Mavzu: investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari va usullari
Download 150.76 Kb.
|
Kurs ishi 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2 Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda qimmatli qog’ozlar bozorining o’rni
fyuchers (futures) - o’zida nazarda tutilgan muddatda muayyan miqdordagi qimmatli qog’ozlarni qat’iy belgilangan narxda sotib olish yoki sotish majburiyatini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog’oz.
Fyuchers shartnomalari birjalarda sotiladigan qimmatli qog’ozlarga ham, tovarlarga ham taqdim etilishi mumkin. Fyucherslarning asosiy belgisi – narxining aniqligi va ijro etishning majburiyligidir. Fyucherslar shartnoma bo’yicha sotib olinadigan qimmatlikka egalik qilish huquqining bir qo’ldan boshqa qo’lga zudlik bilan o’tkazilishini nazarda tutmaydi. Fyucherslar yordamida qonun bilan kafolatlangan majburiyat sotib olinadi, bu bitim sifatida rasmiylashtirilishi mumkin. Fyuchersning o’ziga xos belgisi shundan iboratki, ular mazkur qimmatliklar (sotuvchilarda yoki umuman) ayni yilda bormi yoki yo’qmi, undan qati nazar, sotilishi mumkin. O’zbekistonning qonun hujjatlariga ko’ra, fyuchers – bu ma’lum qimmatli qog’ozlarni shartnomada belgilangan narxda ma’lum kelajak sanada sotib olish yoki sotish uchun so’zsiz majburiyatni tasdiqlovchi qimmatli qog’oz (shartnoma)dir. Bazis aktivi birinchi marta muomalaga chiqarilayotgan qimmatli qog’oz bo’lgan fyucherslarni chiqarishga yo’l qo’yilmaydi. 2.2 Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda qimmatli qog’ozlar bozorining o’rni Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida moliya bozorining ajralmas tarkibi hisoblangan qimmatli qog’ozlar bozori (QQB) mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida muhim o’rin tutadi. QQBning iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonidagi rolini oshirish mamlakatimiz oldida turgan ustuvor vazifalardan sanaladi. Ya’ni, uning iqtisodiyotdagi roli va ahamiyatini oshirish uchun quyidagi muammolar samarali echim topishiga erishish vazifalarini bevosita hal etish bilan bog’liq bo’ladi: investitsiyalarni faol jalb qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni rivojlantirish, inflyatsiyani pasaytirish, barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash. Ushbu muammolarni hal etish QQBning raqobatbardoshligi, xavfsizligi, barqarorligi, likvidligi, investorlar uchun jozibadorligi va risksizligi darajasini ta’minlash bilan uzviy bog’liq bo’lib, turli tashqi va ichki omillar ta’sirini hisobga olish muhim hisoblanadi. Yuqoridagi rasmda QQB ishtirokchilarini alohida guruhlarga bo’lib tavsiflangan. Ushbu guruhdagi barcha ishtirokchilar QQB bilan uzviy bog’liqlikda faoliyat ko’rsatadi va QQBning yaxlit infratuzilmasini ta’minlaydi. Bularga quyidagilar kiradi: muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchilar, emitentlar, professional ishtirokchilar hamda investorlar. Moliyaviy globallashuv sharoitida rivojlanayotgan dunyoning barcha mamlakatlari uchun muhim muammo iqtisodiyotda o’z milliy QQB rolini oshirish, bunda iqtisodiyotni modernizatsiyalash, sanoatni rivojlantirish, inflyatsiyani pasaytirish, iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash maqsadida investitsiyalar jalb qilishni ta’minlash hisoblanadi. Ushbu muammoni hal etishning muhim shart-sharoitlari QQBdagi investitsiyalar, jamg’armalar, iqtisodiy o’sish, inflyatsiya, davlat institutlari faoliyati va monetizatsiya o’rtasida chambarchas aloqalar mavjudligi hisoblanadi. Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqib aytish mumkinki, mamlakatimiz QQB rivojlanishini tahlil qilish bugungi kunning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Fond bozori mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida, iqtisodiyotga moliyaviy investitsiyalarni jalb etishda muhim o’rinni egallaydi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish, investorlar huquq va manfaatlarini ta’minlash, investitsion muxitni sog’lomlashtrish qimmatli qog’ozlar bozorini samarali rivojlanish investitsiyalar hajmini oshirish imkoniyatini yaratadi. Qimmatli qog’ozlar investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda muhim o’rinni egallaydi. Ular o’zida mulkiy va nomulkiy munosabatlarni mujassamlashtirgan xolda, iqtisodiyotda resurslarni tarmoqlar o’rtasida taqsimlash, investitsiyalarni jalb etish, daromad olish imkoniyatini yaratadi. Qimmatli qog’ozlar moliyaviy investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb etishning muhim vositalari hisoblanib, iqtisodiyotning xavfsizligi va raqobatbardoshligini ta’minlaydi.Ulushga egalik qilishni tasdiqlovchi vositalar Aksiyadorlik kapitalini ko’paytirish,samarali korporativ boshqaruvda ishtirok etish va belgilangan tartiblarga muvofiq dividendlar olish imkoniyatini yaratadi. Iqtisodiyotda portfel investitsiyalar hajmini oshirish, chet el investorlarini mablag’larini samarali jalb etish, bozorning integratsiyalashuvini ta’minlashga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, moliyaviy investitsiyalar hajmini oshirish qimmatli qog’ozlar bozori muhitini yaxshilanish, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Download 150.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling