Mavzu: Ijtimoiy pedagogika fan sifatida. Bolaning sotsiumda (yaqin muhitda) o’sishi. Ijtimoiy pedagogika mezonlari va tamoyillari Reja
Madaniyat bilan uyg’un bo’lish printsipi
Download 162 Kb.
|
Ijtimoiy pedagogika fan sifatida. Bolaning sotsiumda (yaqin muhitda) o’sishi. Ijtimoiy pedagogika mezonlari va tamoyillari
Madaniyat bilan uyg’un bo’lish printsipi
Bu printsip tarbiyaning tabiat bilan uyg’un bo’lishi printsipining davomidir. Uning zaruriyati inson tabiati bilan shartlangan. Inson biologik mavjudot sifatida tug’iladi, shaxs bo’lib esa bir avloddan ikkinchi avlodga shaxs tarbiyasi va rivojlanishi jarayonida o’tadigan o’zini tutish ijtimoiy tajribani o’zlashtirib, yetishadi. Antik jamiyatdagi faysuflar va pedagoglar shaxs shakllanishi va madaniyat o’rtasidagi chuqur bog’liqlikni tahlil qilganlar. SHu narsaga SHarq Uyg’onish davri mutafakkirlari va qomusiy olimlari bo’lgan Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, XII asr insonparvari Alisher Navoiy ham o’z asarlarida tayanganlar. Bunda ikkita muhim tezis belgilandi: shaxs madaniyat orqali shakllanadi, har qanday madaniyat asosiy boyligi esa insondir. O’tmish faylasufi va pedagoglari hisoblardiki, madaniyat yuqori ahloqiy insonni shakllantirishning zaruriy va eng muhim omilidir. Madaniy uyg’un bo’lish printsipi pedagogikada A.Disterveg (XIX asr) bilan ilgari surilgan. U hisoblardiki, tarbiya qilishda joy va vaqt shart-sharoitlarini, ya’ni inson tug’ilgan vaqti va joyini, bir so’z bilan aytganda butun zamonaviy madaniyatni e’tiborga olish zarur. Butun insoniyat, har bir halq va har bir avlod madaniyat rivojlanishining ma’lum bir pog’onasida turadi – bu ajdodlar bilan ular tarixi natijasi sifatida qoldirilgan meros. Madaniy uyg’un bo’lish printsipi muayyan tashqi, ichki va ijtimoiy madaniyat asosida o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilishni bildiradi. Distervegga ko’ra tashqi madaniyat – bu ahloq turmush, iste’mol qilish me’yorlari ichki madaniyat – insonning ma’naviy hayoti. Ijtimoiy madaniyat ijtimoiy munosabatlar va milliy madaniyat. Rossiya pedagogikasida madaniy uyg’un bo’lish g’oyasi K.D.Ushinskiy asarlarida berilgan edi. U shu haqida yozardiki, agar biz ziyoli inson va fuqaroni tarbiyalamoqchi bo’lsak, yozish, o’qish, sanash, malakasidan, o’z dini, o’z vatani, uning tabiati, georafiya, tarix, madaniyatni bilishidan boshlash kerak. K.D.Ushinskiy asarlarida bu g’oya xalqchilik g’oyasi sifatida aks ettiriladi. Xalqchilik deganda K.D.Ushinskiy har bir xalqning o’ziga xosligini uning tarixiy rivojlanishi, geografik va tabiiy shart-sharoitlari bilan shartlanishi orqali tushungan. Madaniy uyg’un bo’lish g’oyasi pedagogikamizda Abdulla Avloniy bilan berilgan. Bu g’oya uning “Turkiy guliston yohud ahloq” degan asarlarida Vatanga muhabbat sifatida aks ettiriladi. “Inson tug’ilgan va o’sgan shaharni, yozadi A.Avloniy - hamda shu shahar joylashgan mamlakatni shu inson Vatani deb ataydilar... biz, Turkistonliklar, hayotimizdan ham afzal o’z quyoshli o’lkamizni sevganimizdek, arablar ham o’z Arabistonini, uning issiq qumli cho’llarini, eskimoslar o’z SHimolini, abadiy muz va qorlar bilan qoplangan eng sovuq yerlarini sevadi”1. Madaniy uyg’un bo’lish printsipi umuminsoniy madaniyat qadriyatlari salohiyatini umuminsoniy va milliy madaniyati qadriyatlari va me’yorlarini tarbiyalashda hisobga olishni ko’zda tutadi. Umuminsoniy qadriyatlarga eng katta bo’lgan qadriyat inson, inson yashaydigan tabiiy muhit – oila, hayot faoliyati asosi mehnat, yashash sharti - yerdagi tinchlik, inson faoliyati asosi - bilim, insoniyatning tarixiy tiklangan ijtimoiy tajribasi – dunyoviy madaniyat kiradi. Milliy qadriyatlar: Vatan tarixi, ona tili va adabiyoti, xalq san’ati, milliy madaniyat, urf-odatlar, marosimlar, an’analar yana A.Navoiy ta’kidlagan ediki ona tilida (o’zbek tili) yozish xalq ishidir. Turli jamiyat madaniyatlariga bolani jalb etish: turmush, jismoniy, jinsiy, aqliy, siyosiy, ma’naviy – juda murakkab masala, bu masala oila va jamiyat, turli muassasa va birlashmalarning (maktab, bolalar bog’chasi, maktabdan tashqari tashkilotlar, yoshlar tashkiloti va b.) birgalikdagi harakatlari orqali hal qilinadi. Sababi bola hayotining turli davrlarida bu yerlarda bo’ladi. Agar bola normal rivojlansa, unda u jamiyat madaniyatini o’zlashtiradi va tabiiy yo’l bilan jamiyatga kiradi. Agar bola jismoniy, psixologik yoki ijtimoiy kamchiliklarga ega bo’lsa, unda uning xalq madaniy qadriyatlariga jalb qilinishi ancha murakkablashadi. SHuning uchun shunday bolalar uchun madaniyat qadriyatlariga bolalarni jalb etish metodikasi va texnologiyasi ishlab chiqilgan. Madaniy uyg’un bo’lish printsipini tatbiq etish bir qator qoidalarning bajarilishini talab etadi: bolalarda har xil madaniyat turlarining shakllanishida me’yordan chetga chiqishini e’tiborga olish; rivojlanishda nuqsonli bolalar ijodini rivojlantirish. Download 162 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling