Mavzu: informatika fanining mazmuni vazifalari va rivojlanish tarixi
HISOBLASH TEXNIKASINING YARATILISH VA RIVOJLANTIRISH TARIXI
Download 368.5 Kb.
|
Kom tarihi
2. HISOBLASH TEXNIKASINING YARATILISH VA RIVOJLANTIRISH TARIXI
Qadim zamonlardan boshlab insonlar hisoblash ishlarini yengillasstirishga harakat qilganlar. Ular dastlab hisoblash quroli sifatida qo’l barmoqlaridan foydalanishgan. Keyinchalik hisoblashning yog’och tayoqchalari orqali bajarishgan. Xitoy, Hindiston va sharq mamlakatlarida yozish va hisoblash ishlarini bajarish uchun qadimgi hisoblash asboblaridan biri bo’lgan hisoblash taxtasi- abakdan foydalanilgan. XYII asrda logarifmlar kashf etildi va shundan keyin yangi hisoblash asbobi – logarifmik lineyka yaratildi. Shu bilan bir vaqtda Shikkard, Paskal va Leybnitslarning mashinalari dunyoga keldi. Fransuz olimi Blez Paskal tominidan 1642 yilda yaratilgan jamlash mashinasi birinchi hisoblash mashinasi deb hisoblanadi. Ayni shu paytda, Shtutgart shahri arxivida professor V.Shikkard 1623 –yilda kashf etgan hisoblash mashinasining chizmasi topilgan. Chamasi bu mashina tor doiradagi kishilarga ma’lum bo’lgan. U uch qismdan: jamlash, ko’paytarish qurilmalari va oraliq natijalarini qayd etish mexanizmidan tuzilgan edi. V.Shikkard qurilmasi bevosita qo’shish va ayrish amallarini bajargan. To’rt amalni bajaruvchi hisoblash mashinasini nemis olimi V.Leybnits 1673 yili yaratgan. U “Leybnits g’ildiragi” deb atalar edi. Taniqli ingliz olimi Ch.Bebbidj tominidan yaratilgan mexanik arifmometr XIX asrning yangi yana bir kashfiyoti bo’ldi. Bu mashina murakkab masalalarni yechadigan matematik mashinalarning paydo bo’lishiga asos soldi. Bu mashinaning xotirasi sanoq g’ildiraklari to’plami tarzida tuzilgan, dasturni esa perfokartalarda kiritish ko’zda tutilgan. O’sha davrda yetarli darajada texnika rivojlanmaganligi bois Bebbidj bu ajoyib mashina yaratilishini oxirigacha yetkazishga muyassar bo’la olmadi. Lekin uning g’oyasi XX asrda electron hisoblash mashinalarida o’zining amaliy yechimini topdi. Bu esa o’z navbatida hisoblash mashinalaridan tubdan farq qiluvchi electron hisoblash mashinalari (EHM)ni yaratish imkonini berdi. Hisoblash texnikasining taraqqiyoti electron lampalar qo’llanilishiga asoslanadi. Elekton hisoblash mashinasini yaratishiga birinchi marta amerikalik muhandis J.Atanasov ikkinchi jahon urushi arafasida urunib ko’rgan. Pensilvaniya universitet olimlari J.Mouchli va J.Presner Ekkert loyihasi asosida 1946 yilda “ENIAK” electron hisoblash mashinasining yaratishdi. Bu tarixda eng katta electron hisoblash mashinasi bo’lib, og’irligi 30 tonnani tashkil qilgan, 36 kvadrat metr maydonni egallagan va 18000 vakum idishlarini o’zida saqlab, o’sha davr narhi bo’yicha 2,8 mln. dollarga baholangan. “ENIAK” elektron hisoblash mashinalari ballistik jadvallarni hisoblash, atom energetikasi va koinot hisob kitoblari uchun qo’llanilgan. Bu mashinaning konstruksiyasini tahlil qilish asosida amerkalik matematik J.Fon Neyman EHM yasashning asosiy prinsiplarini, jumladan,ikkilik sanoq sistemasidan foydalanish va dasturni joriy xotirada saqlash usullari g’oyasini ilgari surdi .Bu goya asosida yaratilgan mashinalarda hisoblash jarayoni insonning ishtirokisiz amalga oshirila boshlandi. Keyinroq AQSh da va Buyuk Britaniyada “EDVAK”,”EDSAK”, ”SEAK”,”UNIVAK” va boshqa turdagi EHMlar yaratildi.Bu turdagi mashinalar hisoblash texnikasi taraqqiyotida yangi bir davrni boshlab berdi. EHMning rivojlanish taraqqiyotida ularni avlodlarga ajratish ga qabul qilingan bo’lib, ularning har biri elementlarning tayyorlanish texnologiyasi va jihozlarning parametrlari , shuningdek, hal etiladigan masalalar va dasturi bilan ajralib turadi. Birinchi avlod mashinalari 50 yillarda ishlab chiqarilgan bo’lib,asosiy komponentlari elektron lampalardan iborat bo’lgan.Bu EHMlardagi minglab lampalar elektr energiyasini ko’p miqdorda talab qilgan, katta miqdorda issiqlik ajratib chiqargan va ko’p joyni egallagan.Bu mashinalarning amallarning bajarish tezligi past, xotira sig’imi kichik va tez-tez ishdan chiqib turgan.Dasturlar mashina kodida yozilgan.Dastur tuzuvchi o’zi xotira yachekasini dastur orqali taqsimlangan. 60-yillarning boshlarida elektron lampali o’rniga yarim o’tkazgichli bazasida yaratilgan tranzistorlar ishlatila boshlandi,bu esa mashinaning massasi,o’lchamlari va iste’mol qiladigan energiyani , issiqlik ajratishini keskin kamaytirish imkonini berdi.Yarim o’tkazgichli mashinalar EHMning ikkinchi avlodi bo’ldi va ularning ishlash ishonchliligi va tezligi ancha oshdi.Bu avlodga mansubmashinalarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri ularning qo’llanish sohasi bo’yicha ixtisoslshtirilishidir.Bu mashinalarda qo’yilgan masalalarni yechish uchun dasturlash tillaridan foydalanila boshlandi. Sobiq ittifoqda birinchi elektron hisoblash mashinasi akademik S.A.Lebedev rahbarligida 1951 – yili Ukraina Fanlar Akademiyasi elektron institutida yaratildi va “MESM”(Malaya elektronno-schetnaya mashina) kichik elektron mashinasi deb nom oldi.1954-yili aniq mexanika va hisoblash texnikasi institutida S.A.Lebedev rahbarligida “BESM”(Bolshaya eletronno-schetnaya mashina) katta elektron mashinasi yaratildi,u 2048 ta xotira yacheykasiga ega bo’libsekundiga 9 ming amalni bajarar edi.O’sha vaqtda u jahondagi eng tezkor mashina edi. Apparatlar bloklari –mujassamlangan integral sxemalarning sanoatda ishlab chiqarilishi 60 –yillarning oxirida uchunchi avlod EHM-larning yaratilishiga olib keldi.Sobiq ittifoqda yaratilgan katta va o’rtacha EHMlar (Ural-11,Ural-12,Ural-15 va yagona tizimli ES EHM lari ) va Smseryali EHMlar shular jumlasiga kiradi.Bu mashinalardan eng quvvatlisi hisoblangan ES-1060 sekundiga 1.5 mln. amalni bajarar edi.ES-ning joriy xotirasi yuzlab kilobaytr va megabayt bilan o’lchanadi.Uchunchi avlod EHMlarini joylashtirish uchun maxsus jihozlangan mashina zallari talab qilinar edi. Katta integral sxemalarning paydo bo’lishi sonli axborotlarni qayta ishlab chiqadigan dastur asosida boshqariladigan qurilmalar –mikroprotsessorlarning yaratilishiga olib keldi. Sanoatda 70-yillarda mikroprotsessorlar asosida to’rtinchi avlod mashinalari –mikro EHM ishlab chiqarila boshlandi.To’rtinchi avlod mashinalari tarkibiga “ELBRUS-2”,”M-10”,”Korvet”,”AGAT-9”,”PRAVES-8A”,IBM PC kompyuterlari, “Pentiyum-1,2,3,4” kabi zamonaviy kompyuterlar yaratildi. Ayni vaqtda beshinchi avlod EHMlari ustida ish olib borilayapti. Download 368.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling