Mavzu: Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiyaga extiyoj va zamonaviy jamiyat rivojining zaruriy shartlari. Reja: 1


Fanning predmeti, ob’ekti, maqsad va vazifalari, uning boshqa pedagogik fanlar bilan bog‘liqligi


Download 299.15 Kb.
bet2/4
Sana02.12.2023
Hajmi299.15 Kb.
#1780520
1   2   3   4
Bog'liq
1-Mavzu Ijtimoiy pedagogika

2.Fanning predmeti, ob’ekti, maqsad va vazifalari, uning boshqa pedagogik fanlar bilan bog‘liqligi
Pedagogikaning ob’ekti — bu bola, ijtimoiy pedagogikaning ob’ekti esa xulqi va me’yorida og’ishish bo’lgan bola.
Pedagogikaning o’rganish predmeti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblansa, ijtimoiy pedagogikaning predmeti — bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlari hisoblanadi.
Muayyan fanning tadqiqot ob’ekti real dunyoning ma’lum bir sohasi, real voqelik, shu fanning o’rganish maqsadi deb tushuniladi. Har qanday fanning mavzusi nazariy ajralmaslikning natijasidir, bu esa olimlarga o’rganilayotgan ob’ektning muayyan jihatlarini, shuningdek rivojlanish va ishlash modellarini aniqlashga imkon beradi.
1. Bola (o’smir) ongida yaxshilik va adolat tushunchasiga sobitlikni tarbiyalash, borliqni, ijodni sevishga o’rgatib, o’zaro tushunish xissini uyg’otish;
2. Inqirozli vaziyatdan mustaqil chiqib keta olish maqsadini qo’yish, odamlar bilan muloqot qilishni o’rganish va hayotda o’z maqsad va mazmunini aniqlash yo’llarini ko’rsatish;
3. Tevarak-olam, inson va uning mukammalligi, jismoniy va ma’naviy xususiyatlarini, jamiyatdagi huquq va burchlarini anglashga intilishni rivojlantirish;
4. O’z sha’ni, mustaqilligi va o’ziga ishonch kabi tuyg’ularni rivojlantirish;
5. Bola (o’smir) da maktab, ish, oila va tengdoshlari jamoasida, katta-kichik guruhlarda odamlar bilan muloqot o’rnatish istagi va qobiliyatini kuchaytirish.
Ijtimoiy pedagogika fan sohasi sifatida bir qator vazifalarga ega.

Falsafa va ijtimoiy pedagogika.


Falsafa (yunoncha «donolik», «donishlikni sevish») eng umumiy fan (nazariya), dunyoqarash shakllaridan biri bo'lib inson faoliyati sohalaridan biri. Ijtimoiy pedagogika fanining metodologik asosini falsafa tashkil etadi. Chunki ijtimoiy tarbiyaning maqsadi, vazifalari; shaxsning ijtimoiylashuv muammolari kabi muammolar har ikki fanni birlashtiradi. Mazkur tushunchalarni ilmiy dalillashda ijtimoiy pedagogika falsafa fanining qonuniyatlariga tayanadi.

Download 299.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling