Mavzu: Inventar va xo‘jalik jihozlari hisobi. Reja: Kirish


Inventar va xo’jalik jixozlari xisobdan chiqarish tartibi


Download 193.5 Kb.
bet5/7
Sana18.11.2023
Hajmi193.5 Kb.
#1786020
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu Inventar va xo‘jalik jihozlari hisobi. Reja Kirish

Inventar va xo’jalik jixozlari xisobdan chiqarish tartibi

Inventarlar va xo‘jalik buyumlarining sotilishi, bepul berilishi, ta’sis badali sifatida kiritilishi 9220 «Boshqa aktivlarni sotilishi va turli chiqimlari» schetining debetida va 1080- schetning kreditida tannarxi bo‘yicha aks ettiriladi.
Xomashyo va materiallar qabul qilgan korxonalar ularning qiymatini mol yetkazib beruvchilarga qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bilan birgalikda to‘laydi. Mol yetkazib beruvchi korxona olingan tushumdan QQSni byudjetga to‘laydi.Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) tovarlarni sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yangi hosil qilingan qiymatga asoslangan holda sof daromadning bir qismini budjet daromadiga olib qo‘yishning bir shaklidir. QQS 15 foizlik stavkada undiriladi.
QQS ikki xil usulda hisoblanadi:1) Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi belgilangan stavkalar asosida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
SQQS = STob * SS/100;
Bunda: SQQS – iste’molchilardan undiriladigan soliq summasi;
STob - soliqqa tortiladigan aylanma;
SS — qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi.
2) Tovar (ish, xizmat)lar qo‘shilgan qiymat solig‘ini o‘z ichiga olgan narxlar va tariflar bo‘yicha sotilganida soliq quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
SQQS = Tq*SS/(SS+100);
bunda: Tq — qo‘shilgan qiymat solig‘i ham hisobga olingan Tovar (ish, xizmat)lar qiymati.
Tovar-moddiy zaxiralar — faoliyat yuritish jarayonida keyinchalik sotish maqsadida saqlab turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar.
Tovar-moddiy zaxiralar aktiv sifatida tan olinadi, agar:
tashkilotga aktiv bilan bog‘liq kelgusidagi iqtisodiy naf kelishiga ishonch mavjud bo‘lsa;
aktiv qiymatini ishonchli baholash mumkin bo‘lsa;
ularga bo‘lgan mulk huquqi o‘tsa.
Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning buxgalteriya balansiga quyidagilar natijasida kiritilishi lozim:
mahsulot yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi bo‘yicha xarid qilish;
ta’sischilardan tashkilotning ustav kapitaliga ulush sifatida kelib tushishi;
ta’sischilar tarkibidan chiqishda yoki tugatilayotgan tashkilotning mol-mulki uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanayotganda tashkilotning ilgari boshqa tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan ta’sis ulushi qaytarilishidan kelib tushishi;
bepul kelib tushish (hadya shartnomasi bo‘yicha);
ayirboshlash;
uzoq muddatli aktivlar tarkibidan o‘tkazish;
ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarni aniqlash;
ilgari berilgan tovar qarzining qaytarilishi yoki tovar qarzini olish;
tashkilotning o‘zida tayyorlanishi;
hisobot davri oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish sifatida hisobga olinadigan ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish;
tovar-moddiy zaxiralarga bo‘lgan mulk huquqi olinishiga olib keladigan boshqa operatsiyalar va hodisalar.
Tovar-moddiy zaxiralarni baholash quyidagi ikkita qiymatlardan eng pasti bo‘yicha amalga oshiriladi:
balans tuzilayotgan sanadagi tannarx (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi);
balans tuzilayotgan sanadagi realizatsiya qilishning sof qiymati.
Buxgalteriya hisobida tovar-moddiy zaxiralarning tegishli tarzda tan olingan tannarxi qonun hujjatlari va mazkur Standart bilan belgilangan hollardan boshqa holatlarda o‘zgartirilmaydi.
Tashkilot tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yetkazib beruvchilardan tovar-moddiy zaxiralar olish uchun ishonchli shaxsga yozma ishonchnoma beradi. Ishonchli shaxs unga ishonchnoma bo‘yicha berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladi. 
Tovar-moddiy zaxiralar berilganidan keyin ishonchnoma ishonchnomalar bo‘yicha topshirilayotgan boyliklarning oxirgi turkumini berish uchun hujjat bilan birga buxgalteriyaga topshiriladi.
Tashkilot ishonchnomalari bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralar quyidagi hollarda berilmaydi:to‘ldirish tartibini buzgan holda yoki to‘ldirilmagan rekvizitlar bilan berilgan ishonchnomalar taqdim etilganda; tuzatilgan va bo‘yalgan joylari mavjud bo‘lgan ishonchnomalar taqdim etilganda; ishonchnomada ko‘rsatilgan shaxsning pasporti taqdim etilmaganda;
ishonchnoma berilgan muddat tugaganda;
qabul qilib oluvchidan ishonchnoma bekor qilinganligi to‘g‘risida xabar olinganda;
uning nomidan ishonchnoma berilgan yuridik shaxsning faoliyati to‘xtatilganda.
Inventar va xo’jalik jihozlari qiymatining ularni foydalanishga berishda hisobdan chiqarish tartibi, shuningdek, ularning qiymatini xarajatlarga kiritishning foydalanilayotgan usuli tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.
Inventar va xo’jalik jihozlarini qiymatini balansdan tashqari hisobvaraqlardan chiqarish u xaqiqatda hisobdan chiqarilganda va birlamchi hisob hujjatlar bilan tasdiqlangan taqdirdagina amalga oshiriladi.
Xulosa
Korxonalarda materiallardan tejab-tergab foydalanish bevosita buxgalteriya hisobini tashkil etishga bog‘liq bo‘lib, uning asosiy maqsadi material harakatini dastlabki hujjatlarda to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda ularning ichki nazoratini ta’minlash, shuningdek, xarajat sifatida sarflashda samarali bo‘lgan baholash usullarini qo‘llash natijasida mahsulot tannarxini obektiv tarzda shakllantirish hisoblanadi. Inventarizatsiya jarayonida quyidagilar tekshiriladi: tovar-material qiymatliklarning butligi; ularning to‘g‘ri saqlanishi, jo‘natilishi, tarozi va o‘lchov instrumentlarining holati; material qiymatliklar harakati va qoldig‘ini hisobga olish tartibi. Tekshirish hajmi bo‘yicha yoppasiga va tanlab, oralatib tekshirish, vaqti bo‘yicha esa – rejali va to‘satdan tekshirishga bo‘linadi. Inventarizatsiyani korxona rahbari tashkil qiladi va boshqaradi. Inventarizatsiya o‘tkazish ishini korxona rahbarining buyrug‘i bilan tayinlanadigan komissiya bajaradi. Inventarizatsiya o‘tkazish vaqtiga buxgalteriya tomonidan omborlar bo‘yicha buxgalteriya hisobidagi qoldiqni ko‘rsatib tovar-material qiymatliklar inventarizatsiya ro‘yxati bu davrda ombor muomalalari amalga oshirilmaydi.
Materiallarni sotib olish harajatlari sotib olish qiymatini, import bojlari vayigimlarni, mahsulotni sertifikatsiya qilish harajatlarini, ta’minot, vositachitashkilotlarga tulangan komission to‘lovlarni, soliqdarni (keyinchalik Hisob-kitobtarzida), shuningdek transport-tayyorlov harajatlari, xizmat va zaxiralarni sotib olishbilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa harajatlarni o‘z ichiga oladi. Savdo diskontlari, siylovlari va shunga uxshash boshqa chegirmalar materiallarni sotib olish harajatlarinibelgilashda amalga oshiriladi. Boshqa harajatlar, agar ular materiallarni manziligaekazish paytida paydo bo‘lgan takdirdagina tovar-moddiy zaxiralarning tannarxigakiritiladi. Masalan, ishlab chiqdrish bilan bog‘liq bulmagan qo‘shimcha harajatlar yoki-muayan mijozlar uchun mahsulot ishlab chiqarish sarflarini materiallar klimata bo‘yichaharajatlarga kiritish imkoniyati vujudga kelishi mumkin.

Download 193.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling