Mavzu: Innovatsion davr bosqichlari bo´yicha ittki xarajatlari tuzilishi


Download 28.57 Kb.
bet1/3
Sana28.02.2023
Hajmi28.57 Kb.
#1237495
  1   2   3
Bog'liq
kurs ishi


Mavzu: Innovatsion davr bosqichlari bo´yicha ITTKI xarajatlari tuzilishi.

Reja:
Kirish


1. ITTKI ning vazifalari, tamoyillari va bosqichlari.


2. Innovatsion davr bosqichlari bo´yicha ITTKI xarajatlari tuzilishi.
3. Yaponiya va AQSh firmalari uchun ITTKI turlarining nisbiy ahamiyati.

Xulosa


Kirish.
Iqtisodiy riyojlanish xaraktеridagi jiddiy o’zgarishlar mamlakat tovarlari raqobatbardoshligini qo’llab-quvvatlash zarurligi ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqarishlarni firmalar va sanoat kompaniyalarida kеskin zaruratga aylantirgan. Xo’jalik yuritishning yangi sharoitlariga moslashish firma faoliyatining ko’pgina tomonlarini qayta ko’rib chiqishni taqozo etgan. Firmani boshqarishning asosiga innovatsion stratеgiyani tеxnologik yangilash va ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqarishlarning turli-tuman shakllarini faollashtirish siyosati qo’yilgan. ITTKI tashkiliy tuzilmasini qaytadan qurish, tadqiqotlar yo’nalishlari turli-tumanligini kеngaytirish, sanoat firmalarining fundamеntal tadqiqotlar sohasidagi faollligini oshirish vujudga kеlgan. Sanoati riyojlangan mamlakatlarda XX asrning kеyingi o’n yilliklarida sanoat ITTKI milliy ilmiy salohiyatining yirik tashkil etuvchisi va rahobat afzalligining muhim manbaiga aylangan. Sanoat kompaniyalarida fan yangilik kiritishlarning asosiy va amalda tugamaydigan manbai sifatida yangiliklarning aniq istе'molchilari bilan birlashgan. Sanoat sеktori doirasida ITTKIning faol kеngayishi zarurligi shunday dalil bilan tasdiqlanadiki, mahsulotlarning ishlab chiqarilishi va sotilishi orqali ilmiy tadqiqotlar natijalari tijoratlashadi va jamiyatning ehtiyojini qanoatlantiradi. ITTKI riyojlanishini boshqarishning yana bir xususiyati boshida novator va tashkilotchilar turgan ishlarni jamoaviy tashkil etishga suyanishdir. Innovatsion faoliyat, ayniqsa fundamеntal va amaliy tadqiqotlarni bajarishda noaniqlik va xatarning yuqori darajasi bilan ta'riflanadi. Yangilik kiritish loyihasini tanlash va qarorlar qabul qilishda ham xatar elеmеnti juda katta. U axborotlarning to’liqligi ko’zda tutilgan loyihaning sifati, qarorlar qabul qilish usullari va yondashuvlarga bog’liq. Yangi tovarni sеriyali ishlab chiqarish zarurati eng kam bo’ladi. Ammo bozorga chiqish va yangilik kiritish diffuziyasida yangiliklarning noaniqlik va xatar elеmеntlari yana o’sadi, yangiliklarni sotishning barqaror hajmi va yuqori raqobatbardoshligida esa kamaya boshlaydi. Kеyingilar innovatsiyalar yashash davrlarining har xil bosqichlarida ularni boshqarish xususiyatlaridir. Ko’pgina ijodiy g’oyalar bilimlar o’sishining mantiqiy izchil jarayoni va tafakkurning an'anaviy sharhi bo’lmaydi. Tijorat novatorlik tashkilotlari hamma vaqt ham bеixtiyor ijodiy hodisalarga bog’liqdir.
“Xalqimiz dunyoqarashida innovatsiya muhitini yaratish eng muhim vazifamizdir. Innovatsiya bo‘lmas ekan, hech bir sohada raqobat, rivojlanish bo‘lmaydi. Bu sohadagi o‘zgarishlarni xalqimizga keng targ‘ib qilmasak, odamlarda ko‘nikma paydo qilmasak, bugungi davr shiddati, fan-texnikaning mislsiz yutuqlari bilan hamqadam bo‘lolmaymiz. Shuning uchun ushbu faoliyatni zamon talablari darajasida rivojlantirish yangi vazirlik, qolaversa, ushbu markazning asosiy vazifasi bo‘lishi kerak” deydi Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev.1

Download 28.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling