Mavzu: internet vpn reja: vpn haqida


Download 172.34 Kb.
bet3/3
Sana24.12.2022
Hajmi172.34 Kb.
#1057370
1   2   3
Bog'liq
8-MUSTAQIL ISH KIBERXAVFZILIK

Evaziga esa ularga faqat bir narsa – sizning internetda nimalar qilayotganingiz haqidagi ma’lumot kerak, xolos. Bu ma’lumotdan ular sizning «raqamli portret»ingizni yaratib, reklama beruvchilarga sotishadi. Birato‘la ular sizning qiziqishlaringizga ko‘ra reklama uzatib turishadi. Hammasi oddiy va adolatli.

Pulli VPN-servislar – umuman boshqa narsa. Nazariy jihatdan qaraganda, ular abonent to‘lovi evaziga yashashadi va foydalanuvchining ma’lumotlarini sotish yoki reklama uchun ishlatishmaydi. Ammo shunisi borki, ularning bu boradagi halolligini aniqlash o‘ta mushkul. Ehtimol, bu ayyor servis sizdan abonent to‘lovini ham olib, yana reklama beruvchilarga ma’lumotlaringizni ham sotayotgan bo‘lishi mumkin.

Pulli VPN-servislar – umuman boshqa narsa. Nazariy jihatdan qaraganda, ular abonent to‘lovi evaziga yashashadi va foydalanuvchining ma’lumotlarini sotish yoki reklama uchun ishlatishmaydi. Ammo shunisi borki, ularning bu boradagi halolligini aniqlash o‘ta mushkul. Ehtimol, bu ayyor servis sizdan abonent to‘lovini ham olib, yana reklama beruvchilarga ma’lumotlaringizni ham sotayotgan bo‘lishi mumkin.

Vahimachilarning yana bir toifasi bor – o‘zining shaxsiy hayotini «tepada» kimdir kuzatishi mumkinligidan xavotirlanuvchi oddiy fuqarolar. Ular anonimlikni va kuzatishlardan himoyani yuqori darajada kafolatlovchi VPN xizmatlarini tanlashadi. Muammo shundaki, bunaqa servislarning aksariyati, huquqni himoya qiluvchi idoralarning birinchi so‘rovidayoq foydalanuvchi haqidagi ma’lumotni qo‘shqo‘llab uzatadi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, VPN’ni bir nechta yo‘lni o‘zaro bog‘lovchi tunnelga qiyoslash mumkin. Uning ichida nima bo‘layotganini tashqaridan hech kim bilolmaydi, faqat… egasidan boshqa! Ha, uning kuzatuv kameralari tunnelning har bir qarich joyiga o‘rnatilgan. U hammasini ko‘rib turadi va ko‘rganlaridan o‘zi istaganicha foydalanishi mumkin.

Unda VPN nega kerak?

VPN geografik va boshqa to‘siqlarni aylanib o‘tish imkonini beradi.

Deylik, siz Spotify xizmati orqali musiqa tinglamoqchisiz, ammo bu servisga O‘zbekistondan turib kirib bo‘lmasligini bilib, achinyapsiz. Undan foydalanishning yaxshi yo‘li – internetga Spotify ishlaydigan biror mamlakatdagi VPN-server orqali kirishdir.

VPN – bu foydali va kerakli texnologiya, u o‘ziga yarasha vazifalarni yaxshi bajaradi. Ammo bunda shaxsiy ma’lumotlaringizning xavfsizligi VPN xizmatini taqdim etuvchining vijdoniga bog‘liq.


Download 172.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling