Mavzu: ijtimoiy psixologiyaning yuzaga kelishi va rivojlanishi
Ozbekistonda ijtimoiy psixologiya sohasida olib borilgan tadqiqotlar
Download 155.46 Kb.
|
IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING YUZAGA KELISHI VA RIVOJLANISHI.
4.Ozbekistonda ijtimoiy psixologiya sohasida olib borilgan tadqiqotlar.
Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida yurtimizda rivojlanish tarixiga etibor beradigan bo`lsak, shuni takidlash lozimki, u oxirgi o`n yilliklar mobaynida shakllanmoqda, xolos. Lekin tarixdan, umuman psixologiyaning O`zbekiston xududida shakllanishini tahlil qilinsa, uning diniy-falsafiy oqimlar va qarashlar tizimida o`ziga xos tarzda shakllanib kelganini ko`rish mumkin. Masalan, eramizning, II-III asrlarida rivoj topgan mexanizm (asoschisi Mani) yoki mazdakizm (asoschisi Mazdak) va boshqalar o`z diniy qarashlari tizimida ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy adolat va shaxsning o`ziga xosligi kabi goyalarni keng tashviqot qilganlar. Ijtimoiy psixologiya jamiyatimizda shaxslararo munosabatlarning tabiati va qonuniyatlarini o`rganuvchi fan sifatida o`zining nazariy tamoyillarini amaliyotga tadbiq etmog`i va shu orqali yangicha mazmundagi demokratik munosabatlarning jamiyatning har bir jamoasida, oilasida va fuqarosida qaror topishiga, yoshlarda yangicha fikrlashni va dunyoqarashni shakllantirish jarayoniga ko`maklashishi zarur. Lekin tarix bizga shundan darak beradiki, yaxlit, tizimli ijtimoiy psixologik qarashlar tizimi umuman bo`lmagan. Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning o`tmishdagi va hozirgi kundagi holati M. Otajonovning qator ilmiy maqola va risolalarida bayon etilgan. Uning oxirgi yillarda o`tkazilgan ilmiy tadqiqoti natijalariga ko`ra, ijtimoiy psixologiya fan sifatida muhimlik shajarasida ikkinchi o`rinni egallaydi, ijtimoiy psixologiya va ana shu fanning muammolari eng istiqbolli va yechilishi zarur, dolzarbidir. Shuni alohida takidlash lozimki, O`zbekistonda o`tkazilayotgan ijtimoiy psixologik tadqiqotlar asosan oilada va oilaviy munosabatlarga bag`ishlangan. Birinchi ijtimoiy psixologik tadqiqot ham 70-yillarning oxirida 80- yillarning boshida I.Ekubov tomonidan o`tkazilgan bo`lib, u oilaviy munosabatlarning barqarorligi va er-xotin ijtimoiy rolarning muvofiqligini taminlovchi sotsial-psixologik omillarni o`rganadi. Tadqiqot natijasida shu narsa aniqlandiki, oila azolarining rollar borasidagi muvofiq o`zaro munosabatlari oilaviy hamjihatlikning muhim shartidir. Oilaviy majorolar esa, asosan hozirgi zamon o`zbek ayolining ijtimoiy mehnat bilan bandligi hamda oilaviy munosabatlarda eskilik sarqitlarining saqlanib qolganligidadir. G`.B. Shoumarov va Ye. A. Morshinalarning (1986) tadqiqotlarida esa oilada bolalarning tarbiyasiga bevosita tasir ko`rsatadigan ijtimoiy psixologik omillar o`rganildi, chunonchi, unda o`ziga xos milliy va ananaviy o`zaro munosabat xususiyatlarining o`rni belgilanadi. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi xususida o`tkazilgan muhim tadqiqotlardan biri N. Soginovning o`zbek oilasiga xos bo`lgan nikoh va oila munosabatlari - nikohdan qonikish, nikoh motivlari, oila qurishning o`zbeklarga xos bo`lgan yosh xususiyatlari, yosh o`zbek oilalaridagi psixologik mojarolar va ajralishlarning sabablarini tizimli tarzda o`rgangan ilmiy ishidir. Bu tadqiqotda ilgari hech o`rganilmagan ilmiy malumotlar to`plandiki, ularga ko`ra: Download 155.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling