Mavzu: Innovatsion ishlari dasturini shakllantirish va innovatsion loyihalarga talablar
Download 126.29 Kb.
|
innovatsionishlar
Mavzu: Innovatsion ishlari dasturini shakllantirish va innovatsion loyihalarga talablar Reja: Strategiyaning mahsulot borasidagi yo‘nalishlari Innovatsion strategiyaning shakllanish imkoniyatlari Innovatsion strategiya funksiyasi Kapital qiymatini oshirishdan iborat pirovard maqsadga ega bo‘lgan har qanday firmaning xo‘jalik faoliyati muayyan reja yoki strategiyaga bo‘ysundirilishi kerak. Strategiya deganda, firmaning asosiy uzoq muddatli maqsad va vazifalarini ifodalash, faoliyat hamda qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan resurslar taqsimotining ketma-ketligini kelishib olish tushuniladi. Strategiyaning mahsulot borasidagi yo‘nalishlarida yetakchi rolni innovatsiya faoliyatining maqsadlarini, ularga erishish vositalari va ushbu vositalarni olish manbalarini tanlashni ifodalovchi innovatsion, yoki texnologik strategiya bajaradi. Innovatsion strategiya texnologik imkoniyatlar (tashqi va ichki), bozor maqsadlari, shuningdek firma raqobatli pozitsiyalarining funksiyalari hisoblanadi. Umumtashkiliy strategiyani ifodalashda firma rahbariyati u faoliyat ko‘rsatadigan muayyan iqtisodiy sharoitlarni imkon qadar hisobga olishga intiladi. Barcha ilmiy-texnikaviy dasturlarni shartli ravishda o‘zlashtirilgan mahsulot nomlari (nomenklaturasi) hamda joriy etilgan texnologik jarayonlar, shuningdek yangi mahsulot va jarayonlar bo‘yicha dasturlarga ajratish mumkin. ITTKIning moddiy-moliyaviy va inson resurslarining ko‘proq qismini jalb etuvchi mahsulot nomlari (nomenklaturasi) bo‘yicha dasturlar mahsulotlarning sifat xususiyatlarini (albatta, iqtisodiy maqsadga muvofiqlik talab etayotgan doirada) takomillashtirishga, ishlab chiqarish texnologiyalarini yaxshilash va xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlarini qidirishga, ishlab chiqilgan texnik yangiliklarni qo‘llashning yangi sohalarini qidirib topishga qaratilgan bo‘ladi. Odatda ular o‘ziga xos mudofaa innovatsion strategiyalarini amalga oshiradi. Joriy etilgan texnologik jarayonlar bo‘yicha dasturlarning vazifasi — biznes sohasida yangi mahsulotlar yaratish, yo o‘zlashtirilgan, yo kompaniya uchun yangilarini yaratish (bu hol korporatsiyani rivojlantirishning istiqbolli, va avvalo diversifikatsiya rejalari bilan bog‘liq bo‘ladi). Yangiliklarni faol ishlab chiqish hujumkor innovatsion strategiya doirasida amalga oshiriladi. Sinflar ichida strategiyalarning bir qancha tiplari (variantlari) ajratiladi: mudofaa strategiyalari — bevosita himoya, imitatsiya, kutish, chora ko‘rish; hujumkor strategiyalar — faol ITTKIlar strategiyalari, qo‘shilishlar va egallashlar marketingiga mo‘ljal olish. U yoki bu strategiyani amalda qo‘llash ko‘plab ichki va tashqi holatlarga, firmaning muayyan mahsulotlar va bozorlar, mahsulot hayotiy siklining bosqichlari, raqobatchilarning harakatlari kabilar xususidagi maqsadlarga bog‘liq. Mudofaa strategiyalarining barcha tiplari — (iste’molchilarning so‘rovlariga bevosita javob berish bundan mustasno) — bu aslida raqobatchilarning harakatlariga javob reaksiyasi bo‘lib, bilvosita, ya’ni ushbu harakatlar orqaligina iste’molchilarning ehtiyojlari va xatti-harakatlariga nisbatan javobdir. Hujumkor strategiyalar bir qator umumiy jihatlarga ega: ITTKIga yirik investitsiyalar kiritishni talab qiladilar va shu bois ularni asosan moliyaviy ahvoli kuchli bo‘lgan, yuksak malakali boshqaruv va ilmiy-texnik xodimlarga ega bo‘lgan yetakchi monopolist birlashmalargina qo‘llay oladilar. Hujumkor strategiya nafaqat ichki ITTKI evaziga, balki boshqa firmalar bilan qo‘shilish hamda ularni sotib olish orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Endi innovatsion strategiyaning shakllanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz. Har qanday firmaning innovatsion strategiyasi ikki tarkibiy qism bilan, ya’ni firma ega bo‘lgan resurslarning hajmi va xususiyati bilan, shuningdek bozordagi mavqelari va ijtimoiy strategiyasi bilan belgilanadi. Artur D. Littlning maslahat kompaniyasi innovatsion strategiya metodikasini ishlab chiqdi (6-rasm). Ushbu metodikaga ko‘ra innovatsion faoliyatning maqsadlarini, ularga erishish vositalarining va ushbu vositalarni olish manbalarining tanlanishini belgilovchi innovatsion yoki texnologik strategiya firmaning texnologik imkoniyatlari (tashqi va ichki), bozordan ko‘zlagan maqsadlari va raqobatchi pozitsiyalarining funksiyalaridir. Birinchi o‘zgaruvchi ichki parametrlar — firma to‘plagan ilmiytexnikaviy salohiyat (nou-xau, patentlar portfeli, inson resurslari, tadqiqot uskunalari) hamda tashqi ko‘rsatkichlar — litsenziya olishda qiyinchiliklarning yo‘qligi, tadqiqot o‘tkazuvchi tashkilotlar, mijozlar, xomashyo yetkazib beruvchilar bilan munosabatlar, shuningdek fan yutuqlari ishlatiladigan tarkibiy qismlardan kelib chiqadi. 6-rasm. Innovatsion strategiyani tanlash usuli Firmaning texnologik pozitsiyasini aniqlashga imkon beruvchi metodika sifatida I. Ansoff taklif qilgan tartibdan foydalanish mumkin. Firma ishlarni yuritish strategiyasiga ta’sir etuvchi oltita asosiy texnologik omillarni ajratish mumkin. 1. ITTKIga investitsiyalar: ITTKIga xarajatlarning foydadagi hissasi (%); tadqiqotlarga xarajatlarning foydadagi hissasi (%); ishlanmalarga xarajatlarning foydadagi hissasi (%). 2. Raqobatli kurashdagi pozitsiya: tadqiqotlardagi yetakchilik; mahsulot ishlab chiqarishdagi yetakchilik; texnologiya ishlab chiqarishdagi yetakchilik. 3. Mahsulot dinamikasi: yangi mahsulot paydo bo‘lishining chastotasi; hayotiy siklning davomiyligi; mahsulotning texnologik jihatdan yangiligi. 4. Texnologiya dinamikasi: hayotiy siklning davomiyligi; yangi texnologiyalar paydo bo‘lishining chastotasi; raqobat qiluvchi texnologiyalar soni. 5. Raqobatbardoshlik dinamikasi: mahsulotning texnologik farqlari; texnologiya raqobat quroli sifatida; raqobatning intensivligi. mahsulotning majburiy eskirishi; texnologiyaning davlat tomonidan tartibga solinishga ta’sirchanligi; texnologiyaning iste’molchilar bosimiga ta’sirchanligi. 6. Umumiy baho: texnologiyaning o‘zgaruvchanligi; firma strategiyasining agressivligi. Texnologik omillarning umumiy strategiya shakllanishiga kirishish jarayoni 7-rasmda ifodalangan. Birinchi qadam jamiyatda mavjud texnologik imkoniyatlarni kelishib olishdan iborat. O‘z faoliyatida texnologik yutuqlarga asoslanadigan firmalarda yangi texnologik asoslangan strategiyalar muammolar yechimini izlash jarayonida yetkazilgan ITTKIlar natijasi sifatida yuzaga kelishi mumkin. Bunda yangi ishlanmalar doimo sotish bozorini topishidan kelib chiqiladi. Bunda xavf imkoniyati mavjud. Shu bois texnologik asoslangan strategiyalar ham texnologik imkoniyatlarga, ham ehtiyojlarni tahlil qilishga asoslanishi kerak. Tahlildagi keyingi qadam iqtisodiy jihatdan asoslangan strategiyalarni ishlab chiqish, ya’ni firmaning raqobat va boshqa cheklovlar bo‘lmagan sharoitda yangilikni joriy etishdan foyda olish imkoniyatini aniqlash bilan bog‘liq. 7-rasmda ifodalangan taomillar firma sotuvlar zarar ko‘rishga olib keladigan vaziyatlardan qochishga intilgan taqdirda bajarilishi kerak. 7-rasmning birinchi qismidagi punktir chiziq o‘z faoliyatida texnologik omillarga asoslanadigan kompaniyalar, jumladan marketing sohasida tajriba va bilimlarga ega bo‘lmagan mayda venchur firmalar rioya etadigan taomilga tegishli. Agar texnologik o‘zgaruvchanalik tahlili firma texnologiyalari keskin o‘zgarishi mumkinligini va uning kelajagida muhim o‘rin tutishini, ITTKIga qo‘shilgan investitsiyalar katta bo‘lishini ko‘rsatsa, u holda strategik jihatdan muhim ko‘rsatkichlarni firmaning texnologik strategiyasi haqidagi ma’ruza shaklida birlashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buning uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak: Strategik texnologiyalar zonalari (STZ) ajratilgan, ularning o‘zgaruvchanligi va kelajakdagi istiqbollari baholangan bo‘lishi lozim. Har bir STZ uchun kelajakdagi muvaffaqiyatning texnologik omillari baholanishi. Ushbu firmaga taalluqli strategiyalar, miqyoslar va imkoniyatlarning texnologik omillari belgilanishi kerak. Firma amal qiladigan texnologiyalar portfeli shakllangan bo‘lishi zarur. Yuqorida bayon etilgan metodikani amalga oshirish uchun S-simon egri chiziq konsepsiyasidan foydalanish mumkin. Innovatsion strategiya mahsulotning hayotiy sikli nazariyasiga asoslanadi. Unga ko‘ra innovatsion jarayon «xarajatlar — natija» munosabati nuqtai nazaridan Ssimon egri chiziq ko‘rinishiga ega (8-rasm). S-simon egri chiziq qanchalik keskin bo‘lsa, jarayon shunchalik natijali bo‘ladi. Binobarin, egri chiziqda natijalar va harakatlarning joylashishini ifodalab, texnik harakatlarning samaradorligi haqida gapirish qulay. 2.8-rasmda quyidagilar ko‘rsatilgan: A va V — xarajatlarning o‘sish sur’atlari natijalarning o‘sish sur’atlaridan ortiq; B — natija xarajatlarga qaraganda tezroq o‘smoqda. Innovatsion jarayon iqtisodiy samaradorligining umumiy chizmasi Firmaning strategiyasi S-simon egri chiziqni optimallashtirishdan iborat. Eng maqbul S-simon egri chiziq A davri iloji boricha qisqartirilgan va B davri iloji boricha uzaytirilgan taqdirda hosil bo‘ladi. Firmaning strategiyasi V davr boshlanishini bashorat qilishdan iborat. Maqsad — shu paytga kelib bozorga yangi mahsulot chiqarish. S-simon egri chiziqlar cheklovlar bilan, xususan ko‘pchiligi ilgaridan ma’lum bo‘lmagan mutlaq yoki amaliy chegaralar ta’sirida o‘sishni ifodalaydi (bu esa ilmiytexnikaviy o‘sish tamoyillarining tahlilini tavakkalli qiladi). Egri chiziq bukilgan joy nuqtasidan o‘tadi, so‘ngra o‘sish sekinlashadi. Bu hol texnik imkoniyatlar masalasida, ko‘pincha esa tijorat yoki boshqa turdagi foydalilik masalasida keyingi harakatlardan foyda kamayishini bildiradi (9-rasm). Shunday qilib, innovatsion strategiyani tanlash metodikasining asosida yotgan firmaning texnologik pozitsiyalarini aniqlash texnologik o‘zgaruvchanlikni tahlil qilishga asoslangan. Ushbu tahlil quyidagilarni o‘z ichiga oladi: texnologik omillarni aniqlash; texnologik omillarning firma strategiyasini shakllantirishga qo‘shilish tartibini; S-simon egri chiziqlar konsepsiyasini. Ta’kidlash zarurki, firma texnologik imkoniyatlarining metodikasi firmaning raqobatli pozitsiyasini aniqlashga ham daxldordir. Masalan, raqobatdagi pozitsiya va raqobatbardoshlik dinamikasi kabi omillar (firma raqobatbardoshligi omillariga ham taalluqlidir). S-simon egri chiziq Innovatsion strategiya funksiyasining ikkinchi o‘zgaruvchisi (firmaning raqobatchi pozitsiyasi) quyidagilar bilan belgilanadi: bozorning nazorat qilinadigan hissasiga nisbatan, uning rivojlanish dinamikasi va kompaniyaning tegishli maqsadlari bilan; xomashyo manbalaridan foydalana olishi bilan; energetika va mehnat resurslari bilan; moliyalashtirish manbai bilan; taqsimot kanallarining nazorati bilan; korporatsiyaning obro‘si bilan. Firma raqobatbardoshligining tahlili — uning strategiyasini ishlab chiqish o‘zagi. Baholash firmaning bozordagi nisbiy ulushini aks ettiruvchi ko‘rsatkich yordamida amalga oshiriladi: X = firmaning sotuv hajmi / raqobatchilarning sotuv hajmi. Bunda asosiy e’tibor odatda quyidagi masalalarga qaratiladi: ushbu tarmoqdagi (yoxud firma kirib borishni mo‘ljallayotgan tarmoqdagi) raqobatning asosida qaysi hodisalar yotadi; raqobatchilar qanday harakatlar qilishlari mumkin va ularga nisbatan chora ko‘rishning eng yaxshi yo‘llari nimalardan iborat; raqobatli kurashda uzoq muddatli muvaffaqiyatni ta’minlash istiqbollari qanday. Firmaning raqobatdagi mavqeini aniqlash usullaridan biri kiritilgan yangilik raqobatbardoshligining bahosini belgilashdir. Ushbu usul xaridorlarning istiqboldagi ehtiyojlariga qaraganda ko‘proq bozordagi hozirgi vaziyatga qaratilgan. «Raqobatbardoshlik» tushunchasining o‘ziga qisqacha to‘xtalsak. Uni «yangilikning texnikaviy va ilmiy-texnikaviy darajasi» tushunchasidan farqlash lozim. Yangilik yuksak ilmiy-texnikaviy darajada bo‘lishi va ayni vaqtda raqobatga bardosh bera olmasligi mumkin, chunki ko‘pchilik xaridorlarga erishilgan ko‘rsatkichlar darajasi ayni vaqtda keraksiz tuyulishi mumkin. Raqobatbardoshlikni baholashning asosini muayyan bozorda anglangan ehtiyoj tashkil qiladi. Ilmiytexnikaviy daraja va raqobatbardoshlikni baholashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlarning tuzilishi ham farqlanadi. Raqobatbardoshlik mazkur metodikada yangilikni muayyan bozorda rejalashtirilgan kelgusi vaqt davomida iqtisodiy jihatdan foydali ravishda sotishning iste’molchilik va qiymat xususiyatlari bilan ifodalanadigan imkoniyati sifatida talqin etiladi. Metodikada ifodalangan asosiy prinsiplarni sanab o‘tamiz: raqobatbardoshlik ishlanmaga texnik topshiriqni shakllantirish bosqichidayoq baholanishi kerak; yangilikning raqobatbardoshligini baholash asosida bozorning muayyan qismida istiqboldagi ehtiyojlarni 100% qanoatlantiruvchi ideal iste’mol modeli yotadi; ishlab chiqish taklif etilayotgan yangilikning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari darajasi baholanayotgan model chiqariladigan yil boshida eng ehtimolli raqobatchilar mahsulotining bashorat qilinayotgan texnikekspluatatsion ko‘rsatkichlariga nisbatan baholanishi kerak; raqobatbardoshligini baholash uchun tanlab olingan ko‘rsatkichlarni muhimligi bo‘yicha baholash kerak. Birinchi bosqichda, metodikaga ko‘ra, istiqboldagi ehtiyojlarni 100% qanoatlantiruvchi ideal iste’molchilik modeli shakllantiriladi. Ushbu model asosida bozorni tadqiq etish jarayonida to‘plangan axborot yotadi: iste’molchi uchun bozorning mazkur qismida muhim bo‘lgan texnik-iqtisodi y ko‘rsatkichlar ro‘yxati; iste’molchining har bir parametrning muhimligi bo‘yicha bergan bahosi; har bir texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichning iste’molchi uchun ideal ahamiyati. Iste’molchilarni qiziqtiradigan barcha ko‘rsatkichlarga oid ma’lumotlar marketing tadqiqoti jarayonida to‘planadi. Ko‘rsatkichlarning muhimlik koeffitsiyenti va iste’molchilar uchun ideal ahamiyati bozorning mazkur qismi uchun imkoniyatdagi xaridorlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazish natijasida olingan tegishli baholarning ishonchli o‘rtacha miqdori sifatida ta’riflanadi (ishonchli o‘rtacha miqdorni olish uchun variatsiya koeffitsiyentiga doir hisob-kitoblardan foydalanish tavsiya etiladi). Ko‘rsatkichlarning muhimlik koeffitsiyentlari va ideal qiymatlarini ekspertlar yordamida aniqlash ham mumkin. Innovatsion strategiya tanlash metodikasining zaruriy tarkibiy qismlaridan biri — tavakkalni baholash. Ko‘plab mamlakatlar rivojlanishining tajribasi iqtisodiy siyosat, aniq qarorlar qabul qilish taktikasi va strategiyasini ishlab chiqish chog‘ida iqtisodiy xavflarni (tavakkalni) inobatga olmaslik yoki yetarli baholamaslik jamiyat rivojlanishini, fan-texnika taraqqiyotini muqarrar ravishda to‘xtatib qo‘yadi, iqtisodiy tizimni turg‘unlikka soladi. Xo‘sh, bu hodisa nima ekan? Ommaviy ongda, buning ustiga bir qator ilmiy nashrlarda tavakkalning mohiyatiga ikki xil qarama-qarshi qarash ustunlik qiladi. Bir tomondan tavakkal imkoniyatdagi omadsizlik, xavf, moddiy va tanlangan qarorni hayotga joriy etish natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan boshqa yo‘qotishlar sifatida namoyon bo‘ladi; boshqa tomondan — tavakkal taxmin qilinayotgan muvaffaqiyat, yaxshi natija bilan aynanlashtiriladi (1-jadval). Download 126.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling