Mavzu: “Interfaol darslarda didaktik o’yinlardan foydalanish imkoniyatlari”


Masalan: 1)Bola 10 dan 10 ni olib tashladi va yana 10 hosil bo`ldi, buni u qanday bajardi? (qo`lqoplarini yechdi)


Download 17.6 Kb.
bet7/9
Sana08.06.2023
Hajmi17.6 Kb.
#1464874
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4 topshiriq. bolalar adabiyoti

Masalan: 1)Bola 10 dan 10 ni olib tashladi va yana 10 hosil bo`ldi, buni u qanday bajardi? (qo`lqoplarini yechdi)
2)Likopchada 4 ta konfet bor. Bu konfetlarni 4 ta o`quvchiga 1 tadan bo`lib bering va likopchada 1 ta konfet qolsin (1 o`quvchiga konfet likopchada beriladi)
3)Beshta ikkilik va amal ishoralari bilan berildi. 7;11;15 va bundan sonlarni hosil qiling.
2+2+2+(2:2)=7
(22:2)-2+2=11
(22:2)+2+2+2=15
Oppoq tovuq don cho`qir
Suv ichadi olasi
Qancha tovuq bo`ladi,
Qo`shilganda olasi.
Mening sakkizta oshnam
Hammasi ham mendan kam
Sen o`ngacha sanasang,
Meni aytmay qo`ymaysan. (9)
Yozuv darslarida ta’limiy o`yinlar
Yarimta harf”
Bir o`quvchi biron-bir harfni boshlanishini doskaga chizib ko`rsatadi, ammo harflarning nomini aytmaydi. Ikkinchi o`quvchi shu harfni nomini aytib, yozishni davom ettiradi.
To`g`risini tanlab yoz!”
Doskada 1 ta harf 3-4 xilda yozib qo`yilgan bo`ladi. Shulardan bittasi husnixatga amal qilgan holda yozilgan bo`ladi. Doskadagi o`quvchilar to`g`ri yozilgan variantni topib, qayta yozib ko`rsatadi.
Harflar adashib qoldi”
Magnit doskaga kesma harflardan so`zlar tuzadilar. Undagi biror harfni o`rni almashtirib qo`yilgan bo`ladi. Yoniga shu predmetni o`zi yoki rasmi osib qo`yiladi. O`quvchiga shu predmetni nomini bir necha marta talaffuz qilishi, bo`g`inlab aytishi tavsiya qilinadi va shundan so`ng adashib qolgan harf o`rniga qo`yiladi.
Mehnat darslarida o`yin vositalari
Maqsad: Mehnat darsi : “Mehmon kutamiz” Bolalarga mehmon haqida tushuncha berish, mehmon kutishda dasturxon bezash, idishlarni yuvishga o`rgatish. Maktab oshxonasida ikkita stol bezatiladi va “mehmon kutamiz” o`yini o`tkaziladi. Bolalar 4 tadan ikki guruhga bo`linadi. Har bir guruh bolalari idishlarni yuvishlari, vazaga salfetkalarni to`g`ri va chiroyli solib qo`yishlari kerak bo`ladi.
O`yin bolalarda katta qiziqish uyg`otadi. Mehnat o`z-o`ziga xizmat qila bilish ko`nikmalarini va estetik didni shakllantirishga yordam beradi. Nafaqat o`qish, yozuv, matematika fanlaridan, balki mehnat, rasm, jismoniy tarbiya fanlaridan ham o`yinlar o`tkazish mumkin.
Jismoniy tarbiya. Jismoniy tarbiya fanidan darslarda qo`llash mumkin bo`lgan o`yin elementlari jismoniy tarbiya darslarida ko`proq harakatli o`yinlar o`tkaziladi. Bunda xalq o`yinlaridan, milliy o`yinlardan foydalanish mumkin. Masalan: “podachi” , “otishma” , “durra” , “qirq tosh” , “to`pni aylana ichiga tushir” , “chaqqonlar” , “chavandoz” , “chillak” kabi o`yinlar o`quvchilarni Vatanni himoya qilishga, chidamlilikka o`rgatadi.“Eng chaqqon”
O`yinda 6-8 bola qatnashadi. Tekis joyga to`nka yoki kursi, yashik qo`yiladi. Uni to`nka deyiladi. Kim birinchi, kim ikkinchiligi chek tashlab belgilab olinadi. Bolalar to`nka ustiga o`z buyumlarini qator qilib qo`yadilar. Sakrashga ruxsat berilgach 1- bola yugurib kelib sakrayotgan bola o`z buyumini olishga harakat qiladi, olib o`tsa u bir ochko oladi. Ololmasa 0 ochko oladi agar olayotganda buyumini tushurib yuborsa oldingi ochkosidan mahrum bo`ladi.

Download 17.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling