Mavzu: Insoniyat tarixida tarbiya va ta’limning rivojlanish bosqichlari
Download 23.84 Kb.
|
falsafa 6
Mavzu:Insoniyat tarixida tarbiya va ta’limning rivojlanish bosqichlari. Qadimgi Yunonistonda madaniyat, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa mamlakatlarga nisbatan juda erta rivojlandi. Yunonistonda maktab va madaniyatning tez rivojlanishi pedagogika nazariyasining ham tug‘ilishiga imkoniyat yaratdi. Pedagogika nazariyasiga olim va faylasuflardan Suqrot, Platon, Aristotel va Demokritlar asos soldilar. Ular o‘z qarashlari bilan ta’lim- tarbiya rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shdilar. Shulardan biri Suqrot haqida qisqacha to‘xtalsak. Suqrot (eramizdan avvalgi 469—399 yillar) faylasuf bo‘lishi bilan birga ajoyib notiq ham edi. U keng maydonlarda so‘zga chiqib, axloqqa doir masalalar yuzasidan suhbatlar o‘tkazar, tinglovchilarni savol- javob yo‘li bilan haqiqatni o‘zlari topishlariga va bilishlariga undar, shu yo‘l bilan odamlarni haqiqatni izlashga o‘rgatar edi. Suhbatning bu metodi «Suqrot metodi» deb yuritilgan. U pedagogika olamiga ana shunday savol - javob metodini, ya’ni «evristik» suhbat metodini (savol berish va savolni to‘ldirish) olib kirdi. Suqrot — falsafiy dialektikaning asoschilaridan biri. U bahs orqali, ya’ni muayyan masalalarni o‘rtaga qo‘yish va ularga javob topish yo‘li bilan haqiqatni aniqlash mumkin deb tushungan. O‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropa ta’lim va tarbiyasida din hukmronlik qilgan bo‘lsada XII—XIII asrda bir qancha mamlakatlarda oliy ma’lumot beradigan o‘quv yurtlari sifatida universitetlar paydo bo‘la boshlaydi. Universitetlarning vujudga kelishiga XIIXIII asrlarda G‘arbiy Yevropa hayotida yuz bergan iqtisodiy, madaniy o‘zgarishlar, ya’ni hunar va savdoning rivojlanishi, shaharlarning o‘sib borishi va shunga bog‘liq holda dunyoviy shahar madaniyatining taraqqiy qilib borishi, xalqaro aloqalarning kengayishi, yoshlar o‘rtasida oliy ma’lumot olish harakatini tug‘dirdi, bu hol o‘z navbatida universitetlarning paydo bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. G‘arbda zamonaviy pedagogika ilmning poydevorini Qurgan, uning keyingi rivojlanish yo‘llarini ko‘rsatib bergan, o‘zining ongli hayotini, amaliy pedagogik faoliyatini bolalarni o‘qitish va tarbiyalashdek olijanob ishga bag‘ishlagan ulug‘ pedagog Yan Amos Komenskiy (1592—1670) ning xizmatlari tahsinga sazovordir. U o‘zining qariyb 80 yillik umri davomida pedagogika, ta’lim- tarbiya, falsafa, ilohiyotga oid 250 dan ortiq asarlar, darsliklar yaratdi. Bulardan ayniqsa «Buyuk didaktika» (1632) asari Komenskiyning nomini butun dunyoga tanitdi. Ma’lumki, uzoq va boy tarixga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo xalqlari o‘zining ta’lim-tarbiyaga oid ulkan merosini yaratib, takomillashtirib, insoniyatning yuzlab avlodlarini insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr- oqibat, mehnatsevarlik, do‘stlik, saxovat kabi umuminsoniy fazilatlari ruhida tarbiyalab kelgan, xalqimiz yaratgan ma’rifiy fikr sarchashmalari qadim- qadimlarga borib taqaladi. O‘zbek xalqi tarixan ta’lim-tarbiya sohasida o‘ziga xos dorilfunun yaratgan. Hatto hozirgi o‘zbek xalqi yashab turgan zaminda zardushtiylik dini keng yoyilgan davrda ham pedagogik mafkura hukm surgan. Islom dini kirib kelgach Markaziy Osiyoda ham islom g‘oyalariga asoslangan ta’lim— tarbiya tizimi o‘rnatila boshlandi. Va yangi tizimga ega bo‘lgan ta’lim muassasalari paydo bo‘ldi. Islom dini qabul qilingan joylarda machitlar, machitlar qoshida esa maktablar tashkil etildi. Arab tilini o‘rganish joriy etildi, maktablarda ta’lim arab tilida olib borilar va u yerda asosan "Qur’oni Karim" o‘rganilar edi. Arab bo‘lmagan bolalarga islom dini asoslarini o‘rgatish maqsadida "Xaftiyak", "Chor kitob" kabi darsliklar o‘qitilardi. VII — XII asrlar davomida Markaziy Osiyoda madaniyat, ilm-fan beqiyos rivojlana bordi. Ayniqsa, aniq fanlarga qiziqish orta boshladi. O‘sha tarixiy davrda al-Xorazmiy, Al-Forobiy, Al-Farg‘oniy, Al- Beruniy, Ibn Sino, Az-Zamaxshariy singari qomusiy olimlar dunyoga keldi. Ulug‘ mutafakkirlar inson ma’naviy va tafakkur dunyosini boyitishda insoniyat ongini, madaniy-ma’rifiy qarashlarni o‘stirishda o‘z davrida va keyinchalik ham asosiy rol o‘ynadilar, inson kamolotiga doir beqiyos ta’limotni yaratdilar. Jumladan, M.Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida ilm olishning kadri, bilimli, donishmand kishilarni hurmat kilish, mexmondo‘stlik, xushxulqlik, mardlik va jasurlikni targ‘ib etuvchi, o‘z manfaatini ko‘zlagan molparast, baxil, ochko‘z, do‘stiga va xalqiga xiyoat kabi salbiy tomonlarni qoralaydigan she’rlar ko‘p uchraydi. Bunday she’rlar turkiy xalqlar qadim-qadimlardan boshlab, inson shaxsini shakllantirishda ta’lim-tarbiyaga katta e’tibor berganligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, pand-nasihatlarda asosiy o‘rinni ilm olishga undash, uning foydalari, ilm ahlini hurmat etish to‘g‘risidagi fikrlar egallaydi. Yoshlarga ilmli kishilarga yaqinlashish, ulardan o‘gitlar olish maslahat beriladi: O‘g‘lim, senga qoldirdim o‘git, unga amal qil. Olimlarga yaqinlash, bahra olgil, tutib dil. XV—XVI asrlarga kelib qadimiy Turkiston jahonga Qozizoda Rumiy, Ulug‘bek, Ali Qushchi, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Bobur singari allomalarni voyaga yetkazdi. U davrda Markaziy Osiyo shaharlarida qator madaniy va ilmiy markazlar vujudga keldi. Demak, Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, o‘zbek xalqi va uning madaniy — ma’rifiy taraqqiyoti asrlar davomida misli ko‘rilmagan darajada rivojlangan. Qolaversa, uning axloq odobga oid qarashlari, ta’lim-tarbiya fanlari bo‘yicha ta’limoti butun jaxonga o‘rnak bo‘larli ma’no va mazmun kasb etgan. Tarbiya - ijtimoiy xodisa. U kishilik jamiyati paydo bulgan davrdan beri mavjud. Inson yer yuzidagi eng mukammal zot bo‘lishi uchun avvalo tarbiyalanishi zarur. Abu Lays Samarqandiy «Bo‘stonul-orifin» asarida tarbiya va tarbiyalashning ma’nosini ta’riflab: «Ey o‘g‘il, farzandlaringni tarbiyalashdan oldin o‘zingni tarbiyala, tarbiya ko‘rgan oilada baodob, yaxshi fazilatli, bilimli odam voyaga yetadi», - degan edi. Ibn Sino i jodiyotida ham bu g‘oya aloxida o‘rin tutadi. «Kimga qanday pandu nasixat qilsang, unga avvalo o‘zing amal qil», - deydi alloma. Sharq mutafakkirlari barkamol insonni yetishtirish uchun tarbiya naqadar zarurligini, uning mohiyati va mazmunini asoslab berganlar. Maxmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk», Yusuf Xos Hojibning « Qutadg‘u bilig», Axmad Yugnakiyning «Hibatul- xaqoyiq», Abu Rayxon Beruniyning hikmatlari, Ibn Sinoning «Tadbir-al- manozil», Alisher Navoiyning «Maxbubul- qulub», Husayn Voiz Koshifiyning «Axloqi muhsiniy» va boshqa asarlarida farzand ota- onaning baxti, uning to‘g‘ri tarbiyalanishi esa hammaning baxti, degan umumiy xulosa chiqariladi. Beruniy inson kamolotida 3 narsa muxim rol o‘ynaydi deydi. 1.Irsiyat.2.Muhit.3.Tarbiya. Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo‘llari, usullari xakid agi fikrlari xozirgi davr uchun h am dolzarbdir. o‘kuvchiga bilim berishda u: o‘q uvchini zeriktirmaslik; bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik; uzviylik, izchillik; yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko‘rgazmali bayon etish va xokazoga e’tibor berish kerakligini uqtiradi. Olim fan sohasidagi yodgorliklarni, ilmiy bilimlarga oid qoldirilgan barcha boyliklarni qunt bilan o‘rganishga da’vat etadi. Ilm toliblariga qalbni yomon ilatlardan, qotib qolgan urf - odatlardan, hirsdan, behuda raqobatdan, ochko‘zlikdan, shon-shuhratdan saklanishi zarurligini uqtiradi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Beruniyning komil insonni shakllantirishga oid bu fikrlari o‘z zamonasi uchun emas, xozirgi davr ta’lim- tarbiyasini takomillashtirishda ham katta ahamiyatga egadir. XIX asr oxiri – XX asrning boshlarida Markaziy Osiyoda jadidchilik harakati vujudga keldi. Bu harakatning asosiy maqsadi mavjud jamiyatning ijtimoiy - madaniy asoslarini qayta qurishga qaratildi. Ular buning uchun eng avvalo ta’limni isloh qilish zarurligini anglab, shunga kirishdilar. Jadidlar 1906 yilda «Taraqqiy» deb nomlangan gazeta nashr ettirib, o‘z g‘oyalarini tarqata boshladilar, oradan ko‘p o‘tmay, «Xurshid», «Shuhrat» singari yangi gazetalar ochildi. Markaziy Osiyoning turli shaharlarida jadid maktablari ochilib, ularda diniy ilmlar bilan birgalikda dunyoviy bilimlar ham keng targ‘ib qilindi. Milliy ta’lim tizimlari. Hozirgi paytda dunyoning bir qator yetakchi mamlakatlari o‘ziga xos, rivojlangan milliy ta’lim tizimlariga ega. Ularda tayyorlanayotgan mutaxassislarning yuqori malakaligi hamda fan texnika sohasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar diqqatga sazovordir. Bular jumlasiga, Amerika Qo‘shma Shtatlarida, Yaponiya, Fransiya, Germaniya, Janubiy Koreya ta’lim tizimlarini ko‘rsatish mumkin. Ularning har biri yillar davomida shakllangan va asosiy prinsiplariga qat’iy amal qilishadi. Amerikaning eng katta boyligi — bu aql. Aql bu mamlakatda qadrlanadi, aqlli talabalar alohida taqdirlanadi. Aqlli, a’lochi talabalar o‘quv yurtlarining faxri sanalgani sababli ham, ularga turli yo‘llar bilan yordam berish, stipendiyalar tayinlash orqali ularni o‘quv yurtlarida saqlashga harakat qiladilar. O‘zi tanlagan sohada yutuqlarga erishayotgan talabalar ro‘yxati har yili alohida kitobda nashr etilib turiladi. Bundan maqsad mazkur soha bilan qiziquvchi kompaniyalarning e’tiborini bo‘lajak olimlarga qaratishdir. Fransiyada esa ta’limning asosiy maqsadi shaxsning har tomonlama kamol topishini ta’minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida o‘quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o‘rgatish, shunga yarasha kasb-korga ega qilishdan iboratdir. 4.Zamonaviy ta’lim modellari. Globallashuv sharoitida ta’lim shaxsni har tomonlama voyaga yetkazish, unda komillik va malakali mutaxassisga xos sifatlarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bugungi tezkor davr ta’lim oluvchilar, shu jumladan o‘quvchilarni ham qisqa muddatda va asosli ma’lumotlar bilan qurollantirish, ular tomonidan turli fan asoslarini puxta o‘zlashtirilishi uchun zarur shartsharoitlarni yaratishni taqozo etmoqda. Zamonaviy sharoitda ta’lim jaraѐnining barcha imkoniyatlariga ko‘ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilishi talab qilinmoqda. Zamonaviy ta’lim turlari orasida muhim o‘rin tutib tobora ommalashib boraѐtgan ta’lim – modul ta’limi ѐki modulli o‘qitish sanaladi. Mohiyatiga ko‘ra modul modul ta’limi hamda uni tashkil etishda qo‘llaniladigan texnologiyalarining asosini tashkil etadi. Didaktik imkoniyatiga ko‘ra o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan manba, o‘quv materialini mantiqan tugallangan bo‘laklarga ajratib o‘rganish imkoniyatiga ega. Boshqacha aytganda modul modulta’limining asosiy vositasi, tugallangan axborot bloki sifatida talqin etiladi. Ta’limning modul tizimi haqida birinchi marta Tokio shahrida 1972 yilda tashkil etilgan YUNESKOning Butunjahon Konferensiyasida so‘z yuritilgan. Ta’limning bu turi ta’lim jarayonini ilmiy va metodik jihatdan tartibli, izchil, uzluksiz va maqsadga muvofiq tashkil etilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Zamonaviy sharoitda shuningdek, hamkorlik ta’limi, uni tashkil etish o‘ziga xos ahamiyat kasb etmoqda. Bu turdagi ta’limning g‘oyalari o‘tgan asrning 80-yillarida J.J.Russo, K.D.Ushinskiy, V.A.Suxomlinskiy, A.S.Makarenko va b. novator-pedagoglarning qarashlari asosida shakllangan. Hamkorlik ta’limi talabalarda intellektual, ma’naviy-axloqiy, jismoniy qobiliyat, qiziqish, motivlarni rivojlantirish asosida dunyoqarashni hosil qilish maqsadini ilgari suradi. Zamonaviy sharoitda axborot-kommunikatsion texnologiyalarning tezkor rivojlanishi ta’lim jaraѐnida ularning imkoniyatlaridan foydalanish uchun qulay sharoitni vujudga keltirdi. Ayni vaqtda yetakchi xorijiy mamlakatlar masofadan o‘qitish borasida boy tajriba to‘plangan. O‘zbekiston sharoitida mustaqillik yillarida ta’limning bu turini qo‘llashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim oluvchilar an’anaviy texnologiyalarga nisbatan axborot va kommunikatsion texnologiyalar (AKT) yordamida bilimlarni 40-60 foizgacha tez va qisqa muddatda o‘zlashtiradi. Shu bois zamonaviy sharoitda masofadan o‘qitish butun dunyo miqyosida jadal rivojlanmoqda. Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari va elektron nashrlar an’anaviy o‘qitish shakllarining kamchiliklarini bartaraf etishga imkon beradi va bunda ularning barcha afzalliklarini o‘zida saqlab qoladi. Bu turdagi ta’lim o‘quv axborotlari almashuvini ta’minlovchi vositalar (yer sun’iy yo‘ldoshi, televideniye, radio, kompyuter, pochta aloqasi va b.)ga tayangan holda ixtisoslashtirilgan axborot muhitida masofadan turib, ta’lim oluvchilarning keng qatlami hamda xorijiy davlatlarga taqdim etiladigan ta’lim xizmati majmui sanaladi. Masofadan o‘qitishning axborot-ta’lim muhiti ma’lumotlarni uzatish vositalari, axborot resurslari, o‘zaro muloqot bayonlari, foydalanuvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan apparat-dasturiy, tashkiliy-uslubiy ta’minot va boshqalarning tizimiy-tashkiliy majmuidan iborat. Download 23.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling