Mavzu: Ilmiy tadqiqotda modellashtirish va nazariy tadqiqot usullari Reja
d) mavhumlashtirish va umumlashtirish usuli
Download 378.79 Kb.
|
6-Mavzu Ilmiy tadqiqotda modellashtirish va nazariy tadqiqot us-www.fayllar.org
d) mavhumlashtirish va umumlashtirish usuli
Nazariy tadqiqotning vazifalaridan biri izlanish obyekti xossalari va qonuniyatlarini aks ettiradigan tushuncha, tamoyil va kategoriyalarni (eng umumiy tushunchalar) ishlab chiqishdir. Bular tadqiqotning konseptual vositalaridan, yanada kengroq ma’noda aytadigan bo’lsak –ilmiy bilish shakllaridir. Tadqiqot uchun zarur bo’lgan tushunchalarni xosil qilishda, ularning mazmunini boyitishida mavhumlashtirish va umumlashtirish usullari katta rol o’ynaydi. Tadqiqot obyekti, unga oid xossalarini o’rganish kerak bo’lsa, biz xossalarini namoyon etadigan xolatlar va belgilarni tahlil qilamiz, ularni mazmunini o’zida mujassamlantiradigan tushunchalar hosil qilamiz. Bu bilan biz obyektning o’rganilgan xossalarini fikrda ajratib olamiz, tushunchalarda ifodalaymiz, keyin empirik materiallarni tahlil qilishda shu tushunchalardan foydalanamiz. Mavhumlashtirish amali tufayli «faoliyat» tushunchasini xosil bo’lishini ko’rib chiqaylik. Hayovonlarda hatti-xarakat mavjud. Inson faolligi shunchaki hattiharakat emas. Nima uchun? Psixologlar inson faolligini o’rganishlar ekan, uni hayvonning hatti-hakarakatidan farq qiladigan belgi va xislatlarga e’tibor beradilar; a) muhitga bo’lgan munosabat: b) moddiy va ma’naviy ehtiyojni paydo bo’lishi; v) predmetga bo’lgan munosabatni ifodalaydigan manfaatni mavjudligi; g) faollikni anglatilgan yoki rejalashtirilgan maqsadga qaratilganligi; d) maqsadga muvofiq ravishda narsani, predmetni o’zgartirish; ye) ehtiyoj va manfaatni qondirishga qaratilgan sun’iy predmetlarni yaratish va boshqalar. Psixolog faollikning mana shu ajratib olingan qirralari haqida tasavvurlar hosil qiladi, tasavvurlarni ongida, tafakkurida bir-biriga bog’lab «faoliyat» tushunchasini hosil qiladi, ta’riflaydi. Shunday qilib, psixologik inson hayoti asosida turgan faollikning belgi va xislatlarini fikrda ajratib oldi, tadqiqot jarayonida ular haqida tasavvurlar shakllanadi, tasavvurlarni umumlashtirish esa «faoliyat» tushunchasini hosil bo’lishiga olib keldi. Mavhumlashtirish usulidan ikki yo’nalishda foydalanish mumkin: 1. O’rganilayotgan obyekt xossalarini fikrda ajratib olish, tahlil qilish, tushunchalarda ifodalash. Bu yerda obyekt empirik tavsiflashga qaraganda chuqurroq tadqiq qilinadi, sababiy asos, tamoyil, qonuniyat ochiladi. Adabiyotshunoslikda – g’oyaviylik, ijodiyot erkinligi, vorislik, realizm, fizikada – kuch, massa, energiya, inersiya tushunchalari shu tarzda shakllangan. 2. Idealizasiyalashtirish. Bu amalni bajarishda obyektning biron-bir tomonini o’rganishga yordam beradigan, namuna rolini o’ynaydigan tushuncha ishlab chiqiladi. Hosil bo’lgan tushuncha, obyektni aniq aks ettirishi shart emas, uni real hossani tushunishga tatbiq qiladilar, qimmatli ma’lumot oladilar. Ma’naviyatshunoslikda komil inson, muruvvat, metin iroda, adabiyotshunoslikda garmoniya, badiiy obraz estetik ideal, ideal qahramon (Farhod obrazi), fizikada moddiy nuqta, Karno sikli, ideal gaz, mashinani ideal foydasi kabi tushunchalarni xosil qilish, tadqiqotda ulardan foydalanish shundan dalolat beradi. Download 378.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling