Mavzu꞉ insonparvarlik tamoyili
Download 77.45 Kb. Pdf ko'rish
|
Insonparvarlik-tamoyili
MAVZU꞉ INSONPARVARLIK TAMOYILI REJA꞉ 1.Tamoyil haqida tushuncha 2.Insonparvarlik tamoyili haqida INSONPARVARLIK — insonning qadri, erkinligi, baxt- saodati, teng huquqliligi toʻgʻrisida, insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shartsharoitlar yaratib berish haqida gʻamxoʻrlik qilishni ifodalovchi tushuncha. Unga koʻra, dunyoda eng qimmatli narsa insondir, bu-tun mavjudot, borliq insonga, uning baxtsaodatiga xizmat qilishi lozim. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakat kishilari haqida gʻamxoʻrlik Insonparvarlikning asosiy masalasidir. Keyingi asrlar davomida Insonparvarlik goyalari gumanizm nomi bilan rivojlandi. Bu atama birinchi marta 19-a. boshlarida fanda ishlatila boshladi va 20-a. ning oʻrtalarigacha jamiyatdagi adolatsizlikni, tengsizlikni tanqid qilishga qaratildi. 2-jahon urushidan ke-yin jahon taraqqiyotida tub oʻzgarishlar yuz berib, haqiqiy Insonparvarlik tomon jiddiy qadamlar qoʻyildi. Buni BMT, YUNESKO kabi xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo tashkilotlar deklaratsiya va hujjatlarida koʻrish mumkin. Insonparvarlik har bir huquqiy, demokratik davlatning hayot qoidalaridan biriga aylanmoqda. Oʻzbekiston oʻz siyosatini Insonparvarlik shartlari, talablari, qoidalariga, Sharq va Gʻarb davlatlarining eng ilgʻor tajribalariga tayanib olib bormoqda. . Ta’lim (o’qitish) jarayoni murakkab hamda ko’p qirralidir. Unda o’qituvchi va o’quvchilar faol ishtirok etadilar. Bu jarayonning muvaffaqiyatli va samarali natijasi ta’lim jarayonining qonun-qoidalari, ya’ni ta’limga qo’yilgan didaktik talablarga qay darajada amal qilishlariga bog’liq O’qitish bilish faoliyatining ajralmas qismi sifatida, insonning tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy qonunlari asosida sodir bo’ladi. Shu sababli shaxsni o’qitish, tarbiyalash, barkamol avlod qilib etishtirish jarayonida bir butunlikda amalga oshirish zarur. O’qituvchi qachonki ta’lim tamoyillaridan xabardor bo’lgandagina uni samarali boshqarish, o’qitishning samarali usullarini to’g’ri tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Ta’lim metodlaridan oqilona foydalanib, ilmiy dars o’tish, o’quvchilarni hayotda o’z o’rnini topishga, ongning shakllanishiga katta asos bõlibxizmat qiladi.O’qituvchining ma’lum fan ilmini o’quvchilar ongiga etkaza olish mahorati, shu o’quvchilarni bo’lg’usi hayot yo’llarini tanlashda muhim ahamiyatga ega. Insonparvarlik — insonning qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huquqliligi toʻgʻrisida, insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shart sharoitlar yaratib berish haqida gʻamxoʻrlik qilishni ifodalovchi tushuncha. Unga koʻra, dunyoda eng qimmatli narsa insondir, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-u saodatiga xizmat qilishi lozim. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakat kishilari haqida gʻamxoʻrlik qilish. Insonparvarlik. Tarbiyaning insonparvarlik gʻoyasi muhim tushuncha boʻlib unda inson yoki shaxsning taqdiri yotadi. Insonparvarlik gʻoyasi har bir xalqning azaliy qadriyati hisoblanadi, umimiy qadriyat hisoblanadi. Masalan ikkinchi jahon urishi yillar[da oʻzbek xalqining turli millat xalqiga insonparvarligi, bolajonligi, xalqparvarligi hamda mehr oqibatliligi misoldir. Tarbiyaning markazida shaxs turar ekan har bir ison komil inson boʻlishga intilishi kerak, shundagina biz kutgan natijaga erishimiz mumkin. ABU Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek, Alisher Navoiy va b. asarlarida Insonparvarlik, inson erkinligi, uning qadr-qimmati gʻoyalari olgʻa surildi. Forobiy insonlarning inoq va doʻst yashashi mamlakatda xalqlar uchun katta foyda keltirishini isbotlashga intilgan va tin-chlikni qatʼiy quvvatlab, butun faoliyatini inson xizmatiga qaratgan. Navoiy inson taqdiri, xalq manfaa-ti, mamlakat haqida gʻamxoʻrlikni asosiy masala qilib qoʻygan. Dunyoda eng qimmatli narsa insondir, degan fikrni olgʻa surgan. Uning fikricha, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-saodatiga xizmat qilishi lozim. Jahon dinlari, jumladan islom dinida ham Insonparvarlik gʻoyalari oʻz ifodasini topgan. Unda faqir, kambagʻal, musofir, muhtoj kishilarga yordam berishga, sahovatli va insofli boʻlishga daʼvat qilinadi. Insonparvarlik tamoyili АВТОР: ADMIN · 29.08.2012 Download 77.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling