Mavzu: inson resurslarini boshqarish jarayonida ish faoliyatining sifati va miqdorini baholash muammolari


Sifatni boshqarish konsepsiyasining asosiy elementlari


Download 72.38 Kb.
bet3/3
Sana01.04.2023
Hajmi72.38 Kb.
#1316248
1   2   3
3.Sifatni boshqarish konsepsiyasining asosiy elementlari
Sifat hozirgi kunda shunday muhimki, g‘arbiy mamlakatlarda sifatni boshqarish konsepsiyasining asosiy elementlari dasturiga ega bo‘lmagan kompaniyalar raqobat qila olmaydilar, chunki potensial xaridorlar sotuvchini tanlashda bu omilga ham e’tibor beradilar. Sifatni boshqarish konsepsiyasining asosiy elementlari tizimining asosiy elementlari: 1. Muayyan sifatli tovarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish uchun bozor ehtiyojlarini aniqlash. Bu sohada marketing bo‘limi yetakchi bo‘lishi zarur. Imkoniyatga qarab, mijozni tovarni ishlab chiqishga, va ayniqsa vaqt o‘tishi bilan uni takomillashtirish jarayoniga jalb qilish kerak. Bozor bilan teskari aloqa tizimini yo‘lga qo‘yish zarur. Tovar qanday qabul qilinayotganligi, xaridorlarning fikrini o‘rganmay turib muvaffaqiyatga erisha olmaysiz. 2. Sifatni boshqarish konsepsiyasining asosiy elementlari jarayonidagi ikkinchi qadam tovarni ishlab chiqish va tekshirish hisoblanadi. Bu yerda sifat darajasi variantlarini tanlash hal qiluvchi masala bo‘lishi va tovarni ishlab chiqish (loyihalash) yakunida u yaxshilab tekshirilishi kerak, va bunda ham imkoniyatga qarab xaridorni jalb qilish ma’qul. 3. Ishlab chiqarish jarayonini shunday ishlab chiqingki, uning yo‘lga tushirilishi bilan nuqsonsiz mahsulot ishlab chiqarilsin. Aks holda ularni remont yoki qayta ishlash uchun zarar ko‘rasiz. 4. Nazorat natajalarini hujjatlashtirish va tovarni baholash jarayonini davom ettirish kerak. Tovar doimiy nazorat qilinayotganligiga ishonch hosil qiling. Tovarni baholash ustidan nazorat jarayonini ham boshqarishni unutmang. Tovar korxonadan tashqarida baholanayotganligi va uning natijalari sifatni oshirishda yordam berayotganligiga ham ishonch hosil qiling. 5. Mol yetkazib beruvchilarga sifat yuzasidan qo‘yiladigan talablar, ya’ni ular yetkazib berayotgan resurslar texnik xarakteristikalar va standartga mos kelishini doim tekshirib borish zarur. Bu taqsimot tizimiga, tovarni zavoddan iste’molchigacha yetkazib beruvchi vositachilarga ham taalluqli.
6. Ishchi guruhlari, mukofotlash, motivlashtirish, sifatni saqlash va nazorat qilishga zaruriy vakolatlarni xodimlarga topshirish orqali sifat haqidagi axborotni ta’minlash. Bu muammo vujudga kelishi bilan unga darhol javob berishga olib keladi. Xodimlarga muvofiqlashtirish vakolatini berilishi nazoratchilar ish hajmini kamaytirishga va yaxshi natijalarga olib keladi.
7. Butun jarayonni kuzatuvchi va muammolarni darhol hal qiluvchi guruhlarni tashkil qiling. Bu guruhlar lavozimlar tuzilmasini ishlab chiqishlari, majlis uchun vaqt o‘rnatishlari va o‘z vazifalarini bajarish uchun barcha sharoitlarga ega bo‘lishi kerak.
Download 72.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling