Mavzu: ilmiy dialektik tadqiq metodologiyasining amaliy


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
Sana19.06.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1625808
Bog'liq
13 SLAYD METODOLOGIYA




MAVZU: ILMIY DIALEKTIK TADQIQ 
METODOLOGIYASINING AMALIY 
TATBIQI MASALASI.

Reja

1. Dialektik tadqiq metodologiyasining
amaliyotga tatbiqi. 

2. Olimlarning metodologiyaga
munosabati.

3. Xulosa. 


Tayanch tushunchalar

Dialektik tadqiq tamoyillari, 
dialektik tamoyillar va amaliyot, 
narsa va uning aloqadorliklari, 
inkorning inkori, narsaning
munosabatlari.


1. Dialektik tadqiq metodologiyasining
amaliyotga tatbiqi.

Ilmiy dialektik metodologiyaning amaliy tatbiqi juda
murakkab jarayondir. Buning boisi shundaki, u bir
ko'rinishda, aql bovar qilmaydigan, aqlga sig'mas
tavsif, xulosa va hukmlarga olib keladi. Chunki, 
odatda, biz muayyan bevosita kuzatishda berilgan, 
munosabatlari va taraqqiyotidan, zamon va makondan
ajratib olingan «sog'lom aql» qabul qiladigan hukmlar, 
tavsiflar - narsalar bilan ish ko'ramiz. Dialektika
nuqtayi nazaridan esa makon, zamon, munosabat va
taraqqiyot silsilasidan ajratilgan har qanday narsa
mavhumdir; biz aniq, muayyan deb sanaydigan narsa
dialektik niqtayi nazardan mavhumdir



Bizning «sog'lom aql»imiz tadqiq manbayining
barcha qirralari-yu munosabatlarini ilg’ay olmaydi. 
Chunonchi, «Yomg'ir yog'yaptimi?» so'rog'iga
javob berar ekanmiz, biz tashqariga qarab: 
«Yog'yapti» (yoki «Yog'mayapti»), -deb javob berib
qo'ya qolamiz. Vaholanki, bundan 5 km narida u 
sharillab quyib turgan bo'lishi yoki, aksincha, 
quyosh charqlab turishi bizning xayolimizga nam
kelmaydi. Shuning uchun «sog'lom aql»ning o'zi
«nosog'lom». U zohirbin va hozirbin, sof empirik, 
taraqqiyot va aloqadorliklardan uzilgan, shuning
uchun mavhumdir.



Bir rivoyatni eslaylik: ratsionalist (idrokiy bilim
tarafdori) Albert Eynshteyn va nominalist (empirik
bilim tarafdori) tabiatshunos-lingvist Vilhelm Fridrix
Muller (1863-1930) orasida bir kuni shunday suhbat-
munozara sodir bo'libdi: Do'stim, - debdi V.Muller, -
mening sog'lom aqlim ko'zim ko'rolmaydigan narsaga
ishonmaydi. Siz haqsiz, -javob beribdi daho fizik. -
Men ham shunday. Sog'lom aqlingizni stol ustiga
qo'ying, men ham unga ishonav. 2 Bu latifa-rivoyat fan 
va maishiy (turmush) tushunchalarining o’zaro
munosabatini ko'rsatadi. Maishiy (turmush) ong
muayyan, zohiriy sharoitlarga tayanib ish ko'radi. 



Fanning vazifasi esa bevosita kuzatishda berilmagan
qonuniyatlarni ochishdir. Ular esa, juda ko'p hollarda, «aql
bovar qilmas», xayoliy va g'avrioddiydir. Fanni, jamiyat
taraqqiyoti va kelajagini mana shunday dadil, aql bovar
qilmas faraz va nazariyalar belgilaydi. Bu ma'ruzadan
asosiy maqsad shuki, juda ko'p ilmiy ishlarda metodologiya
bilan amaliy ish (ya'ni tadqiqot) orasida juda katta uzilish
bor. Biz bu haqda ma'ruzalarimizning boshida gapirgan
edik. Sovet davrida esa dialektik materializm sovet fanining
metodologik asosi sifatida rasman qabul qilingan, istagan
turdagi (xoh katta monografiya, xoh bir betli tezis bo'lsin) 
ilmiy tadqiqotning birinchi bandida diaietik materializm
haqida, K.Marks, F.Engels, V.I.Lenin (60-yilIar- gacha, 
albatta I.Stalin) ishlari va KPSS qarorlariga havola majburiy
edi. Bu havola o'rinlimi, o'rinsizmi, uqilganmi, 
uqilmaganmi buning ahamiyati yo'q edi.



Maktab, o'rta maxsus va, xususan, oliy ta'lim tizimida
dialektik materializm (bamisoli teokratik tuzumlarda diniy
fanlar) majburiy va zo'rlab o'qitilar edi. Majburiylik hamisha
nafratni qo'zg'atganidek, dialektik materializm ham, 
dohiylarga havola ham tadqiqotchilar nafratini qo'zg'ar edi. 
Shu sababli inson aqlining eng oliy yutuqlaridan biri bo'lgan
dialektik tadqiq usullarini chuqur o'rganishga, ulardan
tadqiqot jarayonida yo'lchi yulduzday, mayoqday
foydalanishga kamdan-kam olim ongli, ichki ehtiyoj sezardi. 
Bundan tashqari, madaniy va ilmiy saviyalari o'ta past 
bo'lgan «daho»lar va tuzum peshvolari, ular tayinlagan
o'zlariga monand, saviyalari o'zlaridan past labbaygoʻy
mansabdorlar va fan peshvolari' amaliy dialektikadan
Azroildan qo'rqqandek qo'rqishar edi. Axir, dialektika hech
bir ijtimoiy tuzum va tizim mutlaqligini tan olmaydi -
dialektika dialektikaning o'zidan, ya'ni hamma narsaning
nisbiy va ozgaruvchanligidan o'zga hech qanday mutlaqlikni
tan olmaydi va barcha holat va narsaning nisbiyligini
o'rgatadi. 



Bu «daho»lar va ularning maddohlari esa abadiy va mutlaq
hukmronlikka da'vogar edilar. Sovet davrida dialektika
og'izda qancha ko'p bo'lsa, ishda, amalda shuncha oz 
bo'lgani ma'qul edi. Sovet tuzumi davridagi filologik
tadqiqotlarda ishning kirish qismida dialektik materializm
bayroq qilinar, muqaddimadan so’ng dialektika
chetlashlirilib, nominalistik yondachuv yoki xomxayol bir
maqsadli g'oya asosida yo'l tutilar edi. Buning xunuk
oqibatlari haqida biz fetishizm bo'limida gapirgan edik. 3 
Dialektik metodologiyadan amalda foydalanish uchun bu
metodologiya tadqiq manbayi (narsa)da nimalarni
ko'rishni, nimalarni qidirishni va topib sharhlashni, 
boshqacha qilib aytganda, narsaning dialektik tadqiqi unda
nimalarni izlash, bilish va sharhlash, ochib berishni talab
qilishini bilishimiz zarur.


2. Olimlarning metodologiyaga munosabati.

Ma'lumki, dialektik yondashish Sharqda, xususan, 
tasavvufda - ilk davrlarda qadimgi Yunon va Rim antik
dunyo fanidan (jumladan, Arastu, Aflotun
ta’limotlaridan) oziqlangan bo’lsa-da, IX-XI asrlarda
to'la shakllangan mukammal nazariya mavqeini kashf
etdi, axloq va odob sohasida turli tariqatlarning
rivojlanishiga asos bo'ldi. Sharqdan Ibn Rushd (1126-
1198) asarlarining lotincha tarjimasi (aberroizm
yo'nalishi) asosida dialektik talqin G'arbiy Yevropa
falsafiy fikrida qaytadan jonlanib, uning ravnaqiga -
Bekon - Dekart - Kant silsilasiga katta ta’sir ko'rsatdi va
F.Hegel (1770-1831) ta'limotida o'z cho'qqisiga
ko'tarildi.



F.Hegel asarlari, xususan, uning «Mantiq fani» («Nauka
logiki») tahlili asosida faylasuflar o'rganish manbayiga
(narsaga) dialektik yondashishning 16 tamoyilini ajratdilar. 
Bu 16 tamoyilga diqqat qilsak, shuning guvohi bo'lamizki, 
shu tamoyillar asosida tadqiq manbayi (narsa)ni o'rganish
jarayonida:

a) dialektikaning uch asosiy qonuni ham (qarama-
qarshiliklar birligi, inkorning inkori, miqdoriy
o'zgarishlarning sifat o'zgarishlariga o'tish qonunlari),

b) dialektik mantiqning oddiy (formal) mantiqning
«uchinchi mustasno» qonuniga qarama-qarshi turgan
«oraliq uchinchisi shart» qonuni ham,

c) shakl-mazmun, unumiylik-yakkalik (xususiylik, 
alohidalik), mohivat- hodisa, imkoniyat-voqelik, sabab-
oqibat, zarurat-tasodif, sifat-miqdor, harakat- turg'unlik
kabi kategoriyalari ham o'zinig amaliy tatbiqini topadi.



Tadqiq manbayida mana shu tamoyillarda o'z aksini topgan
tomonlarni - shu tamoyillarga xos hodisalarni ko'rish, 
ochish va tavsiflash narsaning ilmiy dialektik talqini
mohiyatini tashkil etadi. Filolog xazina yoki qazilma boylik
qidiruvchi kabi, o'z tadqiq manbayida mana shu tamoyillar
voqelanishini izlashi, ochishi, kashf etishi va tavsiflashi, 
shu bilan ilm-u fan xazinasini yangi dur-u gavhar bilan
boyitishga intilishi zarur. Shubhasizki, bu tamoyillar har
bir tilning har bir hodisasida o'ziga xos ravishda
voqelanadi. Bu masala ustida biroz to'xtash lozim. Tadqiq
manbayi (predmeti)ning obyektivligi (1-t) filologdan
o'rganilayotgan hodisaning rang-barang sharoitlarda, 
xilma-xil birikishlarda aniqlashni, ularga o'zidan hech bir
narsani qo'shmaslikni va hech bir narsani inkor etmaslikni, 
narsa qanday bor bo'lsa, shunday ko'rish va qabul qilishni
talab etadi. 



Dialektik tadqiq tamoyillari Tamoyil mazmuni Qaysi sohaga aloqador

1 Narsaning haqqoniy (obyektiv, mustaqil alohidalik ekanligi) Tatqiq
manbai (TM) 

2 Narsa majmui munosabati TM 

3 Narsa o`zgarish va taraqqiyotda TM 

4 Narsada ichki ziddiyatlar Tadqiq usuli (TU) 

5 Narsa ziddiyat (qarama-qarshilik)lar butunligi sifatida TU 

6 Qarama-qarshi tomonlarning voqelanishi T, TU

7 Analiz (tahlil) va sintez (umumlashtirish) birligi TU

8 Narsa munosabatining o`zga narsalar bilan cheksizligi TU 

9 Narsaning o`z aksiga o`tishi Tadqiq jarayoni (TJ) 

10 Narsa munosabat (aloqadorlik)larining cheksizligi TM, TJ

11 Narsa mohiyatiga chuqurlashishning cheksizligi TJ 

12 Narsa aloqadorliklarini cheksiz miqdorda ochib borish TM, TU, TJ

13 Taraqqiyot bosqichida o`tgan bosqichlar takrori TJ, TM 

14 Inkorning inkori natijasida eskiga qaytganday bo`lish TM, TJ 

15 Mazmunni saqlab, shaklni yangilash TM, TJ 

16 Miqdoriy o`zgarishlarning sifat o`zgarishlariga o`tishi TJ, TM



Har xil belgilar narsaning o'zida, mohiyatida, zotida
birlashadi, mujassamlanadi. Dialektik “narsa-majmuyi
sifot” tamoyili bilan uning to’rtinchi (narsada ichki
ziddiyatlar), beshinchi («narsa qarama-qarshiliklar
butunligi, birligi»), oltinchi (qarama-qarshi
tomonlarning voqelanishi, mavjudligi) tamoyillari
uzviy bog'liqdir. Bular esa, o'z navbatida, dialektik
bilishning analiz va sintez (tahlil va umumlashtirish) 
(7-t), narsa munosabatlarining o’zga narsalar bilan
cheksizligi (8- t), narsa aloqadorliklarining cheksizligi
(10-t) bilan uzviy bog'langandir.


3. Xulosa.

Dialektik munosabafiar juda oddiy, hammaga ham 
tushunarli hodisalarda ham namoyon bo’laveradi. Faqat bu
munosabatlarni ilg'ay olish lozim, xolos. Buyuk faylasuflar
(jumladan, I.Kant, F.Gegel va ularning shogirdlari) o'z
tadqiqotlarini juda sodda, atigi bir gapdan iborat bo'lgan
hukmlar (ya'ni ta'riflar) misolida amalga oshirar va shu
oddiy, tushunarli misollar asosida juda chuqur, keng
qamrovli ilmiy-falsafiy qonuniyatlarni ochar va sharhlar
edilar. Bunday usul, ayniqsa, Sharq falsafasida IX asrdan
keyin ma'rifiy adabiyotda (tasavvuf adabiyotida) yuksak
san'at darajasiga ko'tarildi. Fariduddin Attor, Jaloluddin
Rumiy, Hofiz Sheroziy, Shayx Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, 
Mir Alisher Navoiylar bu yo'nalishda shoh asarlar yaratib
insoniyatni hayratda qoldirdilar.



Quyosh charaqlab turgan yorug' kunda ham osmon
zim-ziyo tundagidek yulduzlar bilan to'la bo'lgani, 
lekin qurollanmagan ko'z bu yulduzlarni ko'ra
olmaganidek, oddiy hodisalarda o'ta murakkab
qonuniyatlarni (jumladan, dialektiltani) har qanday
«ko'z» ko'ra olmaydi, buni ko'rish uchun ko'z
qurollangan, ma'rifatli - aniq metodologiyali bo'lishi
shart. Har bir tadqiqotchi ishining kirish qismida
metodologik asoslarini sharhlab berishi zarur. 
Metodologik bilim va uquv tadqiqotchi, olim uchun
suv va havodek kerak: u olimlik belgisidir.


Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling