Mavzu: Iqtisodiy faoliyatning mazmuni va turlari Mundarija Asosiy qism Kirish
Download 66.68 Kb.
|
Iqtisodiy faoliyatning mazmuni va turlari
Birinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatning axborot ta’minotiga e’tiborning ortishi, intellektual mulk, patent valitsenziyalar tizimini keng joriy etilishi. Davlatlararo mualliflik xuquqi himoyasining ta’minlanishi, jahon axborot bozorining shakllanishi.
Ikkinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyat hozirgi davrda o’z infratuzilmasiga va unga ta’sir etuvchi xalqaro tashkilotlarga ega. Ushbu infratuzilma sifatida jahon tovarlar va xizmatlar bozorlari (xususan, tovar va xomashyo, valyuta birjalari), xalqaro tashkilotlar hisoblangan JST, XVF, XMK kabi qator mintaqaviy va integratsion tashkilotlar EI, NAFTA(North American Free Trade Agreement) hamda turli ixtisoslashgan tashkilotlalrni, ya’ni neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti OPEK, Atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentlik (IAEA; MAG ATE) va hokazolarni keltirish mumkin. Mazkur tashkilotlar davlatlararo savdo, investitsiylar, ishlab chiqarish, fan-texnika sohasidagi hamkorlik masalalarida ko’maklashuvchi, tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi organ sifatida faoliyat yuritadi. Uchinchidan, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni monopoliyalashtirishga bo’lgan intilishning ortishi. Hozirgi kunda dunyodagi yettita sanoati rivojlangan mamlakat hissasga jahon ishlab chiqarishining qariyb 80 foizi to’g’ri keladi. Yirik jahon xomashyo, tovar va xizmatlar hamda moliyaviy bozorlarning aksariyati rivojlangan davlatlar hududida mujassamlangan. Bundan tashqari, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy vositachisi, ishtrokchisi sifatida yirik sanoatmoliya guruxlari, kompaniyalari gavdalanmoqda. Jumladan, ishlab chiqarish,qayta ishlash va ayrboshlash tizimlarini mujassamlashtiruvchi xususiy transmilliy va ko’p millatli kompaniyalar (TMK, MMK) jahon eksporti va importuning qariyb 60 foizini tashkil etmoqda. Sanoat tarmoqlari, qishloq xo’jalik maxsulotlarini ishlab chiqarish, ayrboshlash, moliyaviy xizmatlar ko’rsatish sohalari faoliyati ham yirik kompaniyalar ta’sirida amalga oshirilmoqda. Shu sababli, ko’plab xalqaro konferensiyalar, muzokaralarda “yangi iqtisodiy tartib”ni joriy etish, rivojlanayotgan davlatlar ishtirokini ko’paytirish takliflalri o’rtaga tashlanmoqda To'rtinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatning yangi axborot vositalari, texnologiyalari asosida shakllanishi va rivojlanishi. Internet tizimining vujudga kelishi natijasida electron tijorat, electron savdo keng avj olmoqda. Sotuvchixaridor, ishlab chiqaruvchi-iste’molchi o’rtasida yangi va tezkor buyurtmatakliflar tizimi shakllanmoqda. Jumladan, B2B, B2C tarzidagi axborot tizimi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xuquqiy, tashkiliy, iqtisodiy va boshqa yo’nalishlarida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasini qo’ymoqda. Demak, davlatlararo tovar va xizmatlar bozorining shakllanishi, ishlab chiqarish, ayrboshlash jarayonlarining chuqurlashuvi, undagi aloqalar tizimini yanada takomillashtirish, mazkur munosabatlar tizimini yangi bosqichga ko’tarish zaruratini taqazo qilmoqda. Shu bilan bir qatorda, xalqaro iqtisodiy munosabatlar izimida sub’ektlarning ishtiroki, maqomi vakolatlari masalalari ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Mustamlakachilikdan ozod bo'lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lining xususiyati -bu qoloq, an'anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o'tishdir. Nihoyat, sobiq sosialistik mamlakatlar yo'lining mu-him belgisi markazlashtirilgan, ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o'tishdan iboratdir. Bu yo'lning boshqa yo'llardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo'q, ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga uchinchi yo'lda bozor munosabatlariga o'tayotgan mamlakatlarning o'zi o'tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo'jalik yuritish shakllari bilan birbirlaridan farqlanadi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o'tishning mazkur yo'lining o'ziga xos xususiyatlaridir. Jahon tajribasi ko'rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga revolyusion yo'l bilan, ya'ni jadal usulda yoki evolyusion yo'l bilan bosqichma-bosqich o'tish mumkin. Birinchi holda, tub is-lohotlarni o'tkazish, awalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy tnunosabatlarni birdaniga va batamom sindirish talab etiladi. Bu «karaxt qilib davolash» usuli («shokovaya terapiya») deb ataladi. Eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shikastsiz vujudga keltirish mumkin. Tslohotlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, evolyusion yo'l kamroq ijtimoiy larzalarga olib ke-ladi, ancha izchil va muqarrardir. Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llarigina emas, balki uning andozalari ham xilma-xildir. Eng awalo, ular shunday bozor iqtisodiyoti vujudga keltirilayotgan va amal qilib turgan mamlakatlarning milliy xususiyatlari va an'analari bilan farq qiladi. Shu boisdan bozor iqtisodiyotining ma'lum andozalari ularni amalga oshiruvchi muayyan mamlakatga mansubli-giga qarab ajratiladi. Masalan, Germaniya, Janubiy"" Koreya, Turkiya, Argentina, Polsha andozalari va hokazo.' Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o'tishning zarurligi iqtisodiy o'sish ekstensiv omillaridan foydalanish imkoniyatlarining tugab borishi bilan notdvar iqtisodiyotning amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kam-chilikka ega. Birinchisi -- bu uning moslashuvchan emasligi. ro'y berayotgan o'zgarishlarga juda sekinlik bilan moslashib borishi. Markazdan turib boshqarishning moddiy va moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash bo'yicha qarori ko'rinishidagi moslashtiruvchi mexanizmi vujudga kelgan nomutanosiblik o'zining qaltis nuqtasiga yetgan vaqtdagina ishga tushadi. Ik-kinchi kamchilik bu xo'jalik yuritish tashabbuskorligini «yo'qotib yuborish» oqibatida samaradorlikning nihoyat dara-jada pasayib ketganligidir. Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o'tish turli mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni erkinlashtirish, chuqur institusional (eng awalo, mulkchilik munosabatlarida) o'zgarishlarni o'z ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o'zida moliyaviy barqarorlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishini taqozo etadi. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimini o'zgartirish mazkur tizim asosining o'zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi o'zgarishlarni tizimiy islohotlar deb atash maqsadga muvofiq bo'ladi. O'tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi.Chora-tadbirlar tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o'z ichiga oladi: - xo'jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoli-yasini bekor qilish; -resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tu-gatish; - narxlarning asosan talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga o'tish; - ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat nazoratini pasaytirish. Download 66.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling