Mavzu: Internet-marketing bilan ishlash


Internet-marketingning asosiy maqsadlari


Download 1.04 Mb.
bet2/4
Sana07.04.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1339357
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish “Internet-Marketing”

Internet-marketingning asosiy maqsadlari
Internet-marketingning asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi:
• Kompaniyalarning internet-resurs (sayt)iga kirishni oshirish,
potensial mijozlarni ko‘proq miqdorini jalb etish;
• Kompaniyalar internet-resurs (sayt)i orqali yangi mahsulot va
xizmatlarni reklama qilish;
• Kompaniyalar internet-resurs (sayt)i orqali yangi mahsulot va
xizmatlarni sotuvini ko‘paytirish;
• Kompaniyalar internet-resurs (sayt)i orqali kompaniya imidjini
yaxshilash;
• Kompaniyalar internet-resurs (sayt)i orqali kompaniya brendining
tanilishini oshirish;
• Maqsadli auditoriya ehtiyojlarini o‘rganish maqsadida analitik tadqiqotlar o‘tkazish;
• Internet-resurs (sayt) tashrif buyuruvchilarini doimiy obunachilarga aylantirish ishlari;
• Kompaniyalarningmarketingxarajatlariniqisqartirish.
Ma'lumki, an'anaviy marketingning bazaviy modellaridan biri – 4R marketing majmui bo‘lib, u yerda bozor maqsadlariga erishishning asosiy vositalari Price (Narx), Product (Produkt), Promotion (Reklama) va Place(Joylar)dir:

Price (Narx) – narxning belgilanishi yoki kompaniyaning narx siyosati. Kompaniyaning bozorga chiqish strategiyasi narxga bog‘liq.


Product (Produkt) – kompaniyaning bozorda taklif qila oladigan mahsuloti yoki xizmati.
Promotion (Reklama) – marketolog mahsulot obrazini yaratgan vositalar, uning bozordagi o‘zlashtirilishi. Ularga reklama, PR (public relation), marketing kommunikasiyalari kiradi.
Place (Joy) – mahsulotni sotish joyi. Bunda sotish punktlari, logistika va hisob-kitob hisobga olinadi.
Internet-marketing bozor maqsadlariga erishish uchun boshqa vositalar to‘plamiga ega bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardir:
• Kontent-marketing;
• Trafik;
• Qidiruvreklamasi(SEO);
• Kontekstlireklama;
Targeting;
• Konversiya;
• Yuzabiliti(usability).
Kontent-marketing – bu maqsadli auditoriyani jalb etishga qaratilgan
uzoq muddatli marketing strategiyasidir.
Trafik – Internet-marketing holatida kompaniya internet-resursi
(sayti)ga kirganlar soni.
Qidiruv reklamasi (SEO) – foydalanuvchilar talabnomasiga ko‘ra
qidiruv natijalari bo‘yicha yanada yuqori pozisiyalarga ega bo‘lish maqsadida kompaniya internet-resurs (sayt)ini yaxshilash tadbirlari.
Kontekstli reklama – bu kompaniyaning Internetdagi matn yoki banner ko‘rinishidagi reklamasi.
Targeting – bu muayyan mezonlar (yosh, jins, qiziqishlar) bo‘yicha maqsadli auditoriya tanlash vositasidir.
K
onversiya – bu foydalanuvchilarning kompaniya internet-resurs (sayt)iga bo‘lgan tashriflar sonining nisbati bo‘lib, bunda maqsadli auditoriya tashriflarining umumiy soniga nisbatan qandaydir harakatlar amalga oshirilgan.
Yuzabiliti – kompaniya internet-resurs (sayt)idan foydalanish qanchalik qulayligini ko‘rsatuvchi tavsif.

Internet-marketingning ushbu vositalari haqida darslikning keyingi bo‘limlarida batafsilroq ko‘rib chiqamiz.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling