Mavzu ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyati vositalari


Download 0.6 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1538625
Bog'liq
milliy tarbiya

Mavzu: Islom ta'limotida milliy tarbiyaga oid g'oyalar

Reja:

1.Islom dinining tarqalishi. «Qur'on» -dunyo madaniyatining ulkan boyligi.

2Sharq mutafakkirlari asarlarida o‘qituvchi-murabbiy mahorati


Markaziy Osiyo xalqlari pedagogik fikrlari tarixiy taraqqiyotida VII asrda Arabiston yarim orolida paydo bo'lgan va VIII asrda mintaqamizga ham yoyilgan islom dini muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Chunki islom dini, uning asosiy kitobi «Qur'oni Karim» va undan keyingi asosiy manba hisoblangan hadislardar Ollohga, uning payg'ambari Muhammad alayhissalomga e'tiqod qilish bilan birga ota-onaga hurmat, mehnatsevarlik, ilmga intilish, o'zaro ahil bo'lish, mehr-oqibat, ehson, sabr-toqat, kamtarlik, vafo-sadoqatlilik, poklik, adolat, diyonat kabi insoniy sifatlar haqidagi jihatlari va yaxshi fazilatli hamda odob-axloqli bo'lishlik yo'llari bayon etilgan.
Islom dini har qanday millatchilik kayfiyatidan yuqori turadigan olomshumul ta'limot.U barcha millatlarni birlashtirib, teng, do'st, yoru-birodar qilib, tinch-omon yashashlarini o'qtirib keladi.Ayni paytda islom dinida razolat, kibr-havo, adovat, xasad, xiyonat, zulm kabi illatlar qoralanadi. Xullas, Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek: «Islom dini-bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham ma'rifat ekanligini unutmaylik. U quruq aqidalar yig'indisi emas. Anna shu ma'rifatni kishilarimiz jon-jon deb qabul qiladilar va yaxshi o'gitlariga amal qiladilar. Mehr-oqibatli, oriyatli, nomusli bo'lishga, izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar».
Hadislar islom dini ta'limotida muqaddas kitobimiz Qur'oni Karimdan keyin turadigan ikkinchi asosiy manba hisoblanadi.Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom hayot vaqtlarida hadislar yozma qayd etilmagan.Ul zot o'sha paytda «Nozil bo'layotgan Qur'on oyatlari bilan mening hadislarim aralashib ketadi, odamlar o'rtasida tushunmovchiliklar paydo bo'ladi» degan o'yda hadislarni yozib olishni man qilganlar. Saxobalar va tobeinlar o'z quvvayi xofizlariga ishonganlar. Ular yodlagan hadislar asosan og'zaki tarzda el orasida tarqalgan.
2.Mustaqil respublikamizning oldida turgan asosiy vazifalardan biri - yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iboratdir. Ta’lim maskanlarimiz ma’naviy baquvvat, bilimli, o‘z mustaqil Vatanimizdan fahrlanish tuyg‘usiga boy kishilarni tarbiyalashi kerak. Bu esa ta’lim - tarbiya oldidagi murakkab, keng ko‘lamli muammolardan biridir. Xalq ta’limi tizimida hal qiluvchi inson-o‘qituvchidir.
Xalq ta’limi tizimida hal qiluvchi inson-o‘qituvchidir. Agar o‘qituvchi ijodkor va izlanuvchan bo‘lsa, o‘quvchi bilim darajasi ham baland bo‘ladi. O‘qituvchilarimiz bugungi zamon talablariga mos bilimlar sohibi, yangilangan ta’lim mazmunini egallagan bo‘lishlari kerak. Pedagog xodimlar o‘zlarini kasb ko‘nikmalari muallimlik va tarbiyachilik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart, deb ta’kidlanadi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda.
O‘qituvchi kasbining nozikligi, mas‘uliyatliligi va murakkabligi hamda sharafli ekanligi to‘g‘risida mulohazalar, muallimning mahorati, ularga qo‘yiladigan talablar, fazilatlariga oid qarashlar, munosabatga kirishish mahorati, muomala madaniyati Sharq mutafakkirlarining asarlarida o‘z ifodasini topgan. Sharq pedagogikasi va pedagogik mahorati ming yillik tarixga ega.
Sharq ma’naviy-madaniyatining xilma-xil jihatlari, ayniqsa Uyg‘onish davrida juda rivojlangan bo‘lib, bu davrda yashab ijod etgan Abu Nasr Farobiy, Al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Devoniy, Alisher Navoiy va boshqa ko‘plab mutafakkirlarning ijodlari pedagogik tafakkur taraqqiyotida yosh murabbiylarning ma’naviy-axloqiy kamolotida muhim manbaa bo‘lib xizmat qiladi.
O‘qituvchi va uning mahorati to‘g‘risida nazm mulkining sultoni A. Navoiy, A. Jomiy va boshqalarning asarlarida o‘qituvchi qobiliyati, shaxsiy fazilatlari, uning nutqi, notiqlik san‘ati, madaniyati haqida qimmatli, durdona fikrlari mavjud.
Xalq pedagogikasi mazkur xalq paydo bo’lgan kundan boshlanib, nihoyatda keng qamrovli va serjilo, serqirra bo’ladi.
Xalqning pedagogik qarashlari uzoq asrlar davomida shakllangan va ular bizga asosan xalq og’zaki ijodiga kiruvchi turli janrlardagi asarlarda va Qur’oni Karim hamda payg’ambarimizning hadislarida o’z ifodasini topgan. Demak, xalq pedagogikasi hozirgacha yashovchanligi asosan og’zaki tarzda bo’lib, u har bir avlod unga o’z tajribasini, qarashlarini, fazilatlarini qo’shgan holda bizgacha yetib kelgan.
O’zbek xalq pedagogikasida tarbiyaning birlamchi, ikkilamchisi bo’lmaydi. Hamma narsa hisobga olinishi, hech bir soha chekkada qolmasligi, ayni chog’da tarbiyaning nihoyatda nozik, injiq, murakkab tomonlari e’tiborga olingan holda, yetti o’lchab bir kesishga amal qilinadi, shuningdek, xalq tarbiyasida kecha, bugun va ertani o’ylab ish tutadi, ya’ni tarbiyani o’tmishni unutmaslik, bugunning qadriga etishlik, kelajakka umid asnosida olib boriladi. Unda hayot, tabiat va jamiyatdagi har bir voqea-hodisa, predmet, ko’rinish qisqasi jonli jonsiz neki bor, undan mukammal foydalanadi.
Xalq pedagogikasida ishontirish, isbotlash, ta’sir, ibrat namunasi, tajriba natijalari, tasdiqlash kabilar tarbiyada muhim o’rin tutadi. Masalan, dov-daraxt, tog’-tosh, parranda-darrandalarga bag’ishlangan folklor namunalari bularning zaminida ekologik tarbiya yotadi.
Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling