Mavzu: Investitsiyalarning shakl va turlari tasnifi. Reja
Investitsiya imkoniyatlarini tanlab olishni tashkil etish
Download 71 Kb.
|
Mavzu Investitsiyalarning shakl va turlari tasnifi. Reja
2. Investitsiya imkoniyatlarini tanlab olishni tashkil etish
Korxonani investitsion kontseptsiyasini ifodalashda tarmoq profili, bozorni egallash bo’yicha yig’ilgan tajriba, personalning malakasi kabi omillar muhim o’rin tutadi. Investitsion kontseptsiyani izlashda, tanlashda va tarmoq boshqaruv organlari anchagina erkinlikka ega, chunki ular o’z faoliyatini region yoki tarmoq extiyojidan, davlatning struktura siyosati ustuvor tomonlaridan kelib chiqqan holda qo’rishadi. Xalqaro tajribada turli profildagi investitsion imkoniyatlarni izlashga asos bo’luvchi qo’yidagi boshlang’ich shart-sharoitlar klassifikatsiyasi qabul qilingan: 1. Qayta ishlashga va sanoat foydalanishga yaroqli qazilma boyliklar yoki boshqa tabiiy resurslarning mavjudligi. Bunday resurslar doirasi keng: neft, gazdan tortib to o’rmon va farmatsevtik maqsadlarda ishlatiladigan ilonlar zaxarigacha. 34
agrosanoat majmuasi korxonalarida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan loyihalar doirasini belgilaydi. 3. Istiqboldagi talabning qiymati va strukturasidagi demografik va ijtimoiy- iqtisodiy omillar ta`siridagi o’zgarishlarni baholash. Importning strukturasi va xajmi yangi, import o’rnini bosuvchi ishlab chiqarishni yaratishga qaratilgan loyihalarni paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin. 5. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi yaqin bo’lgan va bir biriga o’xshash resurslari bo’lgan davlatlar ishlab chiqarish strukturasi rivojlanish tajribasi va tendentsiyasi. 6. Milliy va jaxon iqtisodiyoti miqyosidagi iste`molchi tarmoqlarda yaratilgan yoki paydo bo’lishi mumkin bo’lgan extiyojlar. 7. Iste`molchi tarmoqlar ishlab chiqarishni kengaytirishi to’g’risidagi yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotga talabning ortishi to’g’risidagi axborot. 8. YAgona xom-ashyo baza asosida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish imkoniyatlari. 9. Ommaviy ishlab chiqarish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish uchun ishlab chiqarish masshtabini ratsional ko’paytirish. 10. Umumiqtisodiy shart-sharoitlar. Bunday shart-sharoitlar asosida investitsion loyihaning g’oyasini, sohasini va ishlanadigan yo’nalishini aniqlash mumkin. Download 71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling