Mavzu: Individual va bozor talabi Reja: Individual talab
Download 0.53 Mb.
|
individual va bozor talabi
Mavzu:Individual va bozor talabiReja:1. Individual talab2. Iste’molchining muvozanatlik sharti.3. Daromad samarasi va almashtirish samarasi.4. Bozor talabi Individual talabIste’molchi tanlovi. Bozor talabining shakllanishi asosida shaxsiy (individual) talab yotadi, ya’ni alohida iste’molchining talabi, har bir shaxs o‘zining fiziologik ehtiyojlarini qondirish uchun qandaydir mahsulotdan, qanchadir sotib olishi kerak, sotib olish uchun ma’lum miqdorda mablag‘i bo‘lishi kerak. Iste’molchining mablag‘i chegaralangan. Iste’molchi har doim tanlov oldida turadi: qaysi mahsulotdan qancha olishi kerak. Iste’molchi qaror qabul qilishda, mavjud imkoniyat doirasida maksimal darajada o‘z ehtiyojini qondirishga, turmush farovonligini darajasini oshirishga harakat qiladi. Iste’mol nazariyasida iste’molchilar ma’lum didga, xohishga ega va ular bu xohish va didlarini qanoatlantirishda budjetlari (daromadlari) bilan chegaralangan.Iste’mol nazariyasida iste’molchining daromadi chegaralangan; iste’molchilar tomonidan sotib olinadigan ne’mat narxi uning miqdoridan bog‘liq emas; iste’molchilar nafligini to‘liq biladi, iste’molchi maksimal naf beruvchi ne’matlar majmuasini tanlaydi, deb faraz qilinadi. Bunday holatda ular ne’matlar majmualaridan, maksimal naf keltiradigan majmuani tanlashga harakat qiladi. Daromadning o‘zgarishi budjet chizig‘ini o‘ziga parallel ravishda siljishiga olib keladi, nima uchun deganda, narxlar nisbati o‘zgarmaydi. Daromad oshganda, budjet chizig‘i o‘ngga-yuqoriga siljiydi, kamayganda pastga-chapga siljiydi. Xuddi shunday siljishlar ne’matlar narxi bir xil o‘zgarganda ham sodir bo‘ladi.Narxlarning pasayishi real daromadni oshiradi, natijada budjet chizig‘i o‘ngga-yuqoriga siljiydi. Xuddi shunday narxlarning o‘sishi, real daromadni kamaytiradi - budjet chizig‘i pastga-chapga siljiydi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling