Mavzu: Imitatsion modellashtirish reja
Download 147 Kb.
|
Mavzu Imitatsion modellashtirish reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so`z va iboralar
- Eslatma
- Quyosh galaktikasining imitatsion modeli
Mavzu: Imitatsion modellashtirish REJA 1. Model tushunchasi, imitatsion modellashtirish. 2. Imitatsion modellashtirishning asoslari. 3. Imitatsion modellashtirish bosqichlari. 4. Imitatsion model strukturasi. 5. Imitatsion modellarga qo‘yiladigan talablar. Tayanch so`z va iboralar: Model, imitatsiya, imitatsion model, imitatsion modellashtirish, ekzogen va endogen o‘zgaruvchilar, izomorfizm, gomomorfizm. 1. Model tushunchasi, imitatsion modellashtirish Masalalarni echishda eng muhim tushuncha – bu model tushunchasidir. Model - ob’ekt, sistema yoki tushuncha (g‘oya) ning uning mavjudlik ko‘rinishdan farqli bo‘lgan biror bir holatdagi ifodasidir. Model bizga sistemaning o‘rganish, tushunish, izohlash, mukammalshtirish sohasida yordam berishi mumkin bo‘lgan vosita hisoblanadi. Model biror ob’ektni to‘la va aniq yoki biror bir xususiyatlarini ifodalashi mumkin. Eslatma: Ob’ektning absolyut aniq modeli uning o‘zidir. Qolgan barcha modellar taqribiy model hisoblanadi. Imitatsiya – modellashtirish ko‘rinishlaridan biridir Model – bu mantiqiy yo‘l bilan u yoki bu xarakat natijasini bashorat qilish yoki qiyoslashga imkon beruvchi vosita bo‘lib, oqibatda qilinishi mumkin bo‘lgan xarakatlardan eng yaxshisini tanlab ko‘rsata oladi. Imitatsiya – modellashtirishning ana shunday ko‘rinishlaridan biridir. Quyosh galaktikasining imitatsion modeli Modellarning eng muhim qo‘llash sohalaridan biri – bu modellashtirilayotgan ob’ektning kelajakdagi hulqini bashorat qilishdan iboratdir. Masalan, uchish xarakteristikalarini aniqlash uchun dastlab ovozdan tez uchadigan samolyotni qurish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq hisoblanmaydi, ammo bunday xarakteristikalarni modellashtirish vositalari yordamida hal qilinishi mumkin. Download 147 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling