Mavzu: internet vpn reja: vpn haqida


Download 172.34 Kb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi172.34 Kb.
#1057370
1   2   3
Bog'liq
8-MUSTAQIL ISH KIBERXAVFZILIK

Masalan, siz ishlaydigan kompaniya masofadan turib ishlaydigan xodimlari uchun virtual xususiy tarmoqdan foydalanishi mumkin. VPN yordamida ular ishchi tarmoqqa ulanadilar. Bunda ularning kompyuter, smartfon yoki planshetlari virtual tarzda ofisga ko‘chiriladi va tarmoqqa ichkaridan ulanadi. Virtual xususiy tarmoqqa ulanish uchun VPN-server manzilini, login va parolni bilish kerak bo‘ladi.

VPN’dan foydalanish o‘ta oson. Odatda kompaniya qayerdadir lokal kompyuterda, serverda yoki data-markazda VPN-server yaratadi; unga ulanishlar esa foydalanuvchi qurilmasidagi VPN-kliyent dasturi orqali amalga oshiriladi.

Hozirda barcha ommabop operatsion tizimlar – Android, iOS, Windows, macOS, Linux va boshqalarda VPN-kliyent dasturi avvaldan mavjud.

Kliyent va server orasidagi VPN-ulanish esa, odatga ko‘ra, shifrlangan bo‘ladi.

Demak, VPN bo‘lgani yaxshimi?

Ha, agarda siz biznes sohibi bo‘lib, korporativ ma’lumotlaringiz va servislaringizning xavfsizligini ta’minlashni istasangiz, VPN juda yaxshi narsa. Ish muhitiga xodimlaringizni faqat VPN orqali hamda maxsus akkauntlari bo‘yicha o‘tkazasiz va kim nima qilganiyu qilayotganidan hamisha boxabar bo‘lasiz.

Bundan tashqari, VPN egasi server va foydalanuvchi o‘rtasida uzatilayotgan barcha trafikni monitoring qilishi va nazorat etib borishi mumkin.

Xodimlaringiz Feysbuk, Odnoklassniki kabilarda ko‘p o‘tirishadimi? Bu servislarga kirishni yopib qo‘yishingiz mumkin. Ular orasida kimdir o‘z ish kunining yarmini karikaturalar saytida o‘tkazadimi? Uning internetdagi faolligi avtomatik tarzda loglarga yozilib boradi va o‘zini ishdan bo‘shatish uchun dalil bo‘lib xizmat qiladi.

Ishdan tashqarida ham VPN’dan foydalansa bo‘ladimi?

Ha. VPN-xizmatlarning eng keng tarqalgan ko‘rinishi bepul ommaviy servislar hisoblanadi. Google Play, App Store va internet kengliklarida bunaqalari tiqilib yotibdi. Ular bepul VPN taqdim etishadi va u bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlarni o‘zlari ko‘tarishadi. Jumladan, data-markaz xizmatlari to‘lovi, qulay ilovani ishlab chiqish xarajati, qo‘llab-quvvatlash sarflarini ham o‘z zimmalariga olishadi.


Download 172.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling