Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Re
Kalit soʻzlar: Umumiy oʻrta ta’lim maktab tizimida jismoniy tarbiya majburiy kurs ekanligi; jismoniy tarbiyaning umumiy kursi; dars shakli; maktab jismoniy tarbiya darslarining tuzilishi, dastur materiallari, darslarining turlari, shugʻullanuvchilarning faoliyatini tashkil etish va boshqarish uslublari. Maktab oʻquvchilarinining jismoniy tarbiyasining maqsadi: oʻquvchi yoshlar tanasidagi barcha a’zolarni sogʻlom oʻsishini ta’minlash hamda ularni aqliy va jismoniy mehnatga, shuningdek, Vatan mudofaasiga tayyorlashdir. Ulugʻ mutafakkir Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, sogʻlom fikr, yaxshi axloq va ilm- ma’rifatga ega boʻlmoq uchun badanni tarbiya qilish zarur. Jismoniy tarbiya barchaga, ayniqsa, bolalarga katta ta’sir koʻrsatib, salomatligini mustaxkamlaydi, insonning ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr koʻrishiga yordam beradi. Sport har qanday yoshda ham qaddi-qomatni tarbiya qilish, kuch-quvvatni saqlab turishning vositasi hisoblanadi. Agar farzand sogʻlom, oqil, iymon-e’tiqodli boʻlsa, ota-onasiga faqat raxmat keltiradi, el-yurt nazaridan xech qachon chetda qolmaydi deb uqtiradi. Jismoniy barkamollik tarbiya tizimida muxim oʻrinni egallaydi va boshqa tarbiyalar bilan birga amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya oʻz oldiga qator vazifalarni qoʻyadi. Jumladan: -organizmni chiniqtirish; -sogʻlikni mustaxkamlash va rivojlantirish; -oʻquvchilarda yangi jismoniy harakat turlarini xosil qilish va qurollantirish, oʻquvchining yoshiga; -jinsiga, chiniqqanlik darajasiga mos keladigan jismoniy harakat sifatlarini rivojlantirish va oʻz sogʻligʻiga ongli munosabatda boʻlishni tarbiyalash; -shaxsiy va jamoviy gigena qoidalariga rioya qilishga oʻrgatishdan iborat. Bu vazifalarni xal qilishda jismoniy tarbiya aqliy, estetik va mehnat tarbiyalari bilan ham koʻrlik qiladi. Insonning sogʻlom va barkamol oʻsishi turli omil va vositalarga bogʻlik. Avvalo, nasl toza, sogʻlom boʻlishi kerak, shu sababli Prezidentimiz sogʻlom ota- onadan albatta, sogʻlom farzand tugʻilishini aloxida ta’kidlaydi. Qolaversa, yashash jarayonida sanitariya - gigiena qoidalariga amal qilishi, tabiatning sogʻlomlashtiruvchi omillari, ya’ni quyosh, havo va suv ta’siridan hamda jismoniy mashqlardan foydalanishni taqazo qiladi. Jismoniy mashqlar gavda muskullarining oʻsishi va mustaxkamlanishiga, yurak-tomir faoliyatining va nafas olish organlarining yaxshilanishiga samarali ta’sir koʻrsatadi. Jismoniy tarbiyaning hamma bosqichlarida ayrim mashqlarning ma’rifiy, tarbiyaviy va gigienik ahamiyati aniq misollar bilan tushuntiriladi va koʻrsatiladi. Barkamol avlodning harakat qilishga boʻlgan extiyojini qondirishda qiziqarli va maroqli jismoniy tarbiya darslari, sport mashgʻulotlari muxim omil hisoblanadi. Jismoniy tarbiyadagi pedagogik jarayon natijalari darslarda olib boriladigan oʻquv va tarbiya ishining sifatiga bogʻliq. Bunga har bir dars zaminadagi vazifalarni izchil hal etibgina erishish mumkin. Oʻquvchilar jismoniy tarbiyasi jarayonida umumiy va xususiy vazifalar hal qilinadi. Umumiy vazifalar: - bilim berish; - jismonan tarbiyalash; - sogʻlomlashtirishdan iborat boʻlib, xususiylari esa jismoniy tarbiyadan davlat ta’lim standarti dasturidagi maxsus vazifalar tarzida hal qilinadi. Xususiy vazifalarga quyidagilar kiradi: 1). Oʻquvchilar organizmining sogʻligʻini mustahkamlash, rivojlantirish va chiniqtirish; 2). Turli xildagi mehnat faoliyatiga tayyor boʻlish uchun shu yoshga xos boʻlgan jismoniy sifatlarni rivojlantirish; 3). Hayot uchun kerakli harakat malakalari va koʻnikmalarini rivojlantirish va keyinchalik kerak boʻladiganlari bilan qurollantirish; 4). Oʻquvchilarga jismoniy madaniyatga oid yangi bilimlarni berish; 5). Oʻquvchilarni jismoniy mashqlar bilan muntazam shugʻullanishiga qiziqtirish va unga odatni shakllantirish; 6). Oʻquvchilarni jismoniy madaniyat faollari qilib tarbiyalash va bu bilan ularda tashkilotchilik qobiliyatini tarbiyalashdek vazifalarni hal qiladi. Bu vazifalar ma’naviy tarbiyaning elementlari hisoblangan axloqiy ruhiy estetik va mehnat tarbiyalarining vazifalari bilan birgalikda oʻquvchilarni yoshini ulgʻayishi, jisman tayyorgarligiga qarab oʻqitishning ayrim bosqichlarida aniqliklar kiritiladi va maktab yoshining quyidagi 3 xil guruhidagi ta’lim tarbiya ishlarida hal qilinadi. Maktab yoshining 6 (7), (10) 11 yoshlilarida (1-4 sinflar) organizm tabiiy rivojlanishda boʻladi. Biz uni garmonik rivojlanishini yoʻlga qoʻyishimiz kerak boʻladi. Markaziy nerv tizimidagi boshqarish funksiyasi, harakat tayanch apparati faoliyati ishini, yurak-tomir, nafas olish organlari ishini yanada rivojlantirishga e’tibor beriladi, boʻlardan tashqari qomatni toʻgʻri tuta bilishga oʻrgatiladi. Bu jarayonga shaxsiy gigiena qoidalariga oid bilimlar qoʻshib berish bilan tarbiya jarayoni qoʻlga qoʻyiladi. 12-15-yoshlilarda (5-9 sinflar) jismoniy mashqlar oʻsayotgan yosh organizmga samarali ta’sir koʻrsatadi. Shuning uchun jismoniy sifatlarni rivojlanishiga qulay imkoniyatlar ochilgan boʻladi. Bu davrda bolalarni “Alpomish va Barchinoy” maxsus testining talablari va me’yorlarini topshirishga tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi. Jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish natijasida sport mahoratini oshayotganligini, jismoniy madaniyatning jamiyatdagi oʻrni va ahamiyatini tushuntirish jarayoni yoʻlga qoʻyiladi. Asta-sekinlik bilan tashkilotchilik qobiliyati takomillashtiriladi, musobaqa qoidalari oʻzlashtiriladi, hakamlik qilish malakalari rivojlantiriladi va chiniqtirish maqsadida tabiatning sogʻlomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishga oʻrgatish lozim boʻladi. 15-16-yoshdagi oʻquvchilarning organizmi yoshi ulgʻaygan sari baquvvatlashadi. Jismoniy tarbiya esa bu jarayonni yanada kuchaytirishga yoʻnaltiriladi. Jismoniy mashqlar bilan tizimli shugʻullanish ta’lim tizimining shu yoshdagilarda ish qobiliyatini yaxshilash, asosiy harakat faoliyatlari uchun chidamlilik zahiralarini oshirish, oʻz tanasini boshqara olish, kuch, tezkorlik, chaqqonlik va boshqa har tomonlama jismonan garmonik tarbiya alomatlarini chuqurlashtirishga e’tiborni qaratadi. Organizm oʻsib borar ekan, uning funksional imkoniyatlarini oshib borishi ham tabiiy. Oldin egallangan harakat malakalari zahirasi bazasida yangi, keyin egallanishi lozim boʻlgan harakat malakalari uchun poydevor yaratiladi. Bu yoshdagilarda ularning jismoniy madaniyat sohasidagi bilimlarni boyitish, sport trenirovkasi asoslari, sportchini oʻz-oʻzini nazorat qilishi qoidalariga oʻrgatish maqsadga muvofiq boʻladi. Shuningdek, jismoniy tarbiyaning vositalari ham bu jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi. Jismoniy mashqlar, tabiatdagi sogʻlomlashtiruvchi kuchlar va gigiena omillari jismoniy tarbiya vositalari majmuasini tashkil etadi. Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi boʻlib, u tarixan gimnastika, oʻyinlar, sport va turizm tarzida guruhlarga ajratilib, tarbiya jarayonining vositasi sifatida foydalanib kelindi. Jismoniy mashq deb, jismoniy tarbiya qonuniyatlari talablariga javob beruvchi, ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy harakat faoliyatlarining turli turkumi tushuniladi. Bunday harakat faoliyatlari gimnastika, oʻyinlar, sport, turizm mashqlari sifatida tarixan tizimlashtirildi, usuliyati toʻplandi va toʻldirildi. Jismoniy mashqni vujudga kelishi tarixan qator darsliklarda ibtidoiy jamoa tuzumi davriga toʻgʻri keladi deb koʻrsatiladi. Jismoniy mashqning vujudga kelishida obyektiv sabab qilib ibtidoiy odamning qorin toʻydirish maqsadida ov qilishi, subyektiv sabab sifatida ongning shakllanishi deb qaraldi. Ibtidoiy qurollarni ishlatishni bilmagan ibtidoiy odam oʻz oʻljasini holdan toydirguncha quvlagan. Bu bilan ovchi organizmi katta jismoniy tayyorgarlikka muhtojlik sezgan. Jismoniy tayyorgarligi yetarli boʻlmaganlarining oʻzlari oviga yem boʻlgan. Shunga koʻra vaqt oʻtishi bilan ibtidoiy odamlar ovga gala-gala boʻlib chiqadigan boʻldilar. Ibtidoiy qurollar: tosh, qirrali tosh boylangan nayza, xas-choʻp bilan nomigagina berkitilib qoʻyilgan chohlardan va boshqalardan ovchilar foydalana boshlashgan, ijtimoiy ong shakllana boshlangan. Ovda ishtirok etolmay qolgan qabilaning qariyalari yoshlarga toshni nishonga otishni, uni zarbini kuchaytirishni mashq qildirishgan va bu bilan tarbiyaga asos solingan tarbiya jarayonining elementlari shakllana boshlagan. Keyinchalik uloqtirish, quvib etish yoki qochish uchun yugurish, sakrashlar mashq qilina boshlangan. Bu esa jismoniy mashqlarni hamda jismoniy tarbiyaning elementlarini vujudga kelishi va shakllanishi davri deb qaralgan. Shu kunga kelib bu mashqlar hozirgi zamonning yengil atletika, gimnastika, sport oʻyinlari, yakka kurashlari, turizm va sportning boshqa turlari tarzida jismoniy tarbiya jarayoni uchun asosiy vosita sifatida foydalanilmoqda. Jismoniy mashqlar xillarining koʻpayishiga insonning mehnat faoliyati ham ta’sir koʻrsatdi. Ma’lumki, mehnat jismoniy kuch, chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlikdek insonning harakat sifatlarining ma’lum darajadagi tayyorgarligi, uning rivojlanganligini talab qiladi. Tarbiya amaliyotida, asosan, inson mehnat faoliyatida qoʻllaydigan harakatlarini koʻproq mashq qiladi. Jismoniy mashqlarning rivojlanishida diniy marosimlar, bayramlardagi oʻyinlar, raqslar, harbiy faoliyatdagi, san’atdagi ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy harakatlar vosita boʻlib xizmat qiladi. Jismoniy mashqlar - erkin harakatlar. Jismoniy mashqlar tabiatini tabiiy qonunlar I.M.Sechenov va I.P.Pavlovning ilmiy dunyoqarashlarida ochib berilgan. Ixtiyoriy harakat Sechenovning fikricha, ong va aql bilan boshqariladi hamda biror maqsadga yoʻnaltirilgan boʻladi. Pavlov esa harakatlarni fiziologik mexanizmini ochib, harakatlar bosh miya poʻstloq qismining toʻplash xususiyati bilan bogʻliqligini birinchi, ikkinchi signal sistemasi, shartli hamda shartsiz reflekslarning faol ishtirokida vujudga kelishligini ilmiy isbotladi. Jismoniy mashqlarning ta’sirini belgilaydigan omillar. Jismoniy mashqlar, agarda, ular jismoniy tarbiya qonuniyatlari negizida qoʻllanilmaydigan boʻlsa, salbiy natija berishi, zarar keltirishi mumkin. Mashgʻulotlarga pedagogik jihatdan toʻgʻri rahbarlik qilish, oʻrgatish va tarbiyaning maqbul uslubiyati jismoniy mashqlarning ratsional ta’sirini belgilaydigan omillardir. Shu bilan birga quyidagi omillarni ham hisobga olish zarur: 1. Shugʻullanuvchining oʻziga xos xususiyatlari (yoshi, jinsi, sogʻligi, tayyorgarlik darajasi, mehnat, oʻqish, dam olish, turmush tartibi); 2. Jismoniy mashqlarning oʻziga xos xususiyatlari, ya’ni ularning murakkabligi, yangiligi, yuklamasi, emotsiya berishi va boshqalar); 3. Tashqi sharoitning alohida xususiyatlari (meteorologik, mahalliy xususiyatlar, jihozlar va snaryadlarning sifati, mashgʻulot joyining gigienik holati va boshqalar). Pedagog kishining ish qobiliyati toʻgʻrisidagi asosiy ilmiy qoidalarni bilishi kerak. (Yuklama va dam olishning organizmga ta’sirini, mashqlarning oqibatini). Jismoniy mashqlarning muayyan ta’sir omillarini muntazam ravishda toʻgʻri hisobga olib borish mashgʻulotlarni uslubiy jihatdan ham maqsadga muvofiq ravishda tashkil etish, jismoniy tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli hal etish imkonini beradi. Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling