Neon elementining ochilish tarixi.
Bu elementni 1898 yilda V.Ramzay va M.Travers kashf qilgan. Mazkur hodisa kripton kashf qilinishidan bir necha kun o`tgach yuz bergan. Olimlar suyuq argon bug`langanida hosil bo`ladigan gazning birinchi pufaklarini ajratib olib uning spektrini tekshirganlar va bu spektr mazkur gaz tarkibida yangi element borligini ko`rsatgan.
V.Ramzay hikoyasi:
Biz birinchi marta uning (yangi elementning) spektrini ko`zdan kechirayotganimizda shu joyda mening 12 yoshli o`g`lim turgan edi. Ota, bu chiroyli gazning nomi nima? Deb so`radi o`g`lim. Men “hali unga nom berilgani yo`q” dedim.
–Nimaga, bu holda uni Novum deb atasa bo`lmaydimi, ota?
–Bu to`g`ri kelmaydi, chunki Novum yunon so`zi emas dedim, biz uni neon (neos) deb ataymiz, u yunoncha so`z bo`lib yangi ma’nosini anglatadi. Mana shu tarzda yangi gaz o`z nomini oldi.
Davriy sistemadagi o`rni. Atomining tuzilishi. Kimyoviy belgisi – Ne. Neon Mendeleyev davriy sistemasining 2 davr VIII guruh asosiy guruhcha elementi bo`lib, tartib raqami 10, atom massasi 20.179.
1m havoda 16 sm ga yaqin neon bo`ladi.
Elektron konfiguratsiyasi quyidagicha:
Argon
Argon elementining ochilish tarixi.
G.Kavendish (1785) o`zining laboratoriya yozuvlaridan birida ta’kidlashicha, u nitrogen (azot) bilan ortiqcha oksigen aralashmasidan elektr uchqun o`tkazganda aralashmaning dastlabki hajmining 1/125 qismidan ko`p bo`lmagan miqdorda qoldiq (pufak) olgan. Bu sirli pufak elektrik razryadning keyingi davomida o`zgarmay qolgan. 1880 yillar boshida V.Ramzay G.Kavendish tajribasi tafsifiga e’tibor beradi (uni tarixiy kitobdan topib oladi). Ammo, u bu tajribani takrorlashni o`z laborantkasi K.Vilyamsga buyuradi. Bundan, hech yangilik chiqmagan bo`lsa kerak.
Ingliz fizigi J.Reley gazlarning zichligini (elementlarning atom massalarini) aniqlashga bag`ishlangan ko`p tajribalar o`tkazadi. Ularni aniqlaganda atomlar massalari (H atomi massasiga nisbatan) butun sonlar bo`lib chiqmagan. Vaholanki, ingliz shifokor V.Praut 1815-1816 yillarda barcha kimyoviy elementlar atomlari hidrogen atomlaridan tarkiblangan deb aytgan edi. V.Prautning xaq-noxaqligini isbotlash uchun gazlar tarkibi va tabiatini yangitdan tadqiqlab chiqish talab qilinardi.
Kripton.
Kripton yunoncha “kryptos” – yashirin degan ma’noni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |