Mavzu: Iptidoiy jamiyat tarixining manba shunosligi va o'zgarishning nazarya asaoslari


Download 0.88 Mb.
Sana20.06.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1627909
Bog'liq
420-guruh talabasi Hasanov Nuriddin

Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti sirtqi ta’lim 3-kurs 420-guruh talabasi Hasanov Nuriddinning tarix fanining nazariy masalalari fanidan tayyorlagan Silaydi

Mavzu:Iptidoiy jamiyat tarixining manba shunosligi va o'zgarishning nazariy asaoslari

Reja: 1.To’rtlamchi davr to’g’risida umumiy malumotlar. 2.Ibtidoiy odamning paydo bo’lishi va tarqalishi to’g’risida monosentrik g’oya.Migrasiya muammosi 3.Ibtidoiy odamning paydo bo’lishi va tarqalishi to’g’risida polesentrik g’oya

Ibtidoiy jamoa tarixi tarix fanining birmuncha yosh sohasi bo’lib, o’tgan asrning ikkinchi yarmida vujudga keladi. Biroq bundan oldin ham odamlar insoniyatning dastlabki tarixi davrlari haqida tasavvur hosil qilishga intilganlar. O’z o’tmishiga qiziqish odamlarda taraqqiyot bosqichlarining ilk davrlarida paydo bo’lgan. Etnograflar tomonidan o’rganilgan eng qoloq xalqlarda ham ularning uzoq o’tmishi, ajdodlarining ishlari va jasoratlari, urug’ va qabilalarning paydo bo’lishi to’g’risidagi og’zaki rivoyatlar shundan dalolat beradi (genealogik va etnogonik dostonlar).

Keyinchalik odamlarning eng qadimgi ko’rinishi haqidagi ibtidoiy rivoyatlar "yarim hayvon o’tmish" to’g’risida yoki aksincha "oltin asr" tug’risidagi miflarga aylana bordi. Antik grek va rimliklarda paydo bo’lgan ibtidoiy tarix kurtaklari ham butunlay mifologiyadan voz kechmagan holda aks ettirilgan.Aynan grek va rimliklarda dastlabki tarixiy faktlarni sistematik tarzda bayon qilish qo’llaniladi. Antik davr tarixchilari uchun tsivilizatsiya dunyosi O’rta Er dengizi bilan chegaralangan edi, uning ortida esa ular varvarlar deb nomlagan xalqlar yashagan bepoyon hududlar mavjud bo’lgan.

  • Keyinchalik odamlarning eng qadimgi ko’rinishi haqidagi ibtidoiy rivoyatlar "yarim hayvon o’tmish" to’g’risida yoki aksincha "oltin asr" tug’risidagi miflarga aylana bordi. Antik grek va rimliklarda paydo bo’lgan ibtidoiy tarix kurtaklari ham butunlay mifologiyadan voz kechmagan holda aks ettirilgan.Aynan grek va rimliklarda dastlabki tarixiy faktlarni sistematik tarzda bayon qilish qo’llaniladi. Antik davr tarixchilari uchun tsivilizatsiya dunyosi O’rta Er dengizi bilan chegaralangan edi, uning ortida esa ular varvarlar deb nomlagan xalqlar yashagan bepoyon hududlar mavjud bo’lgan.

Varvarlar dunyosi antik mualliflarga yaxshi tanish bo’lmagan, sayyohlar u erlarga qisqa vaqt ichida borib kelib, asosan yuqori kuzatishlar olib borib, ko’p narsalarni qo’shib, vahima qilib gapirib berardilar. Biroq, shunday bo’lsada, aynan antik davrda ibtidoiy xalqlar haqida dastlabki yozma ma’lumotlar paydo bo’ladi, qimmatli kuzatuvlar qilinadi va ular keyinchalik ibtidoiy davr to’g’risidagi tasavvurlarni umumlashtirishga yordam beradi. SHu tariqa, Gerodotning( mil.avv.

  • Varvarlar dunyosi antik mualliflarga yaxshi tanish bo’lmagan, sayyohlar u erlarga qisqa vaqt ichida borib kelib, asosan yuqori kuzatishlar olib borib, ko’p narsalarni qo’shib, vahima qilib gapirib berardilar. Biroq, shunday bo’lsada, aynan antik davrda ibtidoiy xalqlar haqida dastlabki yozma ma’lumotlar paydo bo’ladi, qimmatli kuzatuvlar qilinadi va ular keyinchalik ibtidoiy davr to’g’risidagi tasavvurlarni umumlashtirishga yordam beradi. SHu tariqa, Gerodotning( mil.avv.

484-425 yy) skiflar, pigmeylar va boshqa ko’plab xalq va qabilalar haqida ma’lumotlari, Ksenofontning (mil. avv. 430-350 yy.) Kichik Osiyo xalqlari haqidagi ma’lumotlari, Strabonning (mil.av. taxm. 63 y.- milodiy 20 y) Evropa va Osiyo xalqlari to’g’risidagi ma’lumotlari, TSezarning (mil.avv. 100-44 yy) germanlar haqidagi, Tatsitning (milodiy 55-120 yy) germanlar haqida ma’lumotlari va boshqalar qimmatlidir.

  • 484-425 yy) skiflar, pigmeylar va boshqa ko’plab xalq va qabilalar haqida ma’lumotlari, Ksenofontning (mil. avv. 430-350 yy.) Kichik Osiyo xalqlari haqidagi ma’lumotlari, Strabonning (mil.av. taxm. 63 y.- milodiy 20 y) Evropa va Osiyo xalqlari to’g’risidagi ma’lumotlari, TSezarning (mil.avv. 100-44 yy) germanlar haqidagi, Tatsitning (milodiy 55-120 yy) germanlar haqida ma’lumotlari va boshqalar qimmatlidir.

XV asr oxirlaridan boshlab, ya’ni buyuk geografik kashfiyotlar davridan boshlab Evropada etnografik bilimlarni yig’ish sohasida ko’p ishlar qilinadi. Xristofor Kolumbning 1492 yildagi Amerika sohillariga sayohati, 1497 yildagi Vasko de Gamaning Evropadan Hindistonga dengiz yo’lini kashf etishi, 1519-1521 yillarda Magellanning er yuzi osha dengiz sayohati va boshqa ko’plab istilochilar, savdogarlar va missionerlar sayohatlari Evropaga turli xalqlar to’g’risidagi xilma-xil ma’lumotlar kirib kelishini ta’minladi.

  • XV asr oxirlaridan boshlab, ya’ni buyuk geografik kashfiyotlar davridan boshlab Evropada etnografik bilimlarni yig’ish sohasida ko’p ishlar qilinadi. Xristofor Kolumbning 1492 yildagi Amerika sohillariga sayohati, 1497 yildagi Vasko de Gamaning Evropadan Hindistonga dengiz yo’lini kashf etishi, 1519-1521 yillarda Magellanning er yuzi osha dengiz sayohati va boshqa ko’plab istilochilar, savdogarlar va missionerlar sayohatlari Evropaga turli xalqlar to’g’risidagi xilma-xil ma’lumotlar kirib kelishini ta’minladi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling