Mavzu: iqtisodiy o‘sish va milliy boylik


Download 32.87 Kb.
bet1/6
Sana01.08.2023
Hajmi32.87 Kb.
#1664410
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
iqtis.o\'sish


MAVZU: IQTISODIY O‘SISH VA MILLIY BOYLIK

1. Agar diqqat markazida mamlakatning iqtisodiy, harbiy-siyosiy potensiali tursa, iqtisodiy o‘sish quyidagi ko‘rsatkichlar orqali o‘lchanadi:
a) o‘rtacha mehnat unumdorligining o‘sishi;
b) YAIM (YAMM), milliy daromadning o‘sish sur’ati;
c) mehnatning kapital bilan qurollanishining o‘sish sur’ati;
d) kapital qaytimining o‘sishi.

2. Agar aholining turmush darajasini taqqoslash zarurati bo‘lsa, iqtisodiy o‘sish quyidagi ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi:
a) aholi jon boshiga yaratilgan YAIM (YAMM), milliy daromadning o‘sish sur’ati;
b) mehnatning kapital bilan qurollanishining o‘sish sur’ati;
c) kapital qaytimining o‘sish sur’ati;
d) aholi daromadlarining o‘sish sur’ati.

3. Iqtisodiy o‘sish o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uch ko‘rsatkich … bilan tavsiflanadi.
a) aholining va YAIMning o‘sish sur’ati;
b) YAIM va kapital qaytimining o‘sish sur’ati;
c) aholi jon boshiga yaratilgan YAIM va mehnat unumdorligining o‘sish sur’ati;
d) YAIM hajmining va aholi jon boshiga va resurs birligiga nisbiy miqdorining o‘sish sur’ati.

4. Iqtisodiy o‘sish intensiv bo‘ladi, agar:
a) qo‘shimcha mehnat omilini jalb qilish natijasida milliy daromad hajmi o‘ssa;
b) mehnat unumdorligining o‘sish sur’ati band bo‘lganlar o‘sish sur’atiga qaraganda yuqori bo‘lsa;
c) kapital bilan qurollanish darajasi o‘ssa;
d) mahsulot birligiga sarflangan resurslar hajmi o‘ssa.

5. Iqtisodiy o‘sishning sifat darajasini qanday ko‘rsatkichlar orqali ifodalab bo‘lmaydi?
a) bir birlik qo‘shimcha milliy daromad yaratish uchun sarf langan xarajatlar kamayib borsa;
b) 1% iqtisodiy o‘sishga erishish uchun sarflangan xarajatlarning o‘zgarishi ro‘y bersa;
c) mehnat unumdorligining o‘zgarishi sodir bo‘lsa;
d) mamlakatning tabiiy-geografik joylashuvi o‘zgarsa.



Download 32.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling