Mavzu: ijtimoiy psixologiyaning yuzaga kelishi va rivojlanishi
Bu davrda psixologiyada uch asosiy oqim
Download 155.46 Kb.
|
IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING YUZAGA KELISHI VA RIVOJLANISHI.
Bu davrda psixologiyada uch asosiy oqim:
psixoanaliz 2.3- rasm. Geshtalt psixologiya nemischa (shakl) degan manoni bildiradi. Asoschilari Vertiimer, V. Keler shakl fenomen, idrok va murakkab psixik hodisalarni yaxlit holda organadi. Bu oqimlar ichida ham ijtimoiy xulq-atvorni kichik guruhlarlar doirasida organish tendensiyasi paydo boldi. Bunda asosiy diqqat kichik guruhlarga va ularda turlicha eksprementlar otkazishga qaratilgan edi. Bunday holatning paydo bolganligi ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida shakllanishida nihoyatda katta rol oynadi. Geshtalt psixologiya yonalishi negizida maxsus ijtimoiy psixologik yonalishlarning interaksionizm va kognitivizmning paydo bolganligi esa bu fanning eksperimental ekanligini yana bir bor isbot qildi. Bixeviorizm yo`nalishlari doirasida o`tkazilgan ijtimoiy psixologik tadqiqotlar avvalo amerikalik olimlar K. Xoll va V. Skennerlar nomi bilan bog`lik. Ular va ularning izdoshlari hisoblangan K. Miller, D. Dollard, Dj. Tibo, G. Kelli va boshqa diada - ikki kishi o`rtasidagi munosabatlarning xilma-xil eksperimental ko`rinishlarini tadqiq qilib, ularda matematik o`yin nazariyasi elementlarini qo`lladilar. Bixoviorizm xulq-atvorni o’rganuvchi oqim. Diada sharoitida laboratoriyalarda o`tkazilgan tadqiqotlarda asosan mustah- kamlash g`oyasini isbot qilishga urinildi. Psixoanaliz XX asrda paydo bolgan. Predmeti instinktiv mayllar ongning rolini inkor etadi. Klassik bixeovirizmdan farqli o`laroq ijtimoiy psixologik bixevioristlar hayvonlar o`rniga laboratoriyaga naqd pulga odamlarni taklif eta boshladilar, shuning uchun ham ularning g`oyasida biologizm va mexanizm tarzda ilgarigi hayvonlarda to`plangan dalillar modelini insonlarda qo`llash hollari kuzatildi. Psixoanaliz doirasida esa ijtimoiy psixologik tadqiqotlar E. Fromm va Dj. Salliven ishlari bilan bogliq. Bixevioristlardan farqli o`laroq bu yerda eksperimentlar ikki kishi emas, balki ko`pchilik ishtirokida o`tkazila boshladi. Ularning izdoshlari (V. Bayon, V. Bennis, G. Sheparde, V. Shuts) o`tkazgan tadqiqotlar tufayli hozirgi kunda ham katta qiziqish bilan o`rganilayotgan T-Guruhlar psixologiyasi yaratildi. Unda guruh sharoitida bir odamning boshqalarga tasiri, guruhning ayrim individlar fikrlariga tasiri kabi masalalar ishlab chiqildi va ijtimoiy psixologik treninglar o`tkazishga asos solindi. Kognitivizm K. Levin nazariyasi asosida paydo bo`lgan psixologik yo`nalish bo`lib, undagi o`rganish obekti munosabatlar tizimidagi kishilar, ularning bilish jarayonlari, ong tizimiga taalluqli bo`lgan kognitiv holatlar bo`ldi. Kognitivizm doirasida shunday mukammal nazariya yaratildiki, ular hozirgi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q. Masalan, F. Xayderning balanslashtirilgan tizimlar nazariyasi, T. Nyukomning kommunikativ aktlar nazariyasi, Fetingerning kognitiv dissonanslar nazariyasi va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Ulardagi asosiy goya shundan iboratki, shaxs o`ziga o`xshashga shaxslar bilan muloqotga kirishar ekan, doimo munosabatlarda ruxiy mutanosiblik, tenglik bo`lishiga, shu tufayli ziddiyatlardan chikishiga harakat qiladi. Maqsad-turli ijtimoiy sharoitlarda shaxs xulq-atvorining psixologik sabablarini tushuntirish va ziddiyatlarning olidini olish yo`l-yo`riqlar ishlab chikishdan iborat. Hozirgi davrda ham taniqli ijtimoiy psixologlar Olport, Maslou, K. Rodjers va ularning safdoshlari gumanistik psixologiya doirasida bu ishlarni faol davom ettirmokdalar. Nihoyat, turtinchi nazariya interaksionizm bo`lib, bu aslida sotsiologik nazariya bo`lib hisoblanadi. Uning asoschisi Gerbart Mid bo`lib, uning qarashlari tasirida T. Sarbinning rollar nazariyasi, G. Xaymen va R. Mertonlarning referent guruhlar nazariyasi, F. Goffmanining ijtimoiy dramaturgiya nazariyalari shakllanadi. Ular turli ijtimoiy sharoitlardagi xulq-atvorlarni tushuntirish orqali shaxs ijtimoiy psixologik sifatlarining sabablarini topishga harakat qiladi. Har bir shaxs doimo ijtimoiy o`zaro tasir tizimida, mavjud bo`ladiki, unda u tugri harakat qilish uchun o`zgalarni tushunishga harakat qilishi, o`zgalar roilini qabul qilishga tayyor bo`lishi lozim. Lekin o`zgalar rolini tugri qabul qilish uchun unda "umumlashtirilgan o`zga" obrazi bo`lishi lozimki, bu obraz shaxslararo muloqot jarayonida, har bir shaxs uchun ibratli bo`lgan kishilar guruhi bilan muloqotda bo`lish jarayonida shakllanadi. Yani shaxs faolligi tan olinadi, bu esa fan tarixida o`ta progressiv hol edi. Download 155.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling