Mavzu: Ilmiy ishlar turlari
Download 14.22 Kb.
|
Reja Ilmiy ishlarning turlari ilmiy-tadqiqiy, ilmiy-ommabop va-fayllar.org
O’quv dasturi — taʼlim tizimidagi har bir oʻquv fanining mazmuni va oʻtilish tartibini, oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan bilim hamda koʻnikmalar hajmini belgilab beradigan rasmiy pedagogik hujjat. Oʻzbekistonda Oʻquv dasturi tegishli vazirliklar qoshidagi ilmiy metodik kengashlar tomonidan tasdiqlanadi. Har bir Oʻquv dasturi uqtirish xati, oʻquv fani mazmunining qisqa bayoni, oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablar singari 3 qismdan iborat. Oʻquv fanining maqsad va vazifalarini belgilab berish Oʻquv dasturining muhim belgisidir. Chunki ayni shu narsa yaratiladigan oʻquv darsligi muallifiga muayyan nuqtai nazarni tanlash, oʻqituvchiga esa pedagogik moʻljalni toʻgʻri belgilash imkonini beradi. Taʼlim amaliyotida Oʻquv dasturi yaratishning konsentrik (markazlashgan) hamda tizimli usullari bor. Konsentrik yoʻl bilan tuzilgan Oʻquv dasturida taʼlimning mazmuni yoki oʻquv materiallari oʻqitishning keyingi bosqichida yuksakroq darajada takrorlanishi koʻzda tutiladi. Boshlangʻich sinflarda oʻtiladigan oʻquv fanlari boʻyicha Oʻquv dasturilari shu usudda tuziladi. Tizimli usuddagi Oʻquv dasturilarida oʻquv materiallari fan mantigʻiga muvofiq soddadan murakkabga qarab ketmaket joylashtiriladi. Maktabning boshlangʻich sinfdan keyingi bosqichlarida qoʻllaniladigan bu usudda ortiqcha takrorlarga yoʻl qoʻyilmaydi, har bir mavzuning oʻz oʻrnida oʻtilishi koʻzda tutiladi. Taʼlimning Oʻquv dasturi tomonidan belgilangan mazmuni darslik, oʻquv qoʻllanmalari, koʻrgazmali qurol va metodik tavsiyalarda toʻla namoyon boʻladi.
Darslik — muayyan fanga doir bilim asoslarini maʼlum tartibda bayon etadigan va yuqori maʼnaviy-gʻoyaviy, ilmiy uslubiy saviyada yozilgan kitob; oʻquv adabiyotining asosiy va yetakchi turi. D.lar 2 asosiy guruhga boʻlinadi: oʻquvchilar uchun D.lar va talabalar uchun D.lar. Oʻzbekistonda oʻquvchilar uchun moʻljallangan D.lardan umumiy oʻrta taʼlim maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji, maxsus taʼlim maktablari va maxsus internat maktablarning oʻquvchilari; talabalar uchun nashr etilgan D.lardan oliy oʻquv yurtlari talabalari mustaqil hamda oʻqituvchilar rahbarligida foydalanadilar. O‘quv qo‘llanmalari – darsliklarni (yoki uning qismlarini) o‘qitish usullari, uslublari, yo‘llari va vositalari, jihozlari, texnologiyasi haqida ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchilarga yo‘l ko‘rsatadigan metodik maslahatlar majmuidir.
Tayanch o’quv-reja- muayyan ta’lim turi, ta’lim muassasida o‘qitiladigan fanlar bloklari va nomlari, ularga ajratilgan soatlar, o‘qitilish shakli ko‘rsatib o‘tiladigan me’yoriy hujjat 3. O‘quv qo‘llanmasi DTS, o‘quv rejasi, dasturidagi ta’lim mazmunining yanada qulayroq, qisqa va mazmunli holda, ayniqsa, murakkab mavzular bo‘yicha yangicha ta’lim usullari, uslublari asosida (masalan, test-reyting nazorat uslubi, pedagogik texnologiyalar asosida va hokazo) qaytadan ishlab chiqishi mumkin. Qo‘llanmalar biror sinf yoki darslikning biror qismi bo‘yicha ham tayyorlanishi mumkin. Mustaqil O‘zbekistonning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar: fan-texnika taraqqiyoti, jamiyat tuzilishining rivojlangan davlatlar demokratik andozalarga intilishi va boshqa ko‘plab omillar uzluksiz ta’lim tizimini, shu jumladan umumta’lim maktablarida mehnat ta’limini hozirgi zamon talablari asosida tubdan yangilashni, isloh qilishni talab etmoqda. Uzluksiz ta’lim tizimida umumta’lim maktablarining o‘rni to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunida bunday deyiladi: “Umumiy ta’lim uzluksiz ta’lim tizimida asosiy bo‘g‘in bo‘lib ta’lim oluvchilar ilmi, bilimi, mehnat va boshlang‘ich kasb-kor ko‘nikmalari, ishbilarmonlik asoslarini egallashlarini, shuningdek o‘z ijodiy qobiliyatlari va ma’naviy fazilatlarini rivojlantirishini ta’minlaydi”. http://fayllar.org Download 14.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling