Mavzu; Iqtisodiy faoliyatning mazmuni va amal qilishi Mundarija Kirish Reja; I bob Iqtisodiy faoliyatning mazmuni va mohiyati
II.Tashqi iqtisodiy faoliyat mazmuni
Download 56.27 Kb.
|
Iqtisodiy faoliyatning mazmuni va amal qilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish.
- 3. Institusional ozgarishlar.
- 4. Tarkibiy ozgarishlar.
- 5. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish.
- 6. Bozor xojaligiga mos bolgan aholini ijtimoiy himoya-lash tizimini shakllantirish.
- 2.2. Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar.
II.Tashqi iqtisodiy faoliyat mazmuni 2.1. Tashqi iqtisodiy faoliyat yuritishning shakllari va yo’nalishlari Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi iqtisodiy aloqalarni ro’yobga chiqarish jarayonidir. Tashqi iqtisodiy aloqalar - iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va faoliyatning boshqa sohalarida davlat va uning subyektlari xalqaro hamkorligining xilma-xil shakllari tizimidir.10 Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va turli milliy davlatlar iqtisodiyotidagi o’zaro bog’liqlik va xo’jalik aloqlarining kengayishi natijasida xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari, soha va yo’nalishlari yanada ortib bordi. Oddiy tovarlar ayirboshlash o’rnini teng huquqli va manfaatli savdo egallay boshladi. Milliy davlatlarning tashqi savdonitartibga solish dastaklari, usullari murakkablashib bordi. Natijada, faqat tashqi savdo xususida emas, unga bog’liq keng ko’lamdagi aloqalar: davlatlararo savdoiqtisodiy bitimlar, o’zaro hamkorlik majburiyatlari, banklararo to’lovlar tizimi, transport va sug’urta ta’minoti, tovarlarning sufatlari, standartlashtirish talablari xususidagi masalalar ham katta o’rin egallay boshladi. Shu sababdan xalqaro iqtisodiy munosabatlarni yaxlit bir tizim sifatida tasvvur etgan holda, o’zaro bog’liq masalalrni kompleks hal etish zaruratini anglamoq lozim. Tashqi iqtisodiy faoliyatning yo’nalishlari, ularni amalga oshirish mexanizmi va shakllarini to’liq tasavvur qilish uchun o’tgan asrning 50-yillaridan boshlab xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimini xalqaro miqyosda tartibga solishdagi o’zgarishlarni ko’rsatib o’tish o’rinlidir : - xalqaro savdoni taribga solishda Tariflar va Savdo bo’yicha Bosh Bitimning qabul qilinishi hamda 1995-yilda Jahon savdo tashkilotining shakllanishi davlatlar o’rtasidagi tovar va xizmatlar savdosi, investitsiyalar va maxsus xarid xususiyatiga ega tovarlarni tartibga solish qoidalarini belgilab berdi; BMTning tarmoq va sohalar bo’yicha ixtisoslashgan bo’limlari (komissiylar, konferensiyalar, qo’mitalar, dasturlar) doirasida tashqi savdoning tartibga solinishi lozim bo’lgan sohalar bo’yicha Konvensiyalar, shartnomalar qabul qilindi. Masalan, xalqaro savdoda yuk tashish qoidalari, intellektual mulk himoyasi, investitsiyalarni sug’urtalashga oid xalqaro konvensiyalar shular jumlasidandir; - tashqi va xalqaro savdoni amalga oshirishda xalqaro bank-moliya tizimi –Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi kabilar shakllandi hamda o’zaro hisob-kitob, kredit, investitsiyalar va grantlarni o’zlashtirish bo’yicha tegishli tartiblar belgilandi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tarkiban tashqi savdoga aloqador bo’lgan boshqa sohalar bilan bog’liqligi ortdi. Xalqaro iqtisodiy faoliyatning sohalari kengaydi va savdo-sotiq, investitsiyalar, ish kuchi migratsiyasi, texnologiyalarni ko’chirish, axborot almashish, fan-texnika yutuqlarini ayirboshlash va boshqa ko’plab sohalar bilan o’zaro bog’liqlikda, o’zaro ta’sirda bo’lishini namoyon eta boshladi. Xalqaro iqtisodiy aoqalarning mazkur sohalari davlatlar o’rtasida ikki va ko’p tomonlama maxsus bitimlar tuzish hamda kelishuvlarni amalga oshirish zarurligini taqazo eta boshladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi asosiy yo’nalishlar sifatida quyidagilarni ajratish mumkin: - maxsulotlar (tovar va xizmatlar) ayrboshlash, ya’ni xalqaro savdo; - ilmiy-texnikaviy maxsulotlarni ayrboshlash; - ishlab chiqarishni joylashtirish; - investitsiyalar, valyuta va kreditlar borasidagi yo’nalishlar; - axborot va aloqa sohalaridagi yo’nalishlar; - mehnat resurslari harakati yo’nalishlari. Qayd etilgan yo’nalishlar alohida tarzda emas, balki o’zaro bog’langan va birbirini ta’minlovchi sohalar sifatida ham qaralmog’i lozim. Masalan, ikki mamlakat o’rtasidagi tovar ayirboshlashda ularning bank tizimlari, balyuta almashinuvi tartibi bilan bir qatorda tovarlarni yetkazib berishda ishtirok etuvchi transport - ekspeditorlik, sug’urta, sifatni tekshirish va nazorat etish kabi sohalarga aloqador masalalarda ham munosabatlar albatta o’rnatilgan bo’lishi shart. Jahon xo’jalik faoliyati va xususan, tashqi iqtisodiy faoliyatga quyidagi sohalar kiradi: -xalqaro savdo; -ishlab chiqarish va fan-texnika sohasidagi xalqaro ixtisoslashuv; -fan-texnika taraqqiyoti natijalarini ayrboshlash; mamlakatlar o’rtasidagi valyuta moliyaviy hamda kredit aloqalari; kapital va ishchi kuchining harakati; -xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning hamkorlikdagi faoliyati, global muammolarni hal etishdagi iqtisodiy hamkorlik. Tashqi iqtisodiy faoliyatning turli shakllari mavjud bo’lib, unga quyidagilar kiradi: tashqi savdo(tovar va xizmatlar bo’yicha), qo’shma tadbirkorlik (qo’shma korxonalar, franchayzing, laysenzing, agentlik va h.k.), hamkorlikning boshqa shakllari (biznes alyanslar, konsortsiumlar va h.k.). Tаshqi iqtisodiy fаoliyatning аsosiy printsiplаri quyidаgilаrdаn iborаt: • tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining erkinligi vа iqtisodiy mustаqilligi; • tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining tengligi; • sаvdo-iqtisodiy munosаbаtlаrni аmаlgа oshirishdа kаmsitishlаrgа yo‘l qo‘yilmаsligi; • tаshqi iqtisodiy fаoliyatni аmаlgа oshirishdаn o^ro mаnfааtdorlik; • tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining huquqkri vа qonuniy mаnfааtlаri dаvlаt tomonidаn himoya qilinishi. Tashqi iqtisodiy faoliyatning eng muhim shakillaridan biri - tashqi savdo bo’lib u milliy mehnat natijasida yaratilgan mahsulot va xizmatlar bilan xalqaro almashinuv demakdir. Tаshqi sаvdo fаoliyati xаlqаro tovаrlаr, ishkr (xizmаtlаr) sаvdosi sohаsidаgi tаdbirkorlik fаoliyatidir. Tаshqi sаvdo fаoliyati tovаrlаrni, ishlаrni (xizmаtlаrni) eksport vа import qilish yo‘li bilаn аmаlgа oshdi. Uni tog’ri rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish va amalga oshirish, aniqligiga erishish uchun tasniflash lozim. Tasniflash deganda xalqaro tijorat kelishuvini oldi-sotti va tovar almashish kelishuvlariga ajratishni tushunish mumkin. Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish harakteri va predmetiga ko’ra u quyidagilarga ajratiladi: 1. Tayyor maxsulotlar savdosi 2. Yig’ilmagan ko’rinishdagi maxsulotlar savdosi 3. Barter operatsiyalari 4. Eskirgan uskunalar savdosi 5. Xom-ashyo savdosi 6. Litsenziyalar savdosi 7. Injiniring hizmatlarini ko’rsatish va boshqalar. 8. Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi savdoga asoslanadi, chunki bunday faoliyat
9. Tashqi iqtisodiy aloqalar tarixiy va iqtisodiy toifa hisoblanadi. Tarixiy toifa sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar sivilizatsiya maxsuloti hisoblanadi. Ular ular davlatlar paydo bo’lishi bilan yuzaga keladi va ular bilan birga rivojlanadi. Ushbu aloqalarning rivojlanishiga ayniqsa feodalizmning tanazzuli kuchli turtki berdi. Natural xo’jalikdan tovar-pul munosabatlariga o’tilishi alohida davlatlarning milliy bozorlarini rivojlantirishga va ushbu milliy bozorlarning tovar ayrboshlashida keskin sakrashni tug’dirdi, bu esa davlat munosabatlarining iqtisodiy sohasida baynalmilal aloqalar va xalqaro ayrboshlash kengayishi va chuqurlashishiga olib keldi. Iqtisodiy toifa sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar barcha turdagi resurslarning davlatlar va turli davlatlarning iqtisodiy sub’yektlari o’rtasidagi harakati paytida yuzaga keladigan ishlab chiqarish –iqtisodiy munosabatlar tizimini tashkil etadi. ushbu ikki taraflama munosabatlar davlat iqtisodiy hayotining barcha sohalarini, avvalo uning ishlab chiqarish, savdo, investitsiyaga oid vamoliyaviy faoliyatini qamrab oladi. 10.Hozirgi jahon xo’jaligida tashqi iqtisodiy aloqalar davlat milliy daromadini o’stirish, xalq xo’jaligi harajatlarini tejash va fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillariga aylanadi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va uni boshqarish mexanizmining samaradorligi ko’p jihatdan tashqi iqtisodiy aloqalar tasnifi bilan belgilanadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar turi - bitta umumiy belgi, masalan, tovar oqimining yo’nalishi yoki tarkibiy belgi bilan birlashtirilgan aloqalar majmuidir. Tovar oqimining yo’nalishi bilan bog’langan tasnif belgisi tovar (xizmatlar, ishlar)ning bir mamlakatdan boshqasiga harakatini, ya’ni tovarning mamlakatdan olib chiqilishi yoki tovarning mazkur mamlakatga olib kirilishini belgilaydi. Tashqi iqtisodiy aloqalar tasnifining tarkibiy belgisi aloqalarning iqtisodiy manfaatlar sohasi va davlat tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy maqsadi bilan bog’langan guruhiy tarkibini belgilaydi. Tarkibiy belgiga ko’ra tashqi iqtisodiy aloqalar tashqi savdo, moliyaviy, ishlab chiqarish, investitsiya aloqalariga bo’linadi. Tashqi savdo faoliyati tovarlar, ishlar, xizmatlar, axborot intellectual faoliyat natijalari, shu jumladan ularga doir mutloq huquqlar (intellektual mulk) bilan xalqaro ayrboshlash sohasida tadbirkorlik faoliyatining alohida turidir. Bunda tovar deganda har qanday harakatlanuvchi mol-mulk (shu jumladan energiyaning barcha turlari) va ko’chmas mulkka kiritilgan, tashqi savdo faoliyatining predmeti bo’lgan havo, dengiz kemalari va ichki suzish kemalari hamda fazoviy ob’yektlar tushuniladi. Xalqaro tashishlar to’g’risidagi shartnoma chog’ida foydalaniladigan transport vositalari tovar hisoblanmaydi. Hozirgi davrda tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy xususiyatlari sifatida quyidagilarni qayd etish o’rinli : Birinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatning axborot ta’minotiga e’tiborning ortishi, intellektual mulk, patent valitsenziyalar tizimini keng joriy etilishi. Davlatlararo mualliflik xuquqi himoyasining ta’minlanishi, jahon axborot bozorining shakllanishi. Ikkinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyat hozirgi davrda o’z infratuzilmasiga va unga ta’sir etuvchi xalqaro tashkilotlarga ega. Ushbu infratuzilma sifatida jahon tovarlar va xizmatlar bozorlari (xususan, tovar va xomashyo, valyuta birjalari), xalqaro tashkilotlar hisoblangan JST, XVF, XMK kabi qator mintaqaviy va integratsion tashkilotlar EI, NAFTA(North American Free Trade Agreement) hamda turli ixtisoslashgan tashkilotlalrni, ya’ni neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti OPEK, Atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentlik (IAEA; MAG ATE) va hokazolarni keltirish mumkin. Mazkur tashkilotlar davlatlararo savdo, investitsiylar, ishlab chiqarish, fan-texnika sohasidagi hamkorlik masalalarida ko’maklashuvchi, tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi organ sifatida faoliyat yuritadi. Uchinchidan, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni monopoliyalashtirishga bo’lgan intilishning ortishi. Hozirgi kunda dunyodagi yettita sanoati rivojlangan mamlakat hissasiga jahon ishlab chiqarishining qariyb 80 foizi to’g’ri keladi. Yirik jahon xomashyo, tovar va xizmatlar hamda moliyaviy bozorlarning aksariyati rivojlangan davlatlar hududida mujassamlangan. Bundan tashqari, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy vositachisi, ishtrokchisi sifatida yirik sanoatmoliya guruxlari, kompaniyalari gavdalanmoqda. Jumladan, ishlab chiqarish,qayta ishlash va ayrboshlash tizimlarini mujassamlashtiruvchi xususiy transmilliy va ko’p millatli kompaniyalar (TMK, MMK) jahon eksporti va importuning qariyb 60 foizini tashkil etmoqda. Sanoat tarmoqlari, qishloq xo’jalik maxsulotlarini ishlab chiqarish, ayrboshlash, moliyaviy xizmatlar ko’rsatish sohalari faoliyati ham yirik kompaniyalar ta’sirida amalga oshirilmoqda. Shu sababli, ko’plab xalqaro konferensiyalar, muzokaralarda “yangi iqtisodiy tartib”ni joriy etish, rivojlanayotgan davlatlar ishtirokini ko’paytirish takliflalri o’rtaga tashlanmoqda. To'rtinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatning yangi axborot vositalari, texnologiyalari asosida shakllanishi va rivojlanishi. Internet tizimining vujudga kelishi natijasida electron tijorat, electron savdo keng avj olmoqda. Sotuvchixaridor, ishlab chiqaruvchi-iste’molchi o’rtasida yangi va tezkor buyurtmatakliflar tizimi shakllanmoqda. Jumladan, B2B, B2C tarzidagi axborot tizimi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xuquqiy, tashkiliy, iqtisodiy va boshqa yo’nalishlarida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasini qo’ymoqda. Demak, davlatlararo tovar va xizmatlar bozorining shakllanishi, ishlab chiqarish, ayrboshlash jarayonlarining chuqurlashuvi, undagi aloqalar tizimini yanada takomillashtirish, mazkur munosabatlar tizimini yangi bosqichga ko’tarish zaruratini taqazo qilmoqda. Shu bilan bir qatorda, xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida sub’ektlarning ishtiroki, maqomi vakolatlari masalalari ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Mustamlakachilikdan ozod bo'lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lining xususiyati -bu qoloq, an'anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o'tishdir. Nihoyat, sobiq sosialistik mamlakatlar yo'lining mu-him belgisi markazlashtirilgan, ma'muriy — buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o'tishdan iboratdir. Bu yo'lning boshqa yo'llardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo'q, ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga uchinchi yo'lda bozor munosabatlariga o'tayotgan mamlakatlarning o'zi o'tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo'jalik yuritish shakllari bilan birbirlaridan farqlanadi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o'tishning mazkur yo'lining o'ziga xos xususiyatlaridir. Jahon tajribasi ko'rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga revolyusion yo'l bilan, ya'ni jadal usulda yoki evolyusion yo'l bilan bosqichma-bosqich o'tish mumkin. Birinchi holda, tub is-lohotlarni o'tkazish, awalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy tnunosabatlarni birdaniga va batamom sindirish talab etiladi. Bu «karaxt qilib davolash» usuli («shokovaya terapiya») deb ataladi. Eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shikastsiz vujudga keltirish mumkin. Tslohotlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, evolyusion yo'l kamroq ijtimoiy larzalarga olib ke-ladi, ancha izchil va muqarrardir. Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llarigina emas, balki uning andozalari ham xilma-xildir. Eng awalo, ular shunday bozor iqtisodiyoti vujudga keltirilayotgan va amal qilib turgan mamlakatlarning milliy xususiyatlari va an'analari bilan farq qiladi. Shu boisdan bozor iqtisodiyotining ma'lum andozalari ularni amalga oshiruvchi muayyan mamlakatga mansubli-giga qarab ajratiladi. Masalan, Germaniya, Janubiy"" Koreya, Turkiya, Argentina, Polsha andozalari va hokazo.' Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o'tishning zarurligi iqtisodiy o'sish ekstensiv omillaridan foydalanish imkoniyatlarining tugab borishi bilan notdvar iqtisodiyotning amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kam-chilikka ega. Birinchisi -- bu uning moslashuvchan emasligi. ro'y berayotgan o'zgarishlarga juda sekinlik bilan moslashib borishi. Markazdan turib boshqarishning moddiy va moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash bo'yicha qarori ko'rinishidagi moslashtiruvchi mexanizmi vujudga kelgan nomutanosiblik o'zining qaltis nuqtasiga yetgan vaqtdagina ishga tushadi. Ik-kinchi kamchilik bu xo'jalik yuritish tashabbuskorligini «yo'qotib yuborish» oqibatida samaradorlikning nihoyat dara-jada pasayib ketganligidir. Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o'tish turli mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni erkinlashtirish, chuqur institusional (eng awalo, mulkchilik munosabatlarida) o'zgarishlarni o'z ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o'zida moliyaviy barqarorlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishini taqozo etadi. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimini o'zgartirish mazkur tizim asosining o'zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi o'zgarishlarni tizimiy islohotlar deb atash maqsadga muvofiq bo'ladi. O'tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi.Chora-tadbirlar tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o'z ichiga oladi: - xo'jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoli-yasini bekor qilish; - resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tu-gatish; - narxlarning asosan talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga o'tish; - ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat nazoratini pasaytirish. 1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish - bu xo'jalik hayotining barcha sohalaridagi to'siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo'naltirilgan Tashqi iqtisodiy faoliyat hajmi tobora ortib bormoqda. U ayniqsa, davlatlar o’rtasidagi tovar oborotida yanada yaqqolroq ko’zga tashlanmoqda. Unda ichki bozordagiga nisbatan ko’proq ishtrokchi qatnashmoqda. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va uning mexanizmi bozor munosabatlarining sohasi sifatida quyidagi yangi xususiyatlarga ega bo’lmoqda: - jahon iqtisodiyoti ko’lamining kengayib borishi, ustiga-ustak sotuvchilar va iste’molchilarning alohida joylashganligi natijasida transport muammosining ortib borishi; - ba’zi resurslarning (asosan yer, tabiiy-qazilma boyliklarning) kam harakatliligi va manzilga bog’liqligi. Bunga davlatning aralashuvi ham ta’sir etadi (migratsiya qoidalarini joriy etish, chet elliklarga yer sotish, chet el investitsiyalarini va firmalar faoliyatini cheklash, tashqi savdoda proteksionizmga yo’l qo’yish); - xalqaro ayrboshlashda milliy valyutadan foydalanishning zarurligi va valyuta
- mahsulotlarni xalqaro standartlashtirish va sertifikatlashtirishga e’tiborning ortishi; - axborot muhiti va uning haqqoniyligiga e’tiborning ortishi. Axborot manbalari, uni to’plash va qiyoslash uslubiyatida muammolarning yuzaga kelishi, milliy va xalqaro statistikaga e’tiborning ortishi, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar unifikatsiya qilinishiga bo’lgan intilish. Bu yo'nalish quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishini taqozo etadi: - barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va sharoitlar yaratilishi; - bozorga xorijiy raqobatchilar ham kirishi uchun imkon berilishi; - kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma'muriy to'siqlarni olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo'llab-quwatlash va tarmoqqa kirishidagi to'siqlarni pasaytirish; - tabiiy monopoliyalarning narx va mahsulot sotish siyo-satini tartibga solish va boshqalar. 3. Institusional o'zgarishlar. Mazkur o'zgarishlar quyidagi sohalarni qamrab oladi: - mulkchilik munosabatlarini o'zgartirish, jumladan, xususiy sektorni yaratish; - bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari, investisiya fondlari va h.k.) shakllantirish; - iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini yaratish; - bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo'jalik qonunchiligini qabul qilish va boshqalar. 4. Tarkibiy o'zgarishlar. Tarkibiy o'zgarishlar birinchi navbatda xalq xo'jaligi va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga yo'naltirilgan. Tqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishdan asosiy maqsad - ichki va tashqi bozorlarda to'lovga qodir talabga ega bo'lgan mahsulotlarni ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat. 5. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish. Aslini olganda, bu jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kir-maydi, chunki u bozor iqtisodiyoti barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez o'tkazilib turadi. Bu yo'nalishning muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma'muriy-buyruqbozlik tizimining inqirozi, eng awalo va kuchli rav-ishda moliyaviy sohada, ayniqsa, yuqori inflyasiya shaklida namoyon bo'ladi. Inflyasiyaning uzoq vaqt mavjud bo'lishi bozor munosabatlarining normal qaror topishiga to'sqinlik qiladi, shuning uchun uni bartaraf etish o'tish davri iqtisodiyoti uchun o'ta muhim hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlari tizimiga pul emissiyasini cheklash, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta'minlash va boshqalar kiradi. 6. Bozor xo'jaligiga mos bo'lgan aholini ijtimoiy himoya-lash tizimini shakllantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan. Bozor tizimining ko'rsatib o'tilgan asosiy unsurlarini shakllanishining yakuniga yetishi o'tish davri tugaganligidan darak beradi. 2.2. Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar. Iqtisodiy jarayonlarni, mamlakatlarning rivojlanish darajasi va o’zaro murakkab xo’jalik aloqalarini tahlil etishda xalqaro tajribada qabul qilingan milliy hisoblar tizimidan faydalaniladi. Bu makro darajada iqtisodiyot rivojiga oid bo’lgan va o’zaro bog’langan ko’rsatkichlar tizimidir. Milliy hisoblar tizi mining asosiy ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat: Yalpi ichki mahsulot(YaIM) - bu ko’rsatkich ma’lum davlat hududida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarning ma’lum davrda yaratgan pirovard maxsulotlari va xizmatlarining umumiy hajmini aks ettiradi. Ushbu yakuniy maxsulotni hisoblashda hom ashyo, yarim mahsulotlar, boshqa moddalar, yoqilg’i, elektr quvvati hamda ularni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan boshqa hizmat turlari (qayta hisob bo’lmasligini oldini olish uchun) chegirib tashlanadi. Ayni paytda ba’zi mamlakatlarda yalpi milliy maxsulot (YaMM) ko’rsatkichidan faydalaniladiki, u YaIMdan farqli o’laroq qaysi mamlakatda yaratilganligidan qat’iy nazar shu millat (mamlakat)ning korporatsiyalari, hususiy shaxslari nazoratida bo’lgan ishlab chiqarish hajmini aks ettiradi. YaMMni aniqlash uchun shu mamlakatda faoliyat ko’rsatayotgan chet elliklarning daromadlari (chet el korporatsiyalarining foydalari hamda chet ellik ishchi xizmatchilarining ish haqlari) YaIMdan chegirib tashlanadi, shu mamlakat korporatsiyalari, fuqarolari horijda ishlab topgan daromadlari qo’shiladi. YaIm bilan YaMM ko’rsatkichlari o’rtasidagi tafovut odatda miqdor jihatidan unchalik ko’p bo’lmaydi, nari borsa qariyb 1%ni tashkil etadi. shuni e’tiborga olish lozimki, YaIM ko’rsatkichi milliy hisoblar tizimi asosoida ishlab chiqiladi. Bu tizim mehnat faoliyatining barcha turlarida mehnat unumli mohiyatga ega, degan qoidaga asoslangan(qiymat yaratilishi nuqtai nazaridan). Milliy daromad (MD) ko’rsatkichi quyidagicha belgilanadi: YaIM minus amortizatsiya (shunda sof YaIM xosil bo’ladi), minus bilvosita soliqlar va qo’shilgan subsidiyalar. Soliqlar mahsulot va xizmatlarning bozor narxlariga tirqaladi. Subsidiyalar narxlarga teskari ta’sir qiladi -bu narxlar ana shu subsidiyalar miqdorida pasayadi. MD ko’rsatkichi ishlab chiqarilgan milliy mahsulot ko’rsatkichiga deyarli to’g’ri keladi. Milliy mahsulotning o’sish sur’ati uzoq muddat nuqtai nazaridan YaIMga deyarli to’la ravishda muvofiq keladi, shung uchun ham asosan YaIM ko’rsatkichidan foydalaniladi. Turli mamlakatlardagi ishlab chiqarish omillari, taraqqiyot darajasining xilmaxilligi iqtisodiy rivojlanish darajasini biron-bir yagona ko’rsatkich orqali baholashga imkon bermaydi. Buning uchun bir qator asosiy ko’rsatkichlar dan foydalaniladi: 1. Yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot yoki milliy daromadning axoli jon boshiga hisobi. 2. Milliyu iqtisodiyot tarmoqlari tarkibi. 3. Axoli jon boshiga hisoblaganda asosiy mahsulot turlarini ishalb chiqarish (ushbu tarmoqlarning rivojlanish darajasi). 4. Aholining turmush darajasi va uning sifati. 5. Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari.
1) Mehnat unumdorligi (sanoat, qishloq xo’jaligi, ishlab chiqarish tarmoqlari va turlari bo’yicha); 2) YaIM birligiga yoki aniq bir mahsulot turiga qancha capital sarflanishi; 3) Asosiy fondlar qaytimi koeffitsienti; 4) YaIM birligiga yoki aniq bir mahsulot turlariga qancha xomashyo sarflanadi. Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, uning tashqi iqtisodiy aloqalari shunchalik faol va xilma-xil bo’ladi. Demak, mamlakatning xalqaro iqtisodiy aloqalardagi ishtroki ham qisman uning iqtisodiy taraqqiyoti darajasidan dalolat beradi. Barcha tashqi iqtisodiy aloqalarning millliy iqtisodiyotga ta’siri ma’lum bir sifat va qiymat ko’rsatkichlari orqali baholanishi va fodalanishi mumkin. Avvalambor mamlakatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishi qay darajada ekanligini bilish lozim. Bu ekportning yalpi ichki maxsulotdagi ulushi orqali aniqlanadi (YaIM). Bu ko’rsatkich mamlakat eksport kvotasi deb ataladi. Ko’rsatkich qanchalik yuqori bo’lsa, davlatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashish darajasi ham shunchalik yuqori bo’ladi. Masalan, AQSHning eksport kvotasi 10-15% ga teng, Germaniya, Fransiya, Italiya va Angliyaning eksport kvotasi esa 25-30%, Yaponiyada 18% atrofida, Belgiya, Vengriya, Singapur davlatlarida esa 110-113%. Ammo bu ko’rsatkich xalqaro iqtisodiy munosabatlarning sifat tuzulishini, stukturasini harakterlay olmaydi. Shuning uchun uni aks ettirish maqsadida yana bir ko’rsatkichdan foydalaniladi. Bu real eksport kvotasi bo’lib, u mamlakatning sanoat ishlab chiqarilishidagi eksportning ulushi orqali o’lchanadi. Rivojlangan mamlakatlarda u tahminan 40-50 foizga teng. Bu barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlarning yarmi tashqi bozorga olib chiqilishini anglatadi. Mamlakatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishi shuningdek uning eksportining elastiklik darajasi orqali ham aniqlanadi (YaIM va eksport o’sish sur’atlarining muvozanati). Agar elastiklik birdan oshsa, mamlakat tobora xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishi chuqurlashayotganini anglatadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar ta’siri bu sohadagi barcha ishtrokchilar, asosan eksport, import, kredit operatsiyalari faoliyati shuningdek texnik va boshqa xizmatlar ko’rsatish natijalari oqibatida yuzaga keladi. Shu bilan birga avvalo jamiyat, milliy xo’jalik, davlat, manfaatlari ko’zlangan holda samaradorlikni to’g’ri aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini baholashda bir qator ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Ular qatorida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: • Eksportning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi • Importning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi • Tashqi savdo almashinuvi samaradorligi ko’rsatkichi • Savdoning narx shartlari, eksport va import narx indekslari • To’lov balansi , uning tarkibiy qismlari: • Savdo balasi • Xizmatlar va nosavdo harajatlar balansi • Kapital harakati va kredit balansi • Mamlakat oltin-valyuta zaxiralari hisobi Eksportning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi, tashqi bozordagi tovarlar savdosidan tushgan valyutadagi sof daromad va davlatning uni ishlab chiqarishga va transport harajatlariga sarflagan harajatlari nisbatini, shuningdek, agar tovarlar kreditga sotilgan bo’lsa kredit koeffitsienti ta’siri hisobga olingan holda ularning nisbatini ifodalaydi. Odatda maxsulotlar kreditga sotilganda eksport samaradorligi pasayadi, ammo u siz tashqi bozorda tovarlarni realizatsiya qilish, pullash ko’p hollarda ancha mushkul, ba’zi hollarda esa umuman iloji yo’q. Importning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi, olib kirilgan tovarlar narxining ichki ishlab chiqarish sharoitlari va ularni sotib olish va chegaragacha yetkazib berishga sarflangan barcha valyuta harajatlar nisbatidir. Ko’pincha eksportdan ko’rilgan zarar importdan ko’rilgan foyda hisobiga qoplanilishi tufayli yuqorida aytib o’tilgan ko’rsatkichlarni to’g’riroq qilib aytish uchun uchun quyidagi koeffitsientlar kiritilgan: import uchun eksport samaradorligi ekvivalenti va tegishli ravishda eksport uchun import samaradorligi ekvivalenti. Tashqi savdo almashinuvi samaradorligi ko’rsatkichi, quyidagi bo’linishdan olingan ko’rastkichni ifodaloydi, suratda import qilingan tovarlarning qiymat bahosi (ularga ketgan barcha harajatlar) maxrajida esa eksport qilingan tovarlarni ishlab chiqarish va transport harajatlatriga ketgan barcha milliy xo’jalik harajatlari. Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarni bir-biriga bog’lagan holda har tomonlama tahlil qilishga imkon beruvchi, integratsiyalashib kelayotgan ko’rsatkich bu to’lov balansidir. U statistik hisobot bo’lib, ma’lum bir davr mobaynida mamlakat rezedentlari va tashqi dunyo bilan barcha savdo va moliyaviy oqimlarni qamrab oladi. To’lov balansi tashqi iqtisodiy aloqalar jarayoni natijasida mamlakatning haqiqiy to’lovlari va tushumlari qiymatlarining nisbatini ifodalaydi. Shunday ekan, to’lov balansi o’zining tarkibida tashqi iqtisodiy aloqalarning barcha shakllarini aks ettirmog’i lozim. Haqiqatda, mamlakatlarning bir biri bilan o’zaro iqtisodiy aloqalarining murakkab tuzilishiga muvofiq to’lov balansi o’z ichiga tarkibiy qisimlar sifatida savdo balansi, xizmatlar va notijorat harajatlar balansi, kapital harakati va kredit balansi, oltin-valyuta zaxiralari harakatini kamrab oladi. Ko’pincha savdo balansi va xizmatlar va notijorat harajatlar balansini joriy operatsiyalar balansiga birlashtiriladi. Mamlakatning savdo balansi tovarlar importi orqali moliyaviy chiqimlarni va tovarlarni chet elga eksport qilish orqali moliyaviy kirimlarni o’zaro nisbatini ta’riflaydi. To’lov balansining ushbu tarkibiy qismi davlatning tashqi iqtisodiy holatini ta’riflashda ayniqsa muximdir. Agar ma’lum bir davr mobaynida mamlakat eksporti importdan yuqori bo’lsa savdo balansi aktiv (ijobiy savdo saldosiga ega) bo’ladi. Tegishli ravishda, agar import eksportdan yuqori bo’lsa u salbiy (salbiy saldoga ega) bo’ladi. Download 56.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling