Mavzu: Iqtidor va mehnat Reja: Qadimgi ilm maskanlari


Download 19.36 Kb.
bet1/4
Sana10.02.2023
Hajmi19.36 Kb.
#1184273
  1   2   3   4
Bog'liq
28-mavzu Iqtidor va mehnat


Mavzu: Iqtidor va mehnat
Reja:
1.Qadimgi ilm maskanlari
2.Bog’dod akademiyasi
3.Iqtidorning namoyon bo’lishi
4.Matnga so’z va termin tanlash
I. Akademiya (yun. – Akademos – afsonaviy qahramon Akadem nomidan)– koʻpgina ilmiy muassasa, jamoat tashkilotlari, oʻquv yurtlarining nomi. Mil. av. 4-asrda Platon (Aflotun) asos solgan yunon falsafiy maktabi (qarang Platon akademiyasi), Afina yaqinidagi joy ham uning nomi bilan atalgan. Sharq mamlakatlarida AKADEMIYA tarzidagi muassasa va jamiyatlar 8–9-asrlarda tarkib topa boshlagan. Xususan, arab xalifaligida Horun ar-Rashid hukmronligi davri (786–809)da "Bayt ul-hikmat" ("Hikmat xonasi")ga asos solinib, xalifa Ma’mun hukmronligi davri (813– 833)da "Bayt ul-hikmat"ning faoliyati yanada rivoj topgan, uning rasadxonasi va katta kutubxonasi boʻlgan (buyuk matematik Muso Xorazmiy va astronom Ahmad Fargʻoniy 253shu yerda ishlagan). Mashhur olim va shoir Ibn Hamdon (935 yil vafot etgan) Mosul shahrida kutubxonali "Dor ul-ilm" ("Ilm uyi") ochgan va bu joy ilmga intilganlarning kirishi uchun bemalol boʻlgan. Bunday akademiyalar Bagʻdodda, shuningdek Misrda ham ochilgan. 1010-yilda Urganchda Mamun akademiyasiga asos solingan. Abu Rayhon Beruniy shu AKADEMIYAning rahbari boʻlgan (bu AKADEMIYA doirasida Abu Ali ibn Sino, faylasuf Abu Saxl Masihiy, tabib Abulhasan Hammor va boshqa ish olib borishgan). Amir Temur tomonidan Samarqandda toʻplangan olim, yozuvchi va me’morlar 15-asr fani va madaniyati taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshganlar. Ulugʻbek madrasasi va rasadxonasi ham oʻz davrining AKADEMIYA sidir (qarang Ulugʻbek akademiyasi); bu AKADEMIYA Qozizoda Rumiy, Gʻiyosiddin Jamshid al-Koshiy, Ali Qushchi va boshqa buyuk matematik hamda astronomlarni birlashtirgan. 15-asrning 2- yarmida ilmiy va madaniy mar-kazga aylangan Hirotda, Navoiy atrofida olim, yozuvchi, rassom, sozanda va boshqalardan tarkib topgan oʻziga xos ilmiy va badiiy jamiyat yuzaga kelgan. Hirot miniatyura maktabinn oʻrta asr Sharqida davlat to-monidan ta’sis etilgan birinchi badi-iy AKADEMIYA deb hisoblash mumkin (Behzod shu AKADEMIYAning eng yirik vakilidir). 15–16-asrlarda Yevropada (Italiyada) turli ilmiy jamiyatlar AKADEMIYA deb atala boshlagan; ularning faoliyati asosan ijtimoiy fanlar yoʻnalishida boʻlgan. 17-asrda bir qancha ilmiy jamiyatlar – AKADEMIYAlar tuzilib, ular asosan tabiatshunoslik masalalari bilan shugʻullangan. 17-asrning 2- yarmidan dav-lat hokimiyati yordami bilan bir qancha mamlakatlarda milliy ilmiy markaz sifatidagi AKADEMIYAlar tuzildi; mas, Lon-dondagi Qirollik jamiyati (1660), Pa-rij Fanlar Akademiyasi (1666), Berlindagi Prussiya Fanlar Akademiyasi (1700), Peterburg Fanlar Akademiyasi (1724). Hozirgi vaqtda kompleks turdagi Fanlar Akademiyasi yoki ularga oʻxshash muassasalar koʻp mamlakatlarda bor; bu mamlakatlarning koʻplarida fan yoki madaniyatning biror tarmogʻini qamragan soha AKADEMIYA lari ham mavjud.Oʻzbekistonda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi mamlakatning oliy ilmiy tashkiloti hisoblanadi; Oʻzbekistonda Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi ham mavjud. Oʻzbekiston va ba’zi mamlakatlardagi ayrim oliy oʻquv yurtlari ham AKADEMIYA deb ataladi (mas, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Harbiy AKADEMIYAsi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirli-gi AKADEMIYAsi, Rossiyadagi K. AKADEMIYA Timiryazev nomidagi Moskva Qishloq xoʻjalik AKADEMIYAsi). 

Download 19.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling