Mavzu. Investitsion dasturlarni moliyalashtirish


Download 28.02 Kb.
bet1/4
Sana22.02.2023
Hajmi28.02 Kb.
#1223195
  1   2   3   4
Bog'liq
6-semestr. 4-mavzu INVESTITSION DASTURLARNI MOLIYALASHTIRISH


    1. MAVZU. INVESTITSION DASTURLARNI MOLIYALASHTIRISH REJA:

      1. Xo'jalik yurituvchi sub’ektlarni tarkibiy jihatdan qayta qurish - kompleks muammo

      2. Xo'jalik yurituvchi sub’ektning innovatsioninvestitsion strategiyasini shakllantirish

      3. Investitsiyalar: manbalari, baholash va samaradorlik


    1. Xo'jalik yurituvchi sub’ektlarni tarkibiy jihatdan qayta qurish -

kompleks muammo
Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilmasini qayta qurish jarayonida sanoat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ilg‘or sifat takror ishlab chiqarish siljishlariga, bevosita tovar ishlab chiqaruvchilaming investitsion va moliyaviy faoliyatini ta’minlashga, bozor sharoitida ularning samarali ishlashlariga erishish uchun kompleks choralar tizimini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakat iqtisodiyoti uchun uning xom-ashyo yo‘nalishiga ega ekanligini o'zgartirish strategik nuqtai-nazardan uzoq muddatli ustuvor yo'nalish hisoblanadi. Bu yuqori texnologik yangi ishlab chiqarishni tashkil etish, qayta ishlab chiqaruvchi tarmoqlami yuqori sur’atlarda rivojlantirish, import o'rnini bosuvchi dasturni amalga oshirish zarurligini taqoza etadi. Sanoatni xom-ashyoni kompleks chuqur qayta ishlashga yo'naltirish asosida va bozorlarda yuqori texnologiyali mahsulotlaming sotilishini oshirmay turib samarali taraqqiyotga erishib bo'lmaydi. Bu taraqqiyotning innovatsioninvestitsion tipiga o'tish maqsadida qo'shimcha moliyaviy resurslami olish uchun samarali yo'l hisoblanadi.
Mashinasozlik va metalni qayta ishlashni yuqori sur’atlarda rivojlantirish XYuSlarning tarkibiy tuzilmasini qayta qurishda ustuvor
vazifadir. Takror ishlab chiqarishning intensiv tipiga o'tish ilmiytexnika taraqqiyotini tezlashtirishda mashinasozlik ta’siri o'sishini talab qiladi. Iqtisodiyotning mashinasozlik tarmoqlari esa moliyalashtirishning yangi manbalarini jalb qilish asosida ishlab chiqarishning texnologik jihatdan yangilanishini kuchaytirishga ehtiyoj sezadi.
Mashinasozlik kompleksini rivojlantirish uchun mashina va asbob-uskunalarning m ustahkam ligi va sifatini oshirish, mashinasozlik buyumlarining absolyut va nisbiy salmog'ini (texnik o'lcham birligiga nisbatan) kamaytirish yo'li bilan mahsulotlaming metall va energiya sig‘imlarini kamaytirish muhim hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan qayta qurish resurslami tejab-tergash jarayoni va iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishi bilan uzviy bogMiq. Shu bilan birgalikda xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish ijtimoiy ahamiyatining o'sishiga ham alohida e’tibor bermoq lozim. Iste’mol talablarini qondirish muammosi o'tkirligicha qolayotir, chunki uzoq yillar davomida iste’mol predmetlarining salmog'i va ularning sifati sanoatda pastligicha qolib kelmoqda.
Iqtisodiyotning ijtimoiy yo'naltirilganligiga javob beruvchi ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish uzoq muddatli investitsion va moliyaviy resurslami jalb qilish bilan bog'liq. Xuddi shu maqsadlarga kichik biznesni samarali rivojlantirish ham xizmat qiladi. Ishlab chiqarishning fan sig'imini oshirish uchun moliyaviy resurslami jalb qilish bo'yicha kompleks choralar alohida ahamiyatga ega. Marketing sohasida ta’sirchan (harakatchan) siyosatni amalga oshirish, ishlab chiqarishni texnologik jihatdan yangilash va mahsulotlar yangi turlarini o'zlashtirishning oqilona strategiyasini tanlash kerak.
Ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan qayta qurish zamonaviy bozor infratuzilmasini yaratish, xususan, iqtisodiyotning transportkommunikatsion
kompleksini rivojlantirish bilan o'zaro bog'langan. Uning vazifasi transport chiqimlarini qisqartirish va xizmatlaming sifatini oshirish hisobidan iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida transport xarajatlarini kamaytirishdan iborat. Xalqaro andazalarga mos keladigan raqobatbardosh mahsulotlami ishlab chiqarishning murakkabligini inobatga olgan holda dunyo ishlab chiqaruvchilarining markasidan foydalanib qo'shma XYuSlarga asos solish va ulaming rivojlanishini ta’minlash ham muhim ahamiyatga ega.




    1. Download 28.02 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling