Mavzu: Ijtimoiy iqtisodiy tizimlarni ifodalashda iqtisodiyt matematik usullardan foydalanish Reja


Download 47.22 Kb.
Sana16.03.2023
Hajmi47.22 Kb.
#1278121
Bog'liq
ijtimoiy-iqtisodiy tizim tushunchasi. Iqtisodiy tizimlarni


Mavzu: Ijtimoiy iqtisodiy tizimlarni ifodalashda iqtisodiyt matematik usullardan foydalanish
Reja:
1.Ijtimoiy-iqtisodiy tizim tushunchasi.Iqtisodiy tizimlarning mulkchilik munosabatlari bilan bog’liqligi.
2.Ijtimoiy-iqtisodiy tizim turlari.
3.Aralash iqtisodiyotning vujudga keltirilishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot uchun axamiyati.

Iqtisodiy tizim - iqtisodiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va isteʼmol jarayonida paydo boʻladigan asosiy iqtisodiy munosa-batlarning shakl va mazmunini belgilab beradigan, mamlakatda tarixan paydo boʻlgan yoki joriy etilgan, amal qiladigan tamoyillar, qoidalar, qonun yoʻli bilan mustahkamlangan normalar majmui. Iqtisodiy tizimlar doirasida iqtisodiyot subʼyektlari, ishlab chiqarishni omillari oʻzaro munosabatga kirishadilar va bu munosabatlar maʼlum qonun-qoidalarga binoan boshqariladi. Iqtisodiy tizimlar faoliyati mulk, pul va pul tizimi, davlat va nodavlat tashkilotlari, korxona, soliq, daromad, reja, foyda kabi bir kator vositalar yordamida tashkil qilinadi.


Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilik munosabatlari o’z ichiga:

  1. davlat mulkini, ishlab chiqarish,

  2. xizmat ko’rsatish,

  3. matlubot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlarini,

  4. ijtimoiy tashkilotlar mulkini, -uy xo’jaligi,

  5. shaxsiy tomorqa xo’jaligi,

  6. yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog`liq bo’lgan mehnatkashlarning shaxsiy mulkini,

  7. tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllarini

va xususiy mulklarni oladi.
Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo’lishi va ularning iqtisodiy mezoni,
avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasi bilan bogliq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab
chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy
munosabatlarining etuklik darajasi bilan mos kelishi zarur.
Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo’lgan mulk ob’ektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki yo’l bilan hosil bo’ladi:
xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo’liga olish;
Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo’lgan, bo’linmaydigan yoki
umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport
vositalari, yo’llar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko’rsatish mumkin.
O’zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika mulkidan va ma’muriy-xududiy (munistipal) tuzilmalar mulkidan iborat bo’ladi.
Er, er osti boyliklari, suv, havo bo’shligi, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika xokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol- mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablaglari, oltin zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi. Ma’muriy-hududiy (munistipal) tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati
mahalliy organlari mol-mulki, mahalliy byudjet mablaglari, munistipal uy-joy
fondi va kommunal xo’jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq
ta’limi, madaniyat, sogliqni saqlash muassasalari kabilar mol-mulki bo’ladi.
Jamoa mulki – muayyan maqsad yo’lida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o’zlashtirishni
bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to’lab
korxona qurishi, akstiya chiqarib, ularni sotish kabi yo’llar orqali paydo bo’ldi.
Jamoa mulkining muhim xususiyati shundaki, ishlab chiqarish vositalari va mehnat
mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma’lum guruh, kishilar egalik qiladi.
Jamoa mulkiga kooperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, akstionerlar jamiyatlari, xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki kiradi.

Shaxsiy mulk – bu fuqarolar mulki bo’lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy


ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila a’zolarining mehnati asosida ko’payadi va rivoj topadi. Fuqaroning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, o’z xo’jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va ko’payadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk akstiyadan keladigan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbaalarga asoslanadi.
Shaxsiy mulk ob’ektlari – bu turar joylar, bog-hovli va uylar, transport
vositalari, pul jamgarmalari, uy-ro’zgor va shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka tartibda va boshqa xo’jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo’lishi mumkin. «O’zbekiston Respublikasida mulkchilik to’grisida»gi qonunda ko’rsatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, xalq xo’jalik faoliyatining boshqa tarmoqlaridagi maydaroq korxonalar fuqaro va ularning oila a’zolarining mulki bo’lishi mumkin. Shaxsiy mulk ob’ektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, daromad topish yo’lida ishlatilishi mumkin.
Xususiy mulk – ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga
asoslangan va o’z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir. O’zbekiston Respublikasining mulkchilik to’g`risidagi qonunida (7-modda), xususiy mulk o’z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir deb ko’rsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk bo’lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi ta’kidlanadi.Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. U, so’zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga ma’suliyatlilikmunosabatlarini ragbatlan-tiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tugdiradi. Mulkchilikning bu shaklini tan olish xalq xo’jaligida uni qo’llash foydali bo’lgan bo’ginlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini
shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni mutlaqlashtirish bilan umuman bogliq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chiqarish vositalari asosida mustaqil xo’jalik yuritish yoki davlat korxonalari, kooperativ firmalar, magazin, oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi mumkin. Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo bo’ladi. Bu mulk alohida olingan ob’ektning turli mulkdorlar ishtirokida o’zlashtirilishini bildiradi.

2. Iqtisodiy tizimlar masalasiga qarashlarda turlicha yondashuvlar mavjud. Jahon iqtisodiy adabiyotlarida xoʻjalik-iqtisodiy tizimlarni ishlab chiqarish vositalariga egalik shakli va iqtisodiy faoliyat muvofiklashtirish va boshqarish usuliga koʻra tasniflash koʻproq tarqalgan. XXI-asr boshlaridagi qarashlarda Iqtisodiy tizimni baholashda moddiy-ashyoviy va ijtimoiy-iqtisodiy mezonlar birgalikda qoʻllaniladi, Iqtisodiy tizimlarning eng muhim bir qator belgilari taʼriflanadi. Ularga jamiyatdagi iqtisodiy resurslar tavsifi, texnika va texnologiya darajasi, ishlab chiqarish harakteri, yaratilgan mahsulot va xizmatlar tarkibi, iqtisodiy munosabatlar tabiati, iqtisodiyotni boshqarish usuli, iqtisodiy siyosat mazmuni kiradi.
Turli qarashlarda insoniyat jamiyati tarixida 3, 5 va hatto 7 ta Iqtisodiy tizimlar boʻlganligi qayd etiladi. Ortodoksal, yaʼni marksistik nazariya Iqtisodiy tizimni tavsiflashda ijtimoiy-sinfiy jihatdan yondashadi. Mulkchilik shakli, ekspluatatsi-yaning borligi yoki yoʻqligi, sinflarning iqtisodiyotdagi mavqei bosh mezon qilib olinadi. Ularga tayangan holda Iqtisodiy tizim ishlab chiqarish usuli deb ataladi. Marksizmga koʻra:
-Ibtidoiy-jamoa.
- Quldorlik.
-Feodalizm.
- Kapitalizm.
- Kommunizm.
kabi Iqtisodiy tizimlar bor, ularning biri-ikkinchisiga oʻrin boʻshatib beradi, ular ketma-ket oʻrin almashadi, eng mukammal va soʻnggi Iqtisodiy tizim kommunizm deb ataladi. Marksizmga muqobil taʼlimotlarda Iqtisodiy tizimlarga texnologik va ishlab chiqarishning harakteri, ishlab chiqarishning industriyalashuvi jihatidan qaralgan va baho berilgan. .
Bu bosqichlar ham oʻzaro ketma-ketlikda oʻrin almashadi. Baʼzi bir qarashlarda agrar, industrial va informatsion iqtisodiyot davrlari qayd etiladi.
Koʻpchilik tadqiqotchilar anʼanaviy, bozor va maʼmuriy-buyruqbozlik Iqtisodiy tizimlari borligini asoslaydilar.
Anʼanaviy Iqtisodiy tizim belgilari:
-Qoʻl mehnati va tabiat kuchlaridan oddiy usulda foydalanish.
- Gʻoyat kam unumli texnologiyaning mavjudligi.
- Ishlab chiqarishning agrar harakteri.
-- Iqtisodiyotning asosiy tayanchi ekstensiv yuritiladigan qishloq xo’jaligi.
Sanoatning hunarmandchilik va xonaki sanoat shaklida mavjudligi.
- Iqtisodiy biqiklik, yaʼni xujalik avtarkizmi.
Iqtisodiyot biqiq boʻlganidan mahsulotlar, asosan, oʻz isteʼmoli uchun yaratiladi, ularni ehtiyojdan ortib qolgan qismigina ayirboshlanadi. Xoʻjaliklar natural isteʼmolchi boʻlganidan kamdan-kam hollarda bozor bilan aloqa oʻrnatadilar, oʻzini-oʻzi taʼminlagani sababli ular uchun pulning ahamiyati boʻlmaydi; oʻzaro iqtisodiy aloqalar xoʻjalikning ichida yoki mahalliy kichik hudud doirasida anʼanaviy qoidalarga, urf-odatlarga koʻra, amalga oshadi; iqtisodiy faoliyat jamoa va yakka xususiy mulkka asoslanadi; aholi turmush darajasi past boʻladi.
Bozor iqtisodiyoti tizimi belgilari:
-Yuksak zamonaviy texnologiyaning mavjudligi.
-shlab chiqarishning industrial harakterda boʻlishi.
- Iqtisodiy taraqqiyotda axborotning urni va ahamiyatining yuqoriligi.
Ishlab chiqarishda servis — xizmat koʻrsatish sohasi rolining ortib borishi.
- Iqtisodiy usishning intensiv usuli ustuvorligi.
-Iqtisodiyotning ochiq boʻlishi, uning bozor aloqalariga tayanishi.
- Xil-xil mulkchilik boʻlgani holda xususiy mulkning yetakchi urinda bulishi.
-Iqtisodiyotning ijtimoiy yoʻnalishga egaligi.
-Aholi turmush darajasining yuqoriligi.
-Iqtisodiyotga siyosatning kuchli taʼsir koʻrsatishi.
- Iqtisodiyotning globallashuvi.
Maʼmuriy-buyruqbozlik tizimi belgilari:
-Mashinalar tizimiga asoslangan texnologiyaning boʻlishi, lekin uning past darajasi,
-Ishlab chiqarishningning industrial-agrar harakteri.
-Iqtisodiyotning yopiq bulish.
Davlat mulkining hukmronligi, jamoa mulkining bu mulk qushimchasiga aylani-shi, xususiy mulkning taqiklanish.
Iqtisodiyotning bir markazdan turib rejalashtirilishi, reja topshirikdarining majburiyligi.

Resurslar va mahsulotlarning yagona reja asosida taqsimlanishi.


Iqtisodiy stimullar zaif boʻlgani holda siyosiymaʼnaviy stimullarga ustuvorlik berilishi. Iqtisodiyotning taqchilli bulishi, aholi turmush darajasining iqtisodiy salohiyatga nisbatan past bulishi, uning gʻoyat sekin oʻsishi. Evolyusion tarixiy rivojlanish natijasida anʼanaviy Iqtisodiy tizim bozor tizimiga aylanadi, uni revolyusiyey yul bilan yoʻqotish natijasida zurlik bilan maʼmuriy-buyrukbozlik tizimi o’rnatiladi, u uzini oklamaganidan qaytadan bozor tizimiga utish yuz beradi. Shunday oʻtish jarayonida transformatsiyalashayotgan, yaʼni utish xrlatidagi Iqtisodiy tizim yuzaga keladi. Bu tizimning asosiy belgisi rejali maʼmuriy-buyrukbozlik tizimining bozor tizimiga aylanib borishidir. Bu jarayonda bozor isaohotlari muhim urinda turadi. Bu tizim koʻp ukladli boʻlib uning qanchalik uzoq saqlanishi oʻtish davrining naqadar uzun yoki qisqa boʻlishiga bogʻliq. Iqtisodiy tizim bu umumiy iqtisodiy tuzilmani tashkil etuvchi o'zaro bog'liq elementlarning to'plamidir. Iqtisodiy tuzilmalarning 4 turini ajratish odatiy holdir: an'anaviy iqtisodiyot, buyruqbozlik iqtisodiyoti, bozor iqtisodiyoti va aralash iqtisodiyot.
AN'ANAVIY IQTISODIYOT
An'anaviy iqtisodiyot tabiiy ishlab chiqarishga asoslangan. Odatda kuchli qishloq xo'jaligi tarafkashligi mavjud. An'anaviy iqtisodiyot klanlik, qonuniylashtirilgan mulklarga, kastalarga bo'linish va tashqi dunyodan ajralib qolish bilan ajralib turadi. An'anaviy iqtisodiyotda urf-odatlar va aytilmagan qonunlar kuchli. Shaxsiy rivojlanish an'anaviy iqtisodiyotda juda cheklangan va ijtimoiy piramidada yuqori bo'lgan bir ijtimoiy guruhdan boshqasiga o'tish deyarli mumkin emas. An'anaviy iqtisodiyot ko'pincha pul o'rniga ayirboshlashni ishlatadi.
Bunday jamiyatda texnologiyaning rivojlanishi juda sust. Endi an'anaviy iqtisodiyotga ega davlatlar qatoriga kiradigan mamlakatlar deyarli qolmadi. Garchi ba'zi mamlakatlarda an'anaviy hayot tarzini olib boruvchi izolyatsiya qilingan jamoalarni, masalan, Afrikadagi qabilalarni ajratish mumkin, ular uzoq ajdodlaridan ancha farq qilmaydigan turmush tarzini olib borishadi. Shunga qaramay, har qanday zamonaviy jamiyatda ajdodlar an'analarining qoldiqlari hanuzgacha saqlanib kelinmoqda. Masalan, bu Rojdestvo kabi diniy bayramlarni nishonlash haqida gap ketishi mumkin. Bundan tashqari, kasblarni erkak va ayolga bo'lish hali ham mavjud. Bu barcha urf-odatlar iqtisodiyotda u yoki bu tarzda aks etadi: Rojdestvo savdosi va natijada talabning keskin o'sishini eslang.

MA’MURIY-BUYRUQBOZLIK IQTISODIYOTI


Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti Buyruqli yoki rejali iqtisodiyot nimani, qanday, kim uchun va qachon ishlab chiqarishni markazlashgan holda hal qilishi bilan tavsiflanadi. Tovarlar va xizmatlarga bo'lgan talab statistik ma'lumotlar va mamlakat rahbariyatining rejalari asosida belgilanadi. Ma'muriy iqtisodiyot yuqori ishlab chiqarish va monopoliyaning kontsentratsiyasi bilan ajralib turadi. Ishlab chiqarish omillariga xususiy mulkchilik deyarli chiqarib tashlangan yoki xususiy biznesning rivojlanishida katta to'siqlar mavjud.
BOZOR IQTISODIYOTI
Bozor iqtisodiyoti... Bozor iqtisodiy tizimi, buyruqbozlikdan farqli o'laroq, xususiy mulkning ustunligi va talab va taklif asosida erkin narxlanishiga asoslanadi. Davlat iqtisodiyotda muhim rol o'ynamaydi, uning roli iqtisodiyotdagi vaziyatni qonunlar bilan tartibga solish bilan cheklanadi. Davlat faqat ushbu qonunlarga rioya qilinishini ta'minlaydi va iqtisodiyotdagi har qanday buzilishlar "bozorning ko'rinmas qo'li" tomonidan tezda tuzatiladi.Uzoq vaqt davomida iqtisodchilar hukumatning iqtisodiyotga aralashuvini zararli deb hisoblashgan va bozor tashqi aralashuvisiz o'zini o'zi tartibga solishi mumkin degan fikrni ilgari surishgan. ammo, Buyuk Depressiya bu da'voni rad etdi. Gap shundaki, inqirozni tovar va xizmatlarga talab bo'lgan taqdirdagina engib o'tish mumkin edi. Va iqtisodiy sub'ektlarning biron bir guruhi bu talabni shakllantira olmaganligi sababli, talab faqat davlat tomonidan paydo bo'lishi mumkin edi. Shuning uchun ham inqiroz paytida davlatlar o'z qo'shinlarini qayta jihozlashni boshlaydilar - shu bilan ular butun iqtisodiyotni jonlantiradigan va yomon doiradan chiqib ketishga imkon beradigan asosiy talabni shakllantiradi.
An'anaviy iqtisodiyot – asosiy savollarga javoblar urf-odatlarga asoslanib, urf-odatlar asosida (Afrika, Avstraliya qabilalarida) beriladi.Bunday iqtisodiyotda texnologiyalar an'anaviy va barqaror bo'lib, ishlab chiqarilgan mahsulot turlari deyarli o'zgarishsiz qolmoqda. Yigit otasi singari, yosh qiz esa onasi kabi qiladi.Buyruq iqtisodiyoti (rejalashtirilgan yoki markazlashtirilgan) – barcha savollarga javoblar rejalar yordamida beriladi (SSSR, Sharqiy Evropa, Xitoy, Kubada), ishlab chiqarish vositalariga jamoat mulki xarakterlidir.
Bozor iqtisodiyoti (sof kapitalizm)– barcha savollarga bozor mexanizmlari yordamida javob beriladi, ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik xosdir. Ammo uning sof shaklida bozor iqtisodiyoti mavjud emas; sof kapitalizm davlatning iqtisodiyot ishlariga aralashmasligini taxmin qiladi va bu dunyoning biron bir joyida mavjud emas.
G'arbiy Evropa va Amerika mamlakatlari aralash iqtisodiyotga ega.
Aralash iqtisodiyot -bozor mexanizmlari ta'siri bilan bir qatorda davlatning iqtisodiyot ishlariga aralashuvi, turli xil mulkchilik shakllari mavjud bo'lgan iqtisodiyot.
Aralash iqtisodiyotning har xil turlarini ajratish mumkin: masalan, rejalashtirilgan kapitalizm, o'sha. bozor mexanizmlari ta'siri bilan bir qatorda rejalashtirish, iqtisodiyot ishlariga davlatning faol aralashuvi mavjud bo'lgan iqtisodiyot (masalan, Yaponiya, Frantsiya).
Bozor sotsializmi(yoki ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti) - bozor mexanizmlari bilan bir qatorda davlatning iqtisodiyot ishlariga aralashishi va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga faol ta'sir ko'rsatadigan iqtisodiyot (masalan, Shvetsiya, Germaniya). Masalan, Germaniyada bu tamoyil quyidagicha: "Iloji boricha kamroq davlat va kerak bo'lganda davlat". Bozor sotsializmi bo'lgan mamlakatlarda keng ijtimoiy himoya tarmog'i ishlaydi: kasallarga, nogironlarga, ishsizlarga to'lovlar, korxonalar bankrotligidan aziyat chekkanlarga yordam, bolalar uchun nafaqalar, kambag'allar va boshqalar.
Hozirda ular hali ham ajratmoqdalar o'tish iqtisodiyoti bo'lgan mamlakatlar. O'tish davri – bu bir tizimdan ikkinchisiga o'tish vaqti
Keling, buyruqbozlik va bozor iqtisodiyotini batafsil ko'rib chiqaylik.
Buyruqlar tizimining asosiy xususiyatlari:
ishlab chiqarish vositalariga jamoat yoki davlat mulkchiligining hukmronligi;
iqtisodiyotda Davlat rejalashtirish komissiyasining diktaturasi;
iqtisodiy boshqaruvning ma'muriy usullari;
davlatning moliyaviy diktaturasi.
Asosiy afzalliklari:
-yanada barqaror iqtisodiyot;
-odamlarning kelajakka ko'proq ishonchi;
-to'liq bandlik;
-jamiyatdagi tengsizlikning kamligi;
-- hamma uchun minimal hayotni ta'minlash kafolati.
Asosiy kamchiliklari:
-davlat mulkining qoniqarsiz ishi (u yomon ishlatilgan, texnika yillar davomida yangilanmagan, o'g'irlik va noto'g'ri boshqarish rivojlangan);
-qattiq ishlashga turtki yo'q(mehnatdan qochib, mehnatsevarlikni rag'batlantirish yo'q;
-mas'uliyatsizlik, xodimlarning tashabbuskorligi kamligi;
-iqtisodiy samarasizlik va umumlashtirilgan defitsit;
-iste'molchilar ustidan ishlab chiqaruvchilarning buyrug'i(odamlar uchun kerak bo'lgan narsalarni emas, balki Davlat rejalashtirish komissiyasida rejalashtirilgan narsalarni ishlab chiqardi);
-odamlar turmush darajasining pastligi.
O'n yildan ortiq tajriba shuni ko'rsatdiki, qo'mondonlik iqtisodiyoti yaroqsiz bo'lib chiqdi, tk. "Ongli buyurtmalar" (avstro-anglo-amerikalik iqtisodchi Fridrix fon Xayek so'zlari bilan), ya'ni. yuqoridan berilgan, ko'p hil tizimlarni ishlab chiqish uchun g'ayritabiiy. V.I.Lenin kommunizm haqida shunday yozgan edi: "butun jamiyat bitta idora, bitta fabrika bo'ladi". Ammo siz "o'zingiz yoqtirgan buyumlarning mozaikasi kabi" kerakli buyurtmani yarata olmaysiz. Saltikov-Shchedrin: "Biror kishini aql-idrok bilan boqish
mumkin emas", dedi.
Bozor iqtisodiyoti - bu shaxslarning ixtiyoriy hamkorligiga, tovarlarni erkin sotib olish va sotish orqali ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar o'rtasidagi to'g'ridan-to'g'ri aloqalarga asoslangan iqtisodiy tizimdir. Bunday almashinuv "odamlarga istalgan narsani beradi, ba'zi bir guruh tushunchasiga ko'ra emas" (Milton Fridman so'zlari bilan - amerikalik iqtisodchi, liberalizm yoki neoklassitsizm tarafdori).
3. Aralash iqtisodiyot – hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti modellaridan biri. Aralash iqtisodiyot bozor iqtisodiyotining ri-vojlangan va demokratlashib, insoniy tuc olgan turi bo‘lib, AQSH, Angliya va Fransiya kabi rivojlangan mamlakatlarga xos. Aralash iqtisodiyot poliiqtisodiy tizim bulib, ijtimoiy yunaltirilgan bozor iqtisodiyoti, kooperativ iqtisodiyot kabi modellardan o‘zining 3 jihati bilan ajralib turadi: a) mul kiy xilma-xillik. Iqtisodiyotda yagona mulk monopo-596liyasiga urin qolmaydi, xilma-xil mulkchilik yonma-yon rivojlanadi. Mulkchilikning 3 shakli mavjud bo‘lib, bular xusu-siy mulk, jamoa mulki va davlat mulkidan iborat buladi. Xususiy mulkning individual (yakka) mulk shakli emas, balki kooperativ (shirkat) shakli ustu-vorlik qiladi. Jamoa mulki esa ishchi va xizmatchilarning uziga yoki ularning kasaba uyushmasiga karashli mulkdan tashkil topadi va xalq korxonalarida o‘z ifodasini topadi.
Bu korxonalardagi ishchi va xizmatchilar ham mulk sohibi, ham mehnat axli hisoblanadilar. Dav-lat mulki eng muhim, umummilliy ahamiyatga molik sohalar bilan cheklanadi, uning doirasi xususiylashtirish asosida qisqarib boradi. Mulk shakllaridan hech qaysisi monopol mavqeda bo‘lmaydi. Iqtisodiyotda mulk shakllarining muvo-zanati saqdanadi; b) xo‘jalik yuritish xilma-xilligi. Xo‘jalik yakka, shirkat, aralash tarzda yuritiladi. Xo‘jalik sub’ektlari xo‘jalik faoliyatini o‘z mablag‘iga, qarz puliga tayanib yuritadilar, ular o‘rtasida ijara munosabatlari keng tarqaladi. Yer, umuman, ko‘chmas mulk va hatto, mashina-uskunalar ham ijara asosida ishlatiladi, lizingning tur-li shakl va usullari keng qo‘llaniladi. Xo‘jalik yuritish milliy doiradan chiqib baynalmilallashadi. Qo‘shma kor-xonalar, transmilliy korporatsiyalar rivojlanadi, ochiq iqtisodiy zonalar tashkil topadi; v) xo‘jalik faoliyati miqyosida muvozanatning ta’minlanishi. Yirik, o‘rta va kichik biznes muvozanatli holatda rivojlanadi. Yirik korxonalar monopoliyasiga o‘rin qolmaydi. Har bir biznes o‘z sohasida rivoj topadi. Yirik va kichik biznes munosabati, bir tomon-dan, raqobat munosabati bo‘lsa, ikkinchi tomondan sheriklik va hamkorlik muno-sabatiga aylanadi.
Muvozanatli holat raqobatga keng yo‘l ochadi, monopoliyani cheklaydi. Shu sababli millionlab kor-xonalar yopiladi, o‘zaro qo‘shiladi yoki yangidan ochiladi. Iqtisodiyot sub’ektlarining ko‘pchilik bo‘lishi raqobatning ahamiyatini oshiradi.Aralash iqtisodiyot ko‘p ukladlilikni talab etadi va bozor talabi atroflicha o‘rganilib, bozorbop, ya’ni yaxshi sotiladigan tovarlar ishlab chiqariladi; barcha ishlab chiqarish omillari unumdorlikni ta’minlash yo‘lida mukammallashtirib boriladi. Samarali ishlab chiqarish hamma daromadlarni (ish haqi, foy-da, renta, foiz) oshirish imkonini beradi. Chunki har bir omilning (yer, mehnat va kapital) bergan iqtisodiy samarasi oshib boradi. Ammo daromadlar tarki-bida mehnatdan keladigan daromad – ish haqi g‘issasining ortib borishi yuz beradi.Aralash iqtisodiyotning ommaviy farovonlikni ta’minlashdan iborat bosh umumlashtiruvchi qonuni bor va u iqtisodiyotning ijtimoiy yo‘nalishini ifoda etadi. Bu qonunni ikki holat yuzaga keltiradi. Birinchi-dan, mulk xilma-xil bo‘lib, ozchilik qo‘lida to‘planmay, ko‘pchilikka tegishli bo‘ladi va mehnat ahli ayni vaqtda mulk sohiblariga ham aylanadi. Ikkinchi-dan, mahsulot va xizmatlarning ko‘plab yaratilishi farovonlikni ta’minlashga yetarli bo‘ladi. Daromadlar yuqori bo‘lganidan ular tirikchilik sarfidan ortib qolib, pul va modliy shakldagi jamg‘armaga aylanadi. Shu bois milliy boylik tarkibida aholi mol-mulkining hissasi ortib boradi.
Hozirgi Aralash iqtisodiyotda iqtisodiy munosa-batlarning aralash tarzda bo‘lishi bo-zor va nobozor munosabatlarning uz-viy qo‘shilib ketishiga olib keladi. Bozor munosabatlariga xos raqobat, foyda uchun kurash, xususiy mulk hukmronligi, daromadlarning ishlab chiqarish omillaridan foy-dalanish natijasiga bog‘liq bo‘lish kabi belgilar bilan bir qatorda uzoq sheri-klik asosida hamkor bo‘lish, biznesda o‘z o‘rnini topib obro‘ orttirish, imijga ega bo‘lish, ishchi-xizmatchilarning mulkdorlarga aylanishi, xayr-sahovat qoidasiga
Ko’ra nochorlarga doimo yordam berish kabi munosabatlar ham kamol topadi. Aralash iqtisodiyotda tartibsizlik va noaniqlik minimal darajaga tushadi, iqtisodiyot davlat to-597monidan tartibga solinadi, iqtisodiy muvoza-natlar tezda tiklanib turadi. Davlat daromadlarni qayta taqsimlab, minimal daromadlarni keskin pasayi-shiga yo‘l bermaydi. Shu maqsadda qonun yo‘li bilan ish haqi minimumo‘ miqdori belgilanadi. Davlat antimo-nopol si-yosat yurgizadi. Firmalarda marketing xizmatining kuchli rivojlanishi bozorni chuqur o‘rganib, uning talabiga mosla-shish imkonini bergani holda davlat ham iqtisodiyotni tartibga solib turganidan kuchli iqtisodiy bo‘hronlar va larzalar yuz bermaydi, iqtisodiy tanglik chuqur bo‘lmaydi, undan tezda va kam talofat bilan chiqiladi. Umuman olganda jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlik qaror topadi. Aralash iqtisodiyot bozor munosabatlarining hozirchalik eng rivojlangan shakli sifatida yuzaga keladi. Uning yaqqol na-munasi deb AQSH iqtisodiyotini olish mumkin. Iqtisodiy nazariyada Aralash iqtisodiyot haqidagi qarashlar 20-asrning 20-yillarida paydo bo‘lgan. Keyinchalik "xalq kapitaliz-mi", "demokratik kapita-lizm", "ommaviy farovonlik jamiyati", "konvergensiya" va boshqa konsepsiyalarda Aralash iqtisodiyot nazariyasi takomillashtirildi.



Download 47.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling