Mavzu: internet va uning tarixchi uchun imkoniyatlari. Tarixiy tadqiqotlarda qidiruv tizimidan foydalanish


Download 111.77 Kb.
bet4/10
Sana16.06.2023
Hajmi111.77 Kb.
#1509963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Raqamli tarix

ism@xizmatchi.domen
Ism – ushbu bo‘limga Siz hohlagan nomni qo‘yishingiz mumkin. Masalan: laqabingiz, yaxshi ko‘rgan nom bilan o‘zingizni ismingiz, yoki ismingiz bilan tug’ulgan yilingiz.
@ – elektron pochtaning belgisi.
Xizmatchi – elektron pochtani qilib beradigan xizmatchi. Masalan : Mail, Gmail, Yandeks Pochta va boshqalar.
Domen – elektron pochtani qilib beradigan xizmatchining domeni (manzili).
Sizning pochtangiz ham shunga o‘xshagan bo‘ladi !
Demak, pochta haqida to‘liq bilib oldik va endi uni yaratishga o‘tamiz.
Birinchi qadam. Gmail.Com saytiga o‘tib “Sozdat akkaunt” degan tugmaga bosamiz :X

Ikkinchi qadam. Ismingiz bilan familiyangizni kiriting :

Uchinchi qadam. Yangi pochtangizga yangi ism kiriting. Masalan : “MeningLaqabim”:

To‘rtinchi qadam. Yangi parol toqib, uni yana bir bor kiriting:

Beshinchi qadam. Tug’ulgan sanangiz bilan jinsingiz tanlang:

Oltinchi qadam. Telefon raqamingizni kiritib, mamlakatingizni tanlang:

Yettinchi qadam. “Dalee” tugmasini bosing:

Sakkizinchi qadam. Chiqib kelgan oynachani pastga tushurib “Prinimayu” degan tugmaga bosamiz:

To‘qizinchi qadam. Pochta yaratildi, endi ishlatishni boshlashingiz mumkin!

Websayt (boshqa variantlari: veb-saytveb saytwebsiteweb site yoki shunchaki sayt; inglizcha: web – “toʻr” va site – “joy”) deb komputer tarmogʻidagi bir elektron manzilda joylashgan elektron hujjatlar majmuiga aytiladi. Elektron manzil domen yoki IP shaklida boʻladi. Vebsaytni veb sahifadan farqlash lozim: veb sahifa vebsaytdagi sahifalardan biri, xolos. X
WWW ya’ni World Wide Web internetning bir qismi bo`lib, butunjahon o`rgimchak to`ri ma’nosini anglatadi. WWW da axborot maxsus sahifalarda, ya’ni veb-sahifalarda joylashadi. Veb-sahifaga matn, rasm, tovush, videotasvir va hokazo ko`rinishdagi axborotlarni joylashtirish mumkin. Bitta tashkilot yoki xususiy shaxsga tegishli va mazmuniga ko`ra o`zaro bog`langan bir nechta Veb-sahifalar majmui Veb-saytdeyiladi. Veb-saytni kitobga, Veb-sahifani esa kitobning sahifasiga o`xshatish mumkin. Veb-saytdagi Veb-sahifalar o`zaro gipermatn yordamida bog`lanadi. Gipermatn Veb-sahifaning biror qismiga yoki boshqa Veb- sahifaga bog`liqligini ko`rsatuvchi bo`lib, u so`z yoki rasm ko`rinishida bo`lishi mumkin. Gipermatn yordamida Veb-sahifaning kerakli qismiga yoki boshqa Veb-sahifaga tez va oson o`tiladi, bu hol kerakli qism yoki Veb-sahifaga gipermurojaat deb ataladi. Veb-saytlar ham, Veb-sahifalar ham Veb-server deb ataluvchi Internetga ulangan maxsus kompyuterlarda saqlanadi va o`z manziliga ega bo`ladi.
1960-yillarning oxirida Ted Nelson ismli olim gipermatn tushunchasini yaratdi. Bu kontseptsiya butun olam to`rining asosini tashkil etadi. Unda xujjatlar va sahifalar orasida bog`lanishlar ko`zda tutilganligini alohida ta'kidlab o`tish kerak. Nelson axborotni o`rganishning yangi usulini taklif qildi. U o`quvchiga ma'lumotlarni kitobdagi kabi ketma-ket joylashgan tarzda emas, balki o`quvchiga qulay bo`lgan va zarurat tug`ilganda turli joylarda joylashgan sahifalarga ham o`ta olish imkoniyatiga ega bo`lgan tarzda tasvirlashni hoxlagan edi. Bu usulda kitobni boshidan oxirigacha o`qish va axborotni ketma-ket o`zlashtirish o`rniga o`quvchi o`zi tushunmagan biror so`zni ajratib olishi va bu so`z haqida ko`proq ma'lumotga ega bo`lishi mumkin.
Nelson o`zi taklif etgan usulni quyidagicha tasavvur qilgan edi. Masalan, konstitutsiyani o`qib turib saylov tizimi tushunchasiga duch keldingiz, shu yerdan boshqa xujjatni ochib, saylov tizimi qanday ishlashi haqidagi batafsil ma'lumotlarni olasiz. U yerdan saylov tizimining tashkil etilgan paytidan hozirgi kungacha bo`lgan tarixi aks etgan xujjatga o`tasiz. Bu xujjatdan sobiq prezidentlardan birining tarjimai holiga o`tdingiz. U yerda prezidentning sevimli mushugi haqida o`qib turib, hayotingizdagi birinchi mushukni qanday boqishga bag`ishlangan xujjatga, bu xujjatning paypoqlar va mushuklar to`g`risida gap borgan qismidan paypoqlarga bag`ishlangan boshqa xujjatga va xokazolarga o`tishingiz mumkin. Nihoyat, o`qishni tugatganingizda saylov tizimiga umuman aloqasi yo`q, lekin siz qiziq va foydali, deb hisoblagan ma'lumotda to`xtaysiz. Bu esa hozirgi kunda internetda foydalaniladigan gipermatnning o`zginasidir.

Download 111.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling