Mavzu: Innovatsion kadrlar menejment funksiyalari
Download 23.46 Kb.
|
2-mavzu
Mavzu: Innovatsion kadrlar menejment funksiyalari Innovatsion menejmentning mazmuni innovatsion tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazish chog‘ida amalga oshiriladigan boshqaruv funksiyalari va jarayonlarning tarkibi bilan belgilanadi. Menejmentning funksiyalari deganda innovatsiyalarni amalga oshirishda hal qilinadigan umumiy vazifalar tarkibi tushuniladi.So‘z tarkibi va mazmuni minimal darajada aniq innovatsion loyihaning o‘ziga xos xususiyatlari (uning ko‘lami, tarmoqqa mansubligi, vazifasi va h.k.) ga bog‘liq bo‘lgan hamda har qanday boshqaruv jarayonining mazmunini tashkil qiladigan boshqaruv vazifalari haqida bormoqda. Nazariy ishlarda va amaliy faoliyatda innovatsion menejment vazifalarini turlicha tizimlashtirishdan foydalaniladi. Biz innovatsion menejmentning vazifalarini ikki guruhga: asosiy (predmetli) va ta‘minlovchi vazifalarga ajratish to‘g‘ri bo‘ladi deb hisoblaymiz. Menejmentning predmetli vazifalari innovatsiyalarni amalga oshirishning barcha turlari va har qanday shartlari uchun eng umumiylari bo‘lib hisoblanadi. Menejmentning ushbu vazifalari innovatsion faoliyatni boshqarish jarayonidagi asosiy bosqichlarning mazmunini aks Ettiradi, barcha iyerarxik darajalarda boshqaruv faoliyatining predmet sohalarini ajratib ko‘rsatadi. Muvaffaqiyatli menejment har qanday innovatsion tuzilmada quyidagi asosiy (predmetli) vazifalarning amalga oshirilishini ko‘zda tutadi: maqsadlarni shakllantirish, rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish. Innovatsion menejmentning ta‘minlovchi vazifalari korxonada predmetli vazifalarni samarali amalga oshirishga ko‘maklashuvchi boshqaruv jarayoni va vositalari (instrumentlari) ni o‘z ichiga oladi. Ularga menejmentning ijtimoiy-ruhiy va texnologik yoki protsessual vazifalarini kiritish mumkin. Menejmentning ijtimoiy-ruhiy vazifalari asosan jamoadagi ishlab chiqarish munosabatlarining xususiyatlari bilan bog‘liq. Ularning tarkibida ikki xil turdagi vazifalar mavjud: vakolatlar berish va motivatsiyalash. Vakolatlar berish innovatsion jarayonlarni boshqarish bo‘yicha ishlarni va ularni amalga oshirish uchun mas‘uliyatni boshqaruv apparati xodimlari o‘rtasida oqilona taqsimlashga qaratilgan boshqaruv qarorlari majmuini o‘z ichiga oladi. Motivatsiyalash samarali hamda unumli individual va jamoaviy mehnat qilishda tashkilot xodimlari uchun axloqiy va moddiy rag‘batlar tizimini yaratishni ko‘zda tutadi. Shuningdek, u tashkilot xodimlarining kasbiy saviyasi va karyerasining o‘sish imkoniyatlarini yuksalishini rejalashtirish, tashkil etish va ta‘minlashni ham nazarda tutadi. Boshqaruv apparatiga nisbatan menejmentning ijtimoiy–psixologik vazifalarini qo‘llashda innovatsiyalarni boshqarish vositalari va usullarining o‘ziga xos tizimi shakllantiriladi. Menejmentning protsessual vazifalaridan iyerarxiyaning har qanday darajasidagi menejer mehnatining mazmunini tashkil qiluvchi ikki faoliyat turi: qarorlar va kommunikatsiyalar ajratib ko‘rsatiladi. O‘z mohiyatiga ko‘ra menejmentning protsessual vazifalari uning predmetli va ijtimoiy–ruhiy vazifalarini amalga oshirishning asosiy vositalari hisoblanadi. Innovatsiyalarni boshqarishda rahbarning ongli ravishdagi xohish- irodasi boshqaruv qarorlarida o‘z ifodasini topadi. Mazkur qarorlar innovatsion g‘oyalarni amalga oshirishning asosiy shakli sifatida chiqadi. Ular innovatsion korxonaning vujudga kelish vaqtidan tortib to tugatilishiga qadar bo‘lgan yashash davrining barcha bosqichlarini qamrab oladi. Qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlari oqibatlarining mas‘uliyati va ahamiyati menejerlardan ushbu qarorlarni tayyorlash va ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xatti-harakatlarni qat‘iy izchillikda amalga oshirilishi va dalillar bilan asoslangan bo‘lishini talab qiladi. Bunday qoidalar, qoidalar majmui hamda ularga rioya qilish menejmentda qarorlar protsessual vazifalarining mazmunini tashkil qiladi. Innovatsion menejmentda kommunikatsiya vazifalari innovatsiyalarni muvaffaqiyatli ilgari surish uchun axborotlarni olish, tayyorlash, qayta ishlash va uzatishdan iborat. Innovatsiyalar hamisha yangi axborotlar bilan bog‘liq bo‘lgani tufayli boshqaruvning kommunikatsion vazifasi ayniqsa katta ahamiyatga ega bo‘lib, innovatsion menejmentning o‘ziga xos elementi hisoblanadi. Innovatsion sohada menejerning butun joriy faoliyati kommunikatsion vazifalarni amalga oshirish, ya‘ni boshqaruvga tegishli axborotlarni to‘plash va qayta ishlash, ularni tashkilotning yuqorida turgan va bo‘ysunuvchi xodimlariga uzatish, aloqalar o‘rnatish va topshiriqlarni ijrochilarga taqsimlash, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va h.k. bilan bog‘liqdir. Menejmentning ushbu vazifasi alohida uslub va vositalarning qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lib, IKda maxsus axborot tuzilmalarining yaratilishini talab qiladi. Boshqaruvning predmetli, ijtimoiy-ruhiy va protsessual jihatlari o‘zaro bir-birini to‘ldirgan holda IM asosiy vazifalarining yaxlit tizimini yaratadiki, u innovatsion jarayonlarga boshqaruv orqali ta‘sir ko‘rsatishning usul va yo‘llarini differentsiatsiyalash imkonini beradi. Innovatsion kadrlar menejmentining barcha funksiyalari ikki guruhga birlashtirilishi mumkin1: a) boshqaruv obyekti sifatida kadrlar innovatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha funksiyalar: inson resurslarini rivojlantirish sohasida ilmiy-tahliliy ishlarni tashkil etish va o‘tkazish, tashkilotning yangi kadrlar muammolarini aniqlash va hal etish (ilmiy tadqiqot tashkilotlari bilan birgalikda); kadrlar innovatsiyalari samaradorligini baholash; prognozlar, konsepsiyalar, innovatsion-kadrlar siyosati, rejalar, kadrlar innovatsiyalari dastur va loyihalarini ishlab chiqish; ularni moliyaviy va resurs bilan ta’minlash; kadrlar yangiliklarini tashkil etish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish; xodimlarni rag‘batlantirish; b) xodimlarni boshqarish yo‘nalishlari va sohalari bo‘yicha funksiyalar: xodimlarning uzluksiz ta’limini tashkil etish (kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish); yangi tarmoqlar uchun kadrlarni, yangi tanqis kasb egalarini, sara va innovatsion kadrlarni qidirish va tanlash; innovatsion tuzilmalar xodimlarining mehnatini, xodimlarning innovatsion fazilatlarini sertifikatlash va baholash; lavozimni rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqish, ish joylarini rivojlantirish, mehnat va kadrlarni tashkil etish bilan bog‘liq holda lavozim bo‘yicha ko‘rsatmalarni takomillashtirish; xizmat ko‘rsatish va kasbiy martaba darajalari orqali xodimlarni lavozimiga ko‘tarish va boshqa joyga ko‘chirish, boshqaruv xodimlarining kadrlar rezervini shakllantirish va ular bilan ishlashni tashkil etish; sara va innovatsion kadrlar bilan ishlash; xodimlarning innovatsiyalar uchun motivatsiyasi; kadrlar xizmatining o‘z ishini tashkil qilishdagi yangiliklarni ishlab chiqish; yangi standartlarni ta’minlash va mehnat hayotining sifatini oshirish. Tashkil qilish vazifasining mohiyati IKni rivojlantirishning qabul qilingan strategiyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida rejaviy topshiriqlarning bajarilishini ta‘minlashdan iborat. Buning uchun zarur resurs va ijrochilarning tarkibini aniqlash, topshiriqlarni taqsimlash, ijrochilarning ishini vaqt bo‘yicha muvofiqlashtirish, ishtirokchilarning kooperatsiyalashuvini yo‘lga qo‘yish, nazorat hamda o‘zaro axborotni ta‘minlash lozim. Sanab o‘tilgan vazifalarni hal qilinishi IKning tashkiliy tuzilmasini yaratish, uning elementlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning xususiyatlarini belgilash hamda ular amal qilishining qoidalari va shart-sharoitlarini tartibga solish orqali amalga oshiriladi. Innovatsiyalarni tashkil qilish innovatsion menejmentning muhim vazifalaridan biri bo‘lib, uning amalga oshirilishi barcha darajalardagi rahbarlar faoliyatining eng ahamiyatli qismi hisoblanadi. Innovatsion menejmentda tashkil qilish qabul qilingan rejaviy qarorlarning eng samarali holda bajarilishini ta‘minlash maqsadida innovatsion jarayondagi barcha elementlarning makon va zamonda oqilona uyg‘unlashuvini ta‘minlaydi. Innovatsiyalarni tashkil qilish rejaviy topshiriqlarni bajarish vositasi sifatida chiqadi va ularning qanday sharoitlarda amalga oshirilishini belgilab beradi. Bu holat juda muhim hisoblanadi, chunki u tashkil qilishning egiluvchan bo‘lishini va ishlarning mazmuniga bog‘liq holda dinamik ravishda o‘zgarib turishini talab qiladi. Innovatsion menejmentning zamonaviy nazariya va amaliyotida innovatsiyalarni tashkil qilishning xilma-xil shakllari va turlari mavjud. Innovatsion faoliyatni tashkil qilishda qoidaga ko‘ra avval firmaning ilmiy ishlab chiqarish jihatidan tuzilishi shakllantiriladi, so‘ng esa uning hosilasi sifatida innovatsiyalarni boshqarish tuzilmasi tuziladi. IKlarning tashkiliy tuzilmalari turli-tumanligi bilan farqlanadi. IKning aniq tashkiliy shaklini tanlash innovatsion faoliyatning ko‘lami, firma innovatsion yo‘nalishining kengligi, chiqariladigan mahsulot yoki ko‘rsatiladigan xizmatlarning o‘ziga xosligi, kooperatsiya darajasi va amalga oshiriladigan ishlar innovatsion siklining to‘liqliligi kabi obyektiv omillarga bog‘liq. Innovatsiyalarning tashkiliy tuzilmasi innovatsion menejmentning g‘oyatda dinamik, ichki va tashqi shart-sharoitlarning o‘zgarishlariga tez moslashuvchi elementi hisoblanadi. Ko‘p hollarda bir IK doirasida innovatsiyalarni boshqarishning bir nechta turdagi tashkiliy tuzilmalaridan foydalaniladi, texnika va texnologiyalarning jadal rivojlanadigan yo‘nalishlari uchun dasturiy majmualar yaratiladi, an‘anaviy mahsulot turlari uchun esa barqaror shtabli tuzilmadan foydalaniladi. Innovatsion jarayonlarni tashkil qilishning turli shakllari tashkiliy qarorlarni tayyorlash uchun real vositalar majmuini tashkil qiladi. Ular rasmiy yoki norasmiy xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. Menejmentning protsessual vazifalaridan iyerarxiyaning har qanday darajasidagi menejer mehnatining mazmunini tashkil qiluvchi ikki faoliyat turi: qarorlar va kommunikatsiyalar ajratib ko‘rsatiladi. O‘z mohiyatiga ko‘ra menejmentning protsessual vazifalari uning predmetli va ijtimoiy–ruhiy vazifalarini amalga oshirishning asosiy vositalari hisoblanadi. Innovatsiyalarni boshqarishda rahbarning ongli ravishdagi xohish irodasi boshqaruv qarorlarida o‘z ifodasini topadi. Mazkur qarorlar innovatsion g‘oyalarni amalga oshirishning asosiy shakli sifatida chiqadi. Ular IKning vujudga kelish vaqtidan tortib to tugatilishiga qadar bo‘lgan yashash davrining barcha bosqichlarini qamrab oladi. Qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlari oqibatlarining mas‘uliyati va ahamiyati menejerlardan ushbu qarorlarni tayyorlash va ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xatti-harakatlarni qat‘iy izchillikda amalga oshirilishi va dalillar bilan asoslangan bo‘lishini talab qiladi. Bunday qoidalar, qoidalar majmui hamda ularga rioya qilish menejmentda qarorlar protsessual vazifalarining mazmunini tashkil qiladi. Innovatsiyalar hamisha yangi axborotlar bilan bog‘liq bo‘lgani tufayli boshqaruvning kommunikatsion vazifasi ayniqsa katta ahamiyatga ega bo‘lib, innovatsion menejmentning o‘ziga xos elementi hisoblanadi. Innovatsion sohada menejerning butun joriy faoliyati kommunikatsion vazifalarni amalga oshirish, ya‘ni boshqaruvga tegishli axborotlarni to‘plash va qayta ishlash, ularni tashkilotning yuqorida turgan va bo‘ysunuvchi xodimlariga uzatish, aloqalar o‘rnatish hamda topshiriqlarni ijrochilarga taqsimlash, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va h.k. bilan bog‘liqdir. Menejmentning ushbu vazifasi alohida uslub va vositalarning qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lib, IK da maxsus axborot tuzilmalarining yaratilishini talab qiladi. Nazorat - innovatsion menejmentning korxona ishi natijalarini miqdoriy va sifatli baholanishini hisobga olish bilan bog‘liq muhim vazifasidir. U teskari aloqaga ega tizimdan iborat bo‘ladi, uning maqsadi tashkilot tomonidan qo‘yilgan maqsadlarga erishishni ta‘minlashdan iborat. Nazorat - bu standartlar va solishtirish bazasini belgilash, tizimga kirishlarni tadqiqot qilish, natijalarni me‘yoriy baza bilan solishtirishni tashkil qilish, chetga chiqishlar va ularni yo‘l qo‘yiladigan darajasini belgilash, hamda natijalarni yakuniy o‘lchash bo‘yicha turli tuman tadbirlar tizimidir. Nazorat teskari aloqaga ega jarayon bo‘ladi, ya‘ni tizimga kirishdagi natijalarning miqdoriy o‘lchanishi chiqishdagi parametrlar va tashqi va ichki muhit ta‘siri omillarini baholanishi bilan bog‘lanadi. Masalan, yangiliklarni amalga oshirishdan rejalashtirilgancha nisbatan pastroq foyda olinishi quyidagilar bilan izohlanadi: -natijasi sotishlar hajmi bo‘lgan bozorni yetarlicha tadqiqot qilinmaganligi va noto‘g‘ri marketing tadbirlari; -yomonroq xomashyoni kelib tushishi, ishlab tushish tartiblariga rioya qilishdagi xatolar, texnik nazorat bo‘lishi ishidagi buzilishlar oqibatida yangiliklar iste‘mol xususiyatlarini pasayishi; -ishlab chiqarish xarajatlarini me‘yoridan oshib ketishi, bu yangilik tannarxini oshib ketishiga olib keladi va h.k. Qarorlar qabul qilinishi innovatsion menejmentda yakuniy tadbir bo‘ladi. Menejmentning ko‘pgina vazifalarini muhim ahamiyat egallashiga qaramasdan, qarorlar ijobiy va salbiy natijalarga olib keladilar. Qarorlar qabul qilish tadbirlari menejmentdan axborotlarni to‘liqligi, menejerning ko‘proq omilkorligini talab qiladi xatarni va javobgarlikni qabul qilinishi bilan ta‘riflanadi. Ilmiy va amaliy innovatsion faoliyat ko‘proq darajada ijodiy jarayon bo‘ladi, uning uchun farosatli qarorlarni qabul qilinishi xosdir. Xorijda ijodiy jarayonda qarorlar qabul qilishga harakatlar ekzistensial menejment kategoriyalari bilan bayon qilinishi tasodifiy emas. Olim, kashfiyotchi, innovatsion menejerda qarorlarning katta qismi chuqur ongsiz qilingan jarayonlarga asoslangan, ular chetdan stixiyali va mantiqsiz ko‘rinadilar. Ammo tadqiqotchilarning borgan sari ko‘prog‘i ―aqliy hujum‖, ―beixtiyor mulohazalarning yig‘indisi‖, ―mantiqsiz fikrlar va kutilmagan fikrlar to‘plami‖ va boshqalar kabi ilmiy g‘oyalarni ishlab chiqish usullariga e‘tibor qaratadilar. Vazifaviy fikrlash va qarorlar qabul qilishni kreativ va ekzistensial menejment haqiqat, ehtiyojlar, boyliklar tabiatga nisbatan chuqur dunyo qarashlar, estetik va ma‘naviy – axloqiy tasavvurlar bilan bog‘laydi. Ushbu nuqtai nazardan qarorlar qabul qilinishi obyektning individualligi (bir narsani ikkinchisidan ajratuvchi xususiyatlarga egaligi), uni noyobligi va qaytarilmasligini anglashdan iboratdir. 1 Download 23.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling