Mavzu: Ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari
Download 14.15 Kb.
|
Mavzu Ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari
DOKLAD Mavzu:Ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari. Reja:1 2 3 Metod va usul tushunchalari, ularning farqlari. O’z kasbining xususiyatlarini o’rganib chiqqan ijtimoiy pedagog oldida bu bilimlarni bolalar ijtimoiylashuvida, ularni deviant xulq-atvorini oldini olishda ularga yordam berish jarayonida amaliy tadbiq etish muammosi ko’riladi. Bu muammoni hal qilish uchun ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari va texnologiyalarini bilish zarur. Avvalambor bu tushunchalarning ta’rifini aniqlab olish lozim. Olimlarning fikricha, ijtimoiy pedagogik amaliyotidagi metodlar-bola ijtimoiylashuvi yoki reabilitatsiyasiga yordam beruvchi ijobiy ijtimoiy tajriba to’planishini ta’minlovchi ijtimoiy pedagogik va bolaning o’zaro bog’liq faoliyati bo’lganligi uchun ijtimoiy pedagogika metodlari haaqida gapirish hali erta. Ular hozir shakllanish bosqichidalar. Shuning uchun ijtimoiy pedagog o’z amaliy faoliyatida pedagogika, psixologiya va ijtimoiy ishda qo’llanayotgan metodlardan foydalanadi. Metoddan tashqari ijtimoiy pedagogikada “usul” va “vositalar” tushunchalari qo’llaniladi. Usul metodning ifodasi sifatida tushunilib, metodga nisbatan xususiy, bo’ysunuvchan xarakterga ega. Aslida har bir metod amaliyot tomonidan to’plangan, nazariya tomonidan umumlashtirilgan usullar majmuasi orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy pedagogning u yoki bu usulni qo’llashi aniq ijtimoiy pedagogik vaziyatga, bola xulq – atvoriga, zahiradagi usullarga bog’liq vosita usul va metoddan ko’ra kengroq tushuncha hisoblanadi. Chunki usul va metod faqatgina muayyan holatlarda vosita vazifasini bajarishlari mumkin. Vositalar – ijtimoiy pedagog tomonidan oldiga qo’yilgan maqsadga erishishi uchun qo’llanadigan moddiy, emotsional, aqliy va boshqa shartlar majmuasidir. Vositalar o’z mohiyatiga ko’ra faoliyat usullari hisoblanishmaydi, faqatgina biror-bir pedagogik maqsad (masalan, o’yin, suhbat, disput, konferentsiya, trening va boshqalar)ga etishishi uchun qo’llanilganida faoliyat usuliga aylanishadi. Ba’zi olimlar ijtimoiy pedagogika metodlarini umumiy pedagogika metodlariga mos qilib tasniflashadi: ishontirish; talab qilish; hikoya; suhbat va bahs; jazolash va maqtash Biroq ijtimoiy pedagogika xususiyatlarini qamrab oluvchi metodalr tasnifi quyidagi ko’rinishga ega: Hozirgi kunda “pedagogik texnologiyalar” deganda, insoniyat va texnik zahiralardan foydalanish orqali o’quvchilarning ta`lim-tarbiya jarayonlari tizimini rejalashtirish metodlari tushuniladi. Pedagogikada texnologik yondashuvning maqsadi barcha maqsadlarga erishish va kafolatlangan ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishdir.Pedagogik texnologiyalar pedagogik jarayonning barcha boshqariladigan tarkibiy qismlarini tizimli tahlil qilish, nazorat qilishni ko’zda tutadi.“Ijtimoiy texnologiyalar” ijtimoiy jarayonlar rivojlanishining asosi bo’lgan natijalarni dasturlash imkoniyati bilan bog`liq texnologiyalarga juda yaqin. Ijtimoiy pedagogik texnologiya ijtimoiy va pedagogik texnologiyalarni birlashtiruvchi texnologiya hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish imkoni ijtimoiy pedagogik faoliyatning o’z tuzilishiga ega ekanligiga bog`liq. 1.Topshiriq. Ijtimoiy pedagogik faoliyat texnologiyalarini tasniflang. 13. Ijtimoiy-pedagogik reabilitasiya Ta`lim muassasasining reabilitatsion tizimi, asosan, psixologik-pedagogik tavsifga ega bo’lib, uning mazmuni va shakllari maktab xodimlarining zimmasida bo’ladi. Ta`lim muassasalarida ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qarovsiz bolalar va o’smirlarga nisbatan oilaviy va maktab depressiyalarining oldini olishga, nizoli vaziyatlarni hal qilishga, shuningdek, ularni o’quv faoliyatining sub`ekti sifatida tiklashga qaratiladi. Maktab reabilitatsiyasi (tibbiy — psixologik — pedagogik) xizmati modeli muassasa o’ziga xosligini ham inobatga oladi. 1.Topshiriq. Maktab reabilitatsiya xizmatining asosiy vazifalarini tahlil qiling. Download 14.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling