Mavzu: Ionlashtiruvchi nurlanish va uning miqdori va o’lchovi. Atom energiyasi. Radioaktiv nurlanish tabiati
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
2-дарс
Ionlovchi nur manbalariniikki guruhga – tabiiy va su’niy manbalarga bo’lish
mumkin.Tabiiy manbalarga quyidagilar kiradi: 1.Kosmik nurlar. Ular tabiati jihatdan turli korpuskulyar yoki kvant nurlar oqimidan iborat. 2.Geologik jinslardagi radioaktiv moddalar. Uran, radiy, poloniy, radon va boshqakimyoviy elementlar. 3.Suv, havo, odam tanasi radioaktivligi. Tabiiy manbalardan tarqaluvchi nurlar hayot uchun zaruriy radioaktiv muhitni hosil qiladi. M.Kyuri o’z vaqtida aytganidek, radioaktiv muhit odam, hayvonlar va boshqa tirik mavjudot yashashi uchun zarurdir. Tirik mavjudot, shuhisobda odamlar evolyutsiya jarayonida bu muhitga moslashgan va radioaktiv muhit hayot uchun bezarar. Ionlovchi nurlarning su’niy manbalari radioaktiv fonni ortishiga olib keladi, turli asoratlar keltirib chiqarishi mumkin. Bu manbalarga odam faoliyati tufayli yuzaga keluvchi radioaktiv ifloslanishlar, chiqindilar, turli nurlovchi uskanalar, atom reaktorlari, energetik, texnologik va tadqiqot reaktorlari, nurlovchi uskunalar va radioaktiv preparatlar kiradi. Bu manbalarni ham bir necha guruhga bo’lish mumkin.
1.Yadro sinovlari, atom elektrostansiyalaridagi avariyalar, radioaktiv moddalarni qazib olish, uranni boyitish fabrikalarning chiqindilari, uran bilan ishlovchi ob’yektlarida texnologik jarayonlarining buzulishidan yuzaga kelgan, tabiiy muhitdagi radiatsiyaning su’niy manbalari,masalan,Qozog’istonda, Semipalatinsk yadro poligoni; AQSHda Nevada shtatida va Polineziya orollaridagi yadro poligonlari hududi va uning atrofidagi radioaktiv qoldiqlar va osmondan yog’ilgan chang, Chelyabinsk shaxri yaqinida Techa daryosiga radioaktiv chiqindilarni katta miqdori tushishi natijasida yuzaga kelgan radioaktiv ifloslanish 9
havzasi, Kishtim shaxri yaqinida radioaktiv chiqindilar portlashidan, Chernobil AESning avariyasi natijasida Belorusiya, Ukraina va Rossiyaning o’nga yaqin oblastlarini qamrab olgan radioaktiv ifloslanish regionlari. 2.Atom energetik, texnologik va tadqiqot qurilmalari, turli tezlatgichlar, AES- lar, tadqiqoto’tkazish va radioaktiv moddalar olish uchun mo’ljallangan reaktorlar, atom suvusti va suvosti kemalari, radioizotoplar olinadigan tsiklotronlar ekspluatatsiyasi ma’lum darajada nurlanishga sabab bo’ladi. 3.Texnologik gamma- va rentgen uskunalar. Bu turdagi nur manba’lariga sanoat mahsulotlari qalinligi va defektining nurli nazorat gamma ustanovkalari, aeroportlarda va boshqamuhim ahamiyatli ishlab chiqarishda turli nazorat uskunalari misol bo’ladi. 4.Tibbiyotda qo’llanuvchi diagnostik va terapevtik uskunalar: turli rentgenodiagnostik apparatura; rentgenoterapevtik, beta nurlovchi uskunalar, betatronlar, chiziqli tezlatgichlar, gammaterapevtik qurilmalar. 5.Radioaktiv preparatlar – diagnostika va davolash maqsadida qo’llanuvchi turli radioaktiv moddalardir. Radioaktiv preparatlar ikki guruhga bo’linadi: ochiq va yopiq. Yopiq radioaktiv preparatlar – tashqi muhitdan germetik tuzilgan moddalardir. Bu tur preparatlar ichiga radioaktiv modda kiritilgan kavak igna, naycha, disk, granula munchoqchalar shaklida yasalgan. Preparatning tashqi devori oltin, zanglamaydigan po’latdan yasaladi. Radioaktiv modda sifatida 226 Ra,
60 Co,
137 Cs,
192 Ir qo‘llanadi. Yopiq radioaktiv preparatlar devoridan faqat gamma nuri teshib o’ta oladi, shu sababli ular vositasida gammaterapiya amalga oshiriladi. Yopiqradioaktiv preparatlar bilan ishlashda nurlanish havfi bor. Muolaja tugagach radioaktiv preparat tanadan chiqarib olinadi. Ochiq radioaktiv preparatlar suyuq, kolloid yoki chin eritma, gazsimon radioaktiv moddalar bo‘lib, ular ko’proq diagnostika, kamroq davolanish maqsadlarida ishlatiladi. Bu preparatlar og’iz orqali ichiriladi, venalar yoki to‘qimalar orqali tanaga yuboriladi. Bu preparatlarni yuborishga, tayyorlash organizmga kiritish jarayonida Personal radioaktiv moddalari bilan ifloslanishi va
10
nurlanishi mumkin. Tanasiga ochiq radioaktiv modda yuborilgan odam yoki hayvon radioaktiv ifloslanish manbasiga aylanadi. Unda ochiq radioaktiv preparat to‘liq parchalanib bo’lmaguncha va organizmdan chiqib ketmaguncha saqlanadi. Bu bosqichlarning hammasi ham texnologik jarayon buzilgan taqdirda ma’lum darajada havfli bo‘lishi mumkin. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling