Mavzu: investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari va usullari
Download 150.76 Kb.
|
Kurs ishi 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Murakkab foizlar.
Oddiy (sodda) foizlar. Farz qilaylik, investitsiya qilish uchun qandaydir boshlang’ich R pul mablag’lari mavjud. Investitsiya qilish natijasida ma’lum vaqt muddati (n davrlarda) o’tganidan keyin boshlang’ich summa iPn (i – foiz stavkasi bo’lib, u bo’yicha boshlang’ich R summaga foizlar qo’shiladi) miqdorga o’zgaradi. Ya’ni boshlang’ich summa R ma’lum davrlar (n) o’tishi bilan iPn miqdorga oshib, natijada S (ortgan summa) miqdor hosil bo’ladi:
S = P + iPn = P(l + in). (1 + in) ifoda oddiy foizlar bo’yicha orttirma ko’paytiruvchi deb nomlanadi. Orttirilgan summa S boshlang’ich summa orqali topilgan; foiz stavkasini (i) dekursiv stavka deyiladi. 8-chi ifodadan boshlang’ich R summani topish mumkin. Bunda R miqdorini S orqali uni d foiz stavkasi (antisipativ stavka) bo’yicha diskonlash yo’li bilan topish mumkin, ya’ni: P = S-ndS = S(1-nd). (1-nd) ifoda orttirma ko’paytiruvchi deyiladi. Oddiy foiz stavkalari ko’proq qisqa muddatlardagi hisoblarda qo’llaniladi. Shu munosabat bilan n bir yildan kam davrlarda dekursiv va antisipativ stavkalarni amaliyotda qo’llash xususiyatlarini ko’ramiz. Dekursiv stavka holatida i miqdori quyidagicha qabul qilinadi: yoki (t – foizni hisoblash kunlari soni). Agar antisipativ stavka (d) qo’llanilsa, unda: Murakkab foizlar. Bir muncha murakkab holatni foizlarning kapitalizatsiyasini hisobga olib ko’ramiz. Shunga o’hshash murakkab antisipativ stavka uchun quyidagi ifodani olish mumkin: P=S(1-d)n Bunda orttirish ko’paytiruvchi sifatida quyidagi ifoda bo’ladi: Agar qimmatli qog’ozlar daromadliliklarini solishtirishda alterna-tiva sifatida bankdagi depozit qo’yilma daromadliligi tanlansa, unda daromadlilikning alternativ metodini hozirgi vaqtgacha keng qo’llanib kelayotgan pul oqimlarini diskontlash metodi bilan mos kelishini ko’rish mumkin. Bunda quyidagi savollarga javob topish lozim • bazaviy sifatda qabul qilingan tijorat banklarining depozit stavkasi miqdori to’g’risida; • bankda pullarni oddiy yoki murakkab foiz stavkalarda hisoblab borish sxemasi to’g’risida. Birinchi savolga javobni odatda quyidagicha ifodalaydilar: “bazaviy sifatda ishonchli va barqaror ishlayotgan bank stavkasini tanlash lozim”. Ba’zan bazaviy stavka sifatida Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi olinadi. Lekin bu stavka o’zining bozor tomonidan belgilanmas-ligi, balki Markaziy bank tomonidan bozorga ta’siri ko’rsatish uchun qo’llanishi bilan qoniqtirmaydi. Ammo ko’p masalalarni echishda yordamga mahsus belgilanadigan bank stavkasi kelishi tufayli, uni baza sifatida olish lozim. Download 150.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling