Mavzu: Ikkinchi analitik guruh kationlari


Asosiy qism Eruvchanlik ko’paytmasi


Download 0.91 Mb.
bet2/7
Sana20.12.2022
Hajmi0.91 Mb.
#1034409
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ikkinchi analitik guruh kationlari

Asosiy qism

Eruvchanlik ko’paytmasi.


Tabiatda mutlaq erimaydigan modda bo‘lmaydi. Cho‘kma hosil bo'lishi bilan qaytar erish jarayoni boradi. Cho‘kma va to‘yingan eritma har xil faza, ya’ni geterogen sistemadan iborat. Geterogen sistemaning bir-biridan chegara sirtlar bilan ajraladigan ayrim qismlari (cho‘kma va to‘yingan eritma) faza deb ataladi. Agar qiyin eriydigan tuzni, masalan, AgCl olib distillangan suv qo‘shsak, cho‘kmani hosil qilgan Ag+ va Cr ionlari yaqin turgan suv dipollari tomonidan tortiladi va ajralib, ionlar gidrati holida eritmaga o‘ta boshlaydi. Erish jarayoniga teskari ravishda Ag+ va Сl ionlari eritmada to‘qnashib AgCl molekulalarini hosil qiladi va cho‘kmada bir-biriga qarama-qarshi ikkita jarayon sodir bo'ladi; ma’lum vaqtdan keyin dinamik muvozanat vujudga keladi. Cho‘kma bilan dinamik muvozanatda bo‘lgan eritmaga to(yingan eritma deyiladi.
AgCl 4 <-> Ag+ + Cl"
qattiq faza—cho'kma suyuq faza—eritma
Massalar ta ’siri qonuniga muvofiq:

bu yerda: [Ag+] va [Сl-] — muvozanatdagi kumush va xlor ionlarining konsentratsiyasi; [AgCl- ] - qattiq fazadagi moddaning konsentratsiyasi. Geterogen sistemada erigan ham da qattiq modda zarrachalarining to‘qnashishi fazalar sirtida bo‘ladi va bu holat qattiq modda miqdoriga bog‘liq bo‘lmaydi va uning konsentratsiyasi doimiy bo'lib, reaksiya tezligiga ta’sir qilmaydi.
Qiyin eruvchan elektrolitning to‘yingan eritmasidagi ionlar konsentratsiyalarining ko‘paytmasi o‘zgarmas haroratda o‘zgarmas miqdordir. Bu miqdor eruvchanlik ko‘paytmasi (EK) deb ataladi.

To‘yingan eritmada ionlararo ta’sir kuchini hisobga olish uchun ionlar konsentratsiyasini ularning aktivligiga almashtirishga to‘g‘ri keladi. Ionlar aktivligining qiymati dissotsilanish jarayonida ishtirok etayotgan ionlar soniga teng kattalikka ko‘tarilib eruvchanlik ko‘paytmasi ifodasiga kiradi:

Ionlar aktivligi ularning konsentratsiyalari bilan aktivlik koeffitsiyentlari ko‘paytmasiga teng bo‘lgani uchun eruvchanlik ko'paytmasini shunday yozish mumkin:

Bundan, odatda, amalda qo‘llaniladigan taxminiy tenglamani hosil qilamiz:

Oson eriydigan elektrolitlarda f ning qiymati birga teng emas. Shuning uchun ulardagi ionlar aktivligini konsentratsiya bilan almashtirib bo‘lmaydi.
Biroq eruvchanlik ko‘ paytmasi qoidasiga asoslangan hisoblashlarda katta aniqlik talab qilinmaydi, shuning uchun ko‘p hollarda aktivliklar konsentratsiyalar bilan almashtiriladi. Qiyin eruvchan birikmalarning eruvchanlik ko‘paytmasi qiymati ma’lumotnomalarda keltirilgan. Qiyin eruvchan elektrolitlarning eruvchanlik ko‘paytmasini hisoblash uchun uning berilgan haroratdagi eruvchanligi aniqlanadi. Eruvchanlikni bila turib, eruvchanlik ko‘paytmasini hisoblab topish oson.
Sifat analizida anchagina murakkab geterogen sistemalar bilan ishlashga to’g’ri keladi. Moddaning tuyingan eritmasi va uning shu eritmasi va uning shu eritma tagidagi cho’kmadan iborat sistema o’zaro aralashmaydigan ikki suyuklik kabi geterogen sistemalar jumlasiga kiradi.
Geterogen sistemaning bir-biridan chegara sirtlari bilan ajraladigan ayrim qismlari faza deb ataladi.
Masalan. Cho’kma bilan tuyingan eritmadan iborat sistema ikki fazali sistemadir.
Eruvchanlik- moddaning suvda yoki boshka erituvchida erish xususiyatidir. Barcha moddalar suvda eruvchanligiga ko’ra uch guruhga
1)yaxshi eriydigan 2). Oz eriydigan va 3) amalda erimaydigan. Deyarli erimaydigan moddalar kupincha , erimaydigan moddalar deb yuritiladi. Ammo shuni qayd qilib o’tish kerakki, mo’tlako erimaydigan modda yuk.
Oz eriydigan va deyarli erimaydigan moddalar, kupincha bitta umumiy nom bilan oz eriydigan moddalar deb yuritiladi. Bu holda fakat eruvchan va oz eriydigan moddalar haqida so’z boradi. Eruvchanlik miqdoriy jixatdan moddaning 100 gr erituvchida ayni temperaturada eng kup eritish mumkin bo’lgan grammlar soni bilan aniklanadi. Bu miqdor eruvchanlik koeffitsienti yoki oddiygina qilib moddaning eruvchanligi deb yuritiladi.
Temperatura pasayganda eritmadan moddaning ajralib chikishi kristallanish deb ataladi. Bunda modda sof holatda olinadi. Agar eritmad boshka moddalar aralashmasi bo’lsa, ular tempratura pasayganda ham eritmani tuyintirmaydi va aralashmalar cho’kmaga tushmaydi. Moddalarni tozalashning qayta kristallash usuli shunga asoslangan.
Cho’ktirish reaktsiyalari analitik ishlarda keng qo’llaniladi. Shuning uchun ham ularni urganish analitik kimyo uchun nixoyatda muxim ahamiyatga ega.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling