tuman bo’lib, ularga turli jihatdan yondashish mumkin. Ko’pgina iqtisodchilar u yoki bu xususiyatlariga ko’ra ehtiyojlarni turli guruhlarga ajratib tushuntirishga harakat qilishgan. Alfred Marshall nemis iqtisodchisi Germanning fikriga asoslanib, ehtiyojlarni absolyut va nisbiy, minimal va maksimal darajadagi ehtiyoj, qondirilishi zarur va qondirilishi kechiktirsa bo’ladigan, bevosita va bilvosita qondiriladigan ehtiyojlar, joriy va kelajakda qondiriladigan ehtiyojlarga bo’ladi.
Ayrim adabiyotlarda birlamchi - eng zarur ehtiyojlar, ikkilamchi - qondirilishi kechiktirsa bo’ladigan ikkinchi darajadagi ehtiyojlarga bo’linadi. Birlamchi ehtiyojlarga insonning eng zarur bo’lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa shunga o’xshash ehtiyojlari, ikkilamchi ehtiyojlarga insonning ma’naviy, intellectual faoliyati bilan bog’liq bo’lgan bilim olish, san’at, turli ko’ngil ochar tadbirlarga qatnashish ehtiyojlarini kiritish mumkin. Lekin bunday ajratish shartli. Ular har-bir inson uchun individual bo’lib, bir inson uchun kiyim-kechak, turar joy birlamchi bo’lsa, boshqasi uchun bunday bo’lmasligi mumkin. Birov uchun kiyim-kechakdan ko’ra bilim olish zarurroq, boshqasi uchun aksincha, yoki bir kishi uchun ma’naviy ehtiyoj hasham bo’lsa, boshqasi uchun
kundalik ehtiyoj bo’lish mumkin, yoki ma’lum vaqt o’tgach oddiy extiyojlarga aylanishi mumkin. Inson ehtiyojlari tarkibiga turli jihatdan yondashib, uni har-xil guruhlarga ajratish mumkin:

1.Ehtiyojlarning sub’ektlariga6 ko’ra: individual, guruhiy, umumjamiyat ehtiyojlariga bo’linadi.


a) Individual ehtiyoj har bir insonning ehtiyojini ifodalaydi. U fiziologik ehtiyojlar, sotsial kontaktda bo’lish, o’zining har tomonlama kamol topishiga bo’lgan extiyojlar va boshqalarini o’z ichiga oladi.
b) Guruhiy ehtiyoj - bu oilaviy yoki kishilarning biron maqsadda birlashgan guruhlari (mehnat jamoasi, turli uyushmalar) ehtiyojlari bo’lib, birgalikda yashash, faoliyat yuritish jarayonida vujudga keladigan umumiy ehtiyojlardir.
v) Umum jamiyat ehtiyoji - bu mamlakat miqyosida, qolaversa er shari miqyosida insonlarning bir butun bo’lib tarkib topgan ehtiyojlaridir. U o’z ichiga birinchidan, barcha turdagi individual va guruhiy ehtiyojlarini olsa, ikkinchidan jamiyatni yaxlit organizm sifatida yashab turish uchun zarur ehtiyojdir. Bularga tabiiy resurslarni asrash, mudofaa, jamiyatni boshqarish va hokazolarni kiritish mumkin. Jamiyatning ehtiyoji turli ijtimoiy toifa va guruhlariga mansub kishilar ehtiyojining yaxlitligi sifatida namoyon bo’ladi. Tabaqalanish darajasiga qarab ehtiyojlar ham farqlanadi.
2. Ehtiyojlar ob’ektiga7 ko’ra: moddiy ehtiyojlar, sotsial-ma’naviy ehtiyojlarga bo’linadi.
3. Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo’lishi bilan vujudga kelgan. Ular tabiiy ehtiyojdir.
4. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy ehtiyojlardir.
5. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, transport va hokazo kabi qator ehtiyojlardan iborat bo’lib, ularning qondirilishi
6 Lotinchadan olingan «sub’ekt» so’zi ega, «ob’ekt» esa predmet ma’nosini anglatadi. O’zbek tilining izohlilug’atida ko’rsatilishicha sub’ekt deganda, aql-zakovat, iroda egasi, borliqni bilishga, o’zgartirishga qodir, faollikbilan harakat qiladigan shaxs yoki guruh.
7. Ob’ekt esa kishining faoliyati, diqqat-e’tibori qaratilgan va o’z faoliyatini shunga qaratgan predmet, hodisa tushuniladi. yashashning birlamchi shartidir. Moddiy ehtiyojlar albatta moddiy ko’rinishga ega, masalan: oziq-ovqatga ehtiyoj, aniq: un, guruch, yog’, go’sht, shakar va boshqalar kabi moddiy shaklga ega. Kiyimlarga bo’lgan ehtiyoj: tufli, paypoq, kastyum-shim, ko’ylak, palto, kurtka va boshqalarga bo’lgan ehtiyoj tarzida yuzaga chiqadi.
O‘zbekiston endi mustaqillikka erishgan dastlabki paytda respublikamizning energiya mustaqilligini ta’minlash uchun neft qazib olish va gaz kondensati ishlab chiqarishga nisbatan ko‘proq mablag‘ ajratishga majbur bo‘ldi.Ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida davlat mavjud pul va valyuta zahiralarini chetdan iste’mol buyumlarini sotib olib kelishga emas, ularni cheklab, investitsiya tovarlarini, ya’ni yangi texnika va texnologiyalarni sotib olib kelishga qaratadi. Bunda ayrim sohalarga e’tibor va mablag‘ sarflash kuchaytirilgan sharoitda boshqa sohalarga ajratiladigan mablag‘larni obyektiv ravishda nisbatan kamaytirishga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim yo‘li bo‘lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo‘yadi. Bu imkoniyatlar darajasi doimo bir xil bo‘lib turmaydi, balki yangi texnikalar va texnologiyalarning yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning chegaralarini kengaytirish imkonini beradi. Yangi texnikalar va texnologiyalar, bir tomondan, mehnat unumdorligini, ekinlar hosildorligini oshirish, energiya, yonilg‘i, mehnat va boshqa moddiy resurslarni tejash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, yangi material, xom ashyo, energiya va boshqa resurslar manbalarini topib, hayotga jalb etish imkonini beradi: jumladan, yerning chuqur qatlamlaridagi boyliklarni topish va ishga tushirish, jahon okeanining uzoq va chuqur joylaridagi resurslaridan foydalanish, quyosh energiyasidan foydalanish va h.k. Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlarni qondirish darajasi o‘rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin:
Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik.
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab chiqarish imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirishning darajasini oshirish zarurligi iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolarni qo‘yadi.
1. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning optimal variantlarini (eng zarur va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko‘proq ishlab chiqarishga jalb qilish.
2. Mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish.
3. Fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi energiya, material, xomashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga jalb qilish, resurslar unumdorligining oshishiga erishish. Bu muammolarni hal qilish zaruriyati kishilardan chuqur iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lishni taqozo qiladi.Sotsial-ma’naviy ehtiyojlar azaliy bo’lmay jamiyat taraqqiyotining ma’lum bosqichida, tsivilizatsiya paydo bo’lishi bilan yuzaga keladi. Jamiyat rivojlangan sari sotsial-ma’naviy ehtiyojlar tabiiy zaruratga aylana boradi, hamda borgan sari yuksala boradi. Sotsial-ma’naviy ehtiyojlar asosan turli xizmatlardan foydalanishga bo’lgan ehtiyojlar tarzida yuzaga chiqadi. O’qituvchi, vrach, san’at arbobi, sport va boshqalar xizmatidan foydalanib, inson axloqiy, ma’naviy, estetik, jismoniy jihatdan tarbiyalanadi, bilim oladi, kasb egallaydi, har tomonlama kamol topadi. Bu ehtiyojlar yaqqol moddiy ko’rinishga ega emas.
Ishlab chiqarish uchun zarur investitsion tovarlar yaratiladi. Ehtiyojlar qanday guruhlarga bo’linmasin, qay jihatdan yondashilmasin, ular bir-biri bilan bog’lik, biri ikkinchisini taqozo qiladi, hamda yagona umumjamiyat ehtiyojlari tarzida shakllanadi. Jamiyatning umumiy ehtiyojlari tarkib topishi va rivojlanishiga qator omillar ta’sir ko’rsatadi.
Ularni umumiy tarzda quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
1.Aholi soni, yoshi, jinsi.
2.Tabiiy-geografik sharoiti.
3.Tarixiy milliy an’analar va odatlar.
4.Jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti.
5.Madaniy jihatdan erishilgan daraja.Jamiyat har xil odamlardan tarkib topar ekan, albatta ularning har birining ehtiyoji shakllanishiga ta’sir etadigan omillar ham mavjud.



Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling